верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Eldor Shomurodovga A Seriyaning yana bir jamoasidan taklif tushdi
25.06.2025 (yangilandi 25.06.2025)

Eldor Shomurodovga A Seriyaning yana bir jamoasidan taklif tushdi

Eldor Shomurodovga A Seriyaning yana bir jamoasidan taklif tushdi

O‘zbekiston milliy jamoasi va Italiya “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yaqin kunlarda rimliklar safini tark etishi ehtimoli bor. “Romaforever” nashrining yozishicha, A Seriyada qatnashadigan yana bir klub — “Kremoneze” futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Avvalroq Shomurodovga bir nechta xorijiy klublar tomonidan takliflar tushayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Xususan, Fransiyaning “Renn” va Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoalari o‘zbekistonlik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirgan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

“Romaforever” ma’lumotlariga ko‘ra, “Kremoneze” jamoasi A Seriyaga qaytish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani sababli, tarkibni kuchaytirish ustida jiddiy ish olib bormoqda. Aynan shu sababli ular Shomurodov transferi bo‘yicha kurashga qo‘shilgan.

Yana bir ishonchli manba — Sportitalia nashrining xabariga ko‘ra, “Kremoneze” Eldorni tarkibga qo‘shish uchun faol harakatni boshlab yuborgan. Klub A Seriyada o‘z o‘rnini mustahkamlab qolish niyatida va Shomurodovni hujumni kuchaytirish uchun munosib nomzod deb hisoblamoqda.

“Roma” esa futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Klub 30-iyungacha ayrim futbolchilarni sotish orqali moliyaviy barqarorlikni tiklashni rejalashtirgan. Bu qaror UEFA bilan tuzilgan kelishuv asosida qabul qilingan bo‘lib, ilgari feyr-pley qoidalarining buzilgani bilan bog‘liq. Shomurodov “Roma”ni tark etishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlardan biri bo‘lib qolmoqda. Rimliklar uni 7 million yevro atrofida narxda transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.