Buster va Dilara: Morgenshternning sobiq rafiqasi va mashhur strimerning munosabatlari haqida batafsil
2024-yil bahorida strimer Buster va Morgensternning sobiq rafiqasi Dilara o‘z munosabatlarini rasman tasdiqlashdi. Bu haqda juftlik YouTube’dagi “Vpiska” shousidagi intervyu davomida so‘zlab berdi. Ularning munosabatlari bir yil ichida qanday o‘zgargan, hozir ular o‘rtasida nima sodir bo‘lmoqda va juftlik farzand kutgani rostmidi? Ushbu maqolada bilib oling.
Buster va Dilara birga
Bloger Dilara Zinatullina Morgenshternning sobiq rafiqasi sifatida mashhur. Mojaroli reper bir necha bor o‘zining “qadrli insoni”ni hech qachon qo‘yib yubormasligini aytgan bo‘lsa-da, ular ajrashdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Dilaraning boshqa bir ijtimoiy tarmoq yulduzi – Buster bilan uchrashayotgani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.
Ularning birinchi uchrashuvi strimerga qimmatga tushdi: bu unga taxminan $70 mingga tushgan. Rus jurnalistlarining xabar berishicha, Buster Moskvaning “Spartak” stadionini ijaraga olib, u yerda romantik kvest uyushtirgan.
U smoking kiyib, hashamatli kechki ovqat, qimmatbaho shampan va stadion bo‘ylab son-sanoqsiz shamlar bilan ajoyib muhit yaratgan. Ushbu romantik voqea to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda uzatilib, uni 50 mingdan ortiq obunachi kuzatgan. U bundan ham yaxshigina daromad ko‘rgan.
Buster va Dilaraning munosabatlari haqida yangilik internetda ikki xil qabul qilindi: ba’zilari ularni qo‘llab-quvvatladi, boshqalari esa tanqid qildi. Masalan, Mellstroy ismli strimer Dilara tez orada Busterni tark etib, unga qaytishini, hatto uning tashqi ko‘rinishi haqida ham salbiy fikrlar bildirgan.
Buster va Dilara: farzand masalasi
2024-yil yozida Dilaraning homiladorligi va Busterdan farzand kutayotgani haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Bu haqda juftlikning o‘zi ham ishora qilgan. Dilaraning Telegram-kanalida Busterning uni qornini silayotgan suratlari paydo bo‘lib, muxlislarni hayratga soldi.
Muxlislar quvonchdan hayajonlanib, hali tug‘ilmagan “Bustercha” uchun ismlar taklif qila boshladi. Ammo juftlik bu savollarga javob bermay, shubha uyg‘otdi. Kuz faslida esa ular ajrashdi degan xabarlar tarqaldi.
Buster va Dilara ajrashdi
Sentabrda blogerlar dunyosida asosiy mavzu Buster va Dilaraning ajrashgani haqida edi. Ushbu xabar Instagram va Telegram’ning barcha sahifalarida tarqaldi, lekin juftlik tomonidan rasman tasdiqlanmadi.
Dilara bu mavzuga oktyabr oyida izoh berdi. Avvaliga u o‘zining yangi kvartirasini xarid qilgani haqida ma’lum qildi va muxlislar uchun rum-tur uyushtirdi. Ammo ko‘pchilikni qiziqtirgan savol – Dilara endi nima uchun yolg‘iz yashayotgani edi. Shundan so‘ng, u quyidagicha bayonot berdi:
“Videoga qoldirilgan izohlarni o‘qib hayronman: bu hazilmi yoki qandaydir prankmi? “Qayerda uxlaysiz?”, “Slava bilan ajrashdinglarmi?”, “Kvartirani u sotib olgan edi, nega yana yangi uy sotib oldingiz?” kabi savollarga nima deyishimni bilmayman. Birinchidan, Slavaning bu yerda nima aloqasi bor? Ikkinchidan, bu kvartira allaqachon yarim yil avval xarid qilingan. <…> Hozir men Slava bilan yashayapman”, – dedi Dilara.
Shu tarzda u ajralish haqidagi mish-mishlarni rad etdi va muxlislar yengil nafas olishdi.
Dilara va Buster: yangiliklar
2024-yil oktyabr oyida Dilara yana bir xushxabarni o‘rtoqlashdi: ularning “oilasi”da yangilik bor edi, ammo bu muxlislar orzu qilgan yangilik emas edi.
“Olti oy o‘ylab, nihoyat oilamizga +1 qilishga qaror qildik”, – deb yozdi u Instagram’dagi stories’ida.
Ma’lum bo‘lishicha, juftlik uzoq vaqtdan beri it olishni orzu qilgan va nihoyat buni amalga oshirishga tayyor bo‘lgan. Dilara Instagram sahifasida kichkina toy-pudelning suratlarini e’lon qildi.
“Keyingisi farzand”, – deb hazillashdi Buster. Endi muxlislar 2025-yilda yulduzli juftlikning sevgi hikoyasining davomini kutishmoqda.