Rayan Reynolds “kattalar uchun” “Yulduzlar jangi” filmini suratga olmoqchi


“Dedpul” yulduzi Rayan Reynolds Disney studiyasiga “Yulduzlar jangi” olamidagi “kattalar” filmlari haqida o‘ylashni taklif qildi.
“Men Disney’ga taklif bilan murojaat qildim: “Nima uchun “Yulduzlar jangi”ni R reytingi bilan suratga olmasligimiz kerak? Bu bosh qahramonlar bo‘lishi shart emas. Siz foydalanishingiz mumkin bo‘lgan qahramonlarning keng doirasi mavjud“. Va men R reytingini qo‘pol deb hisoblamayman.
Bu hissiyotlar uchun Troya oti. Men doimo hayron bo‘laman, nega studiyalar shunchaki tavakkal qilishni va shunga o‘xshash narsani qilishni xohlamaydi”, — dedi Reynolds The Box Office podkastida.
Shuningdek, u filmda suratga tushmoqchi emasligini, faqat prodyuser yoki ssenariy muallifi bo‘lish bilan cheklanishini ta’kidladi. Avvalroq OAVda Reynoldsning “Dedpul” va “Iks odamlar” krossoveri ustida ishlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Yulduzlar jangi”ning bo‘lajak loyihalari orasida Pedro Paskal bilan “Mandalorets va Grogu”, Rayan Gosling bilan “Yulduzli qiruvchi” va boshqalar bor.