РУ
O’Z
UZS
/
/
Lablarni to‘g‘ri bo‘yash bo‘yicha maslahatlar: pomada va qalam yordamida
16.09.2024

Lablarni to‘g‘ri bo‘yash bo‘yicha maslahatlar: pomada va qalam yordamida

Lablarni pomada va qalam bilan to’g’ri bo’yash bo’yicha maslahatlar
Muallif
Leyla Li

Chiroyli bo‘yalgan lablar – makiyajning muhim qismi bo‘lib, ular sizning tabiiy go‘zalligingizni ta’kidlashi va o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirishi mumkin. Ushbu maqolada biz ko‘rinishingizning so‘nggi, tugallangan jihati hisoblanadigan pomada va qalam yordamida lablarni qanday to‘g‘ri bo‘yash bo‘yicha yaxshi maslahatlar beramiz.

Lablarni tayyorlash

Pomada va qalamni surtishdan oldin lablarni to‘g‘ri tayyorlash muhimdir.

  • Tozalash va piling: lablaringiz toza va quruq ekanligiga ishonch hosil qiling. Zarurat bo‘lsa, lablar uchun yumshoq skrab yoki yumshoq tish cho‘tkasidan foydalanib, labdagi o‘lik teri hujayralarini tozalang. Bu makiyajni bir tekisda surtish va uni uzoqroq saqlanishiga yordam beradi.
  • Namlashtirish: lablaringizga namlantiruvchi balzam yoki yog‘ surting. Mahsulot yaxshi singishi uchun bir necha daqiqa kuting va keyin ortiqchasini salfetka bilan artib oling.

Lab qalami qanday ishlatiladi

paradpomad.ru

Lab qalami aniq kontur yaratish va pomadaning yoyilib ketishining oldini olishga yordam beradi.

  • Qalam tanlash. Pomadangiz rangiga mos keladigan yoki undan biroz ochroq rangli qalam tanlang. Bu tabiiy va chiroyli bo‘yangan ko‘rinish yaratadi.
  • Kontur chizishni yuqori labdan boshlang. Labning yuqori nuqtalarini birlashtirib, o‘rtaga X shaklida chiziq chizing. Bu lablarda simmetrik ko‘rinishini yaratishga yordam beradi.
  • Labning tabiiy konturi bo‘ylab, lab burchaklaridan o‘rtaga qarab chizing. Xuddi shu amallarni pastki lab uchun ham bajaring, o‘rtadan boshlab, burchaklarga qarab harakatlaning.
  • Lablarni ichini to‘ldirib bo‘yash (ixtiyoriy). Pomada uzoqroq saqlanishi, rangi bir xil bo‘yalishi va mustahkam asos yaratish uchun butun lab yuzasini qalam bilan to‘ldiring.

Pomadani qanday surtish kerak

rambler.ru

Pomadani to‘g‘ri surtish – chiroyli va parvarishlangan lablar ko‘rinishiga ega bo‘lishning kalitidir.

  • Pomada tanlash. O‘z xohishingiz va teringiz turiga qarab pomada tanlang.

Mat pomadalar barqarorlikni, kremli va yaltiroq pomadalar esa namlik va yaltirab ko‘rinishni ta’minlaydi.

  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri tubikdan surtish. Agar sizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tubikdan foydalanish qulay bo‘lsa, yuqori labning o‘rtasidan boshlang va burchaklarga qarab harakat qiling.
  • Pastki lab uchun o‘rtada chiziq torting va qolgan joylarini to‘ldiring.
  • Cho‘tka yordamida surtish. Lab cho‘tkasi pomadani aniqroq chiziq qilib surtish va uni teng ravishda taqsimlash imkonini beradi.
  • Cho‘tkaga ozgina pomada oling va yuqori labning o‘rtasidan bo‘yashni boshlang, qalamda chizilgan konturlarni takrorlang. Xuddi shu amallarni pastki labda ham bajaring.
  • Pomadani mustahkamlash. Makiyajingiz kun bo‘yi saqlanishi uchun lablaringiz orasiga yupqa salfetka qo‘ying va ustidan ozgina shaffof upa surting. Yoki shunchaki lablaringizni salfetka bilan yengil artib, pomadani ikkinchi yupqa qatlam qilib surting.

Maslahatlar va sirlar

  • Konsilerdan foydalaning. Lablar atrofi terisiga konsiler surtish konturlarni aniqroq qilishga va har qanday kamchiliklarni yashirishga yordam beradi. Kichik cho‘tkaga ozgina konsiler oling va lab chizig‘i bo‘ylab ehtiyotkorlik bilan yurgizing, bir joyga yig‘ilib qolmasligi uchun uni yaxshilab tarqating.
  • Hajm yarating. Lablarni vizual ravishda kattalashtirish uchun yuqori va pastki lablarning o’rtasiga biroz yaltiroq lab bo‘yog‘idan surting. Shunda labingiz kattaroq ko‘rinadi.
  • Pomadadan biroz to‘qroq lab qalamidan foydalanish lab chekkalarida yengil soyalar yaratadi, bu esa lablarni vizual ravishda kattaroq ko‘rsatadi.
  • Xatolarni tuzatish. Agar pomada surtishda xato qilsangiz, mitselyar suv bilan namlangan paxta tayoqchasidan foydalanib, uni ehtiyotkorlik bilan o‘chiring.
  • Yoyilib ketishni oldini olish. Pomada va qalamni surtishdan oldin lab konturiga ozgina upa surting, bu bo‘yoqni yoyilib ketishini oldini oladi.
acvarel-salon.ru

Chiroyli bo‘yalgan lablar – bu san’at bo‘lib, u ozgina mashq va sabr talab qiladi. Yuqoridagi maslahatlarga amal qilib, siz aniq va yorqin lablarga erishasiz, ular sizning o‘zingizga xoslikni ta’kidlaydi. Turli ranglar va surtish texnikalarini sinab ko‘rib, o‘zingizga mos uslubni toping. Bo‘yanishda sizga omad tilaymiz, doim chiroyli bo‘lib yuring!