РУ
O’Z
UZS
/
/
Bugun qanday kun: 2024 yil 22 iyunda nishonlanadigan bayramlar
21.06.2024

Bugun qanday kun: 2024 yil 22 iyunda nishonlanadigan bayramlar

Bugun qanday kun: 2024 yil 22 iyunda nishonlanadigan bayramlar

22 iyunda Sovet davridagi “Buyuk Vatan urushi” boshlanib, jahon tarixini ikkiga bo‘lgan va buni har bir odam yodda saqlashi muhim. Ammo bugun boshqa unutilmas sanalar ham nishonlanadi. Taqvimdagi bir nechta qiziqarli sanalar va bayramlar haqida siz bilan o‘rtoqlashamiz. 

Bugun qanday kun: 2024 yil 22 iyunda nishonlanadigan bayramlar 

Butunjahon cho‘milish kuni 

22 iyunda butun dunyoda “World Bathing Day” – Butunjahon cho‘milish kuni nishonlanadi. Va bu ajoyib yangilik, axir Toshkentda  hafta oxirida ob-havo +36 gacha bo‘ladi. Shuning uchun vaqtni behuda sarflamasdan, oilangiz bilan akvapark yoki basseynga borishni taklif qilamiz. 

Butunjahon smurflar kuni 

Bu kun albatta ushbu multfilmning muxlislari bo‘lgan bolalar va kattalar zavq bilan nishonlanadigan bayram bo‘lsa ajab emas. “Smurflar”ning eng yaxshi seriyalarini esa quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin. 

Shokoladli ekler kuni 

Shirinlikni sevuvchilar va PP-shirinliklar (garchi ular haqiqatan ham juda mazali bo‘lsa-da) pishirishdan charchaganlar uchun 22 iyun haqiqiy chitmill uyushtirish uchun ajoyib kundir. O‘zbekistonda dam olish kunlarini mazali shokoladli ekler iste’mol qilib dam olishga nima deysiz?

Butunjahon tuyalar kuni 

Agar siz hayvonlarni yaxshi ko‘rsangiz, unda tuyalarni qadrlash kuni ham sizga manzur keladi. 

Butunjahon tropik ormonlari kuni 

Eko-faollar va qurg‘oqchilikdan charchagan hamda tropiklarda yoki hech bo‘lmaganda dengiz qirg‘og‘idagi kurortda bo‘lishni orzu qilganlar uchun quvonchli bayram. Va bu bayramni ekrandan uzoqlashmasdan nishonlamoqchi bo‘lganlarga quyidagi eng chiroyli yozgi manzaralarni tomosha qilishni taklif qilamiz. 

Orqa hovlida kemping tashkillashtirish kuni 

Dam olish kunlarida uyingizning orqa hovlisida, dachada yoki O‘zbekiston tog‘lari yon bag‘irlarida, hatto Nefrit ko‘llari hududida ham kemping tashkil qilish ajoyib g‘oyadir. Agar  hovlingizni dam olish uchun ajoyib maskanga aylantirishni istasangiz, unda quyidagi havola orqali hovlingizda besedka yoki dam olish hududini bezash bo‘yicha tavsiyalarimizni ko‘rib chiqing. 

Ijobiy media kuni 

Bunday iijobiy medialar ro‘yxatiga Toping ham kiradi! Biz ijobiy va foydali ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz, eng muhimi esa – berilgan va berilmagan savollarga oddiy va tushunarli qilib javob beramiz. Agar bizning maqolalarimiz sizga yoqayotgan bo‘lsa, tezroq Telegram kanalimiz va Instagram’ga obuna bo‘lishingizni taklif qilamiz. 

22 iyunda tug‘ilgan mashhurlar:

  • Yozuvchi Erih Mariya Remark (“Uch do‘st”, “Zafar arki”) – aytgancha, uning asarlari hamma o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatiga ham kiritilgan.
  • Billy Uaylder – to‘rt karra “Oskar” mukofoti sovrindori va “Jazda faqat qizlar” filmining rejissyori. Albatta ko‘rishingizni tavsiya etamiz!
  • Aktrisa Meril Strip. Barchaga evimli bo‘lgan “Iblis Prada kiyadi” filmida suratga tushgan Gollivud qirollichasi. Moda va komediyalarning muxlislariga manzur bo‘lishi aniq.
  • “Chayf” guruhining solisti Vladimir Shaxrin. Hozirda juda dolzarb bo‘lgan Yevro-2024 futbol bo‘yicha jahon chempionati davrida “Argentina-Yamayka - 5:0” rok hitini tinglashingiz mumkin.