Diyora Azimova Tbilisidagi sevgilisinikiga ko‘chib o‘tish-o‘tmasligini aytdi


Mashhur bloger Diyora Azimova Tbilisidagi yigiti yoniga ko‘chib o‘tish rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida obunachilarining savollariga javob berar ekan, ma’lum qildi.
Kuzatuvchilardan biri so‘radi: “Agar u sizga u bilan o‘z mamlakatiga ko‘chib o‘tishni aytsa, rozi bo‘lasizmi?”
Ushbu savolga javoban Diyora shunday deb yozdi: “O‘ylaymanki, bu mantiqiy bo‘ladi, chunki u Toshkentda yashay olmaydi. Men esa Tbilisini yaxshi ko‘raman. Vaqt ko‘rsatadi, hozir biz shunchaki yashayapmiz va u barcha variantlarni o‘ylab ko‘rmoqda”.
Bloger, shuningdek, ishi Toshkent bilan bog‘liqligini ta’kidladi: “Ammo Toshkentda mening ishim va loyihalarim bor. Tez-tez uchib kelishga to‘g‘ri keladi”.