Dubaycha chizkeyk, pastasiz pasta va boshqalar. Bloger onadan retseptlar — ular bilan siz ozasiz va bolangizni makaronlardan xalos qilasiz
Agar siz ko‘pdan beri tug‘ruqdan keyin qanday ozish, bolani to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgatish, shuningdek mazali va foydali taomlar tayyorlashni o‘rganish kabi savollar bilan shug‘ullangan bo‘lsangiz, unda ushbu to‘plam siz uchun. Qolaversa, uni bloger mama_uz_v_dekrete tuzdi. Unga esa O‘zbekistondagi barcha onalar ishonadi!
To‘g‘ri ovqatlanish pastasi retsepti — restorandagidan yaxshiroq
Masalliqlar:
Ismaloq - 2 bog‘
Tuxum - 1 dona.
Sut - 100 ml.
Suli yormasidan un - 250 g.
Tuz - ta’bga ko‘ra
______________
Piyoz - 1 dona
Tunets konserva - 0,5 banka
Tvorogli pishloq - 1 osh qoshiq
Cherri - 6 dona
Parmezan - 20 gr.
- Pasta tayyorlaymiz. Blenderda ismaloq, tuxum, sut, tuz, suli yormasi (yoki undan tayyorlangan un) xamirga aylanguncha ko‘pirtiramiz. Uni un sepilgan yuzaga qo‘yamiz va yupqa qilib pasta shaklida to‘g‘raymiz.
- Nachinka tayyorlaymiz. Piyozni tovaga solib, tunets, cherri va ikki xil pishloq qo‘shib qovuramiz. Olingan qaylaga pasta qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi va bir necha daqiqa davomida dimlanadi.
Dubaycha to‘g‘ri ovqatlanish chizkeyki retsepti
Masalliqlar (korj uchun):
Bodom uni - 100 g.
Yaxlit donli un - 100 gr.
Fruktoza (yoki steviya) - 80 g.
Smetana - 1 osh qoshiq
Yog‘ - 80 g.
Tvorog - 80 g.
Tuxum - 1 dona.
Masalliqlar (nachinka uchun):
Jelatin
Tvorog - 400 g.
Fruktoza (yoki steviya) - 80 g.
Pista pastasi - 1 osh qoshiq
Un - 80 g.
- Korj uchun barcha masalliqlarni aralashtiramiz, hosil bo‘lgan xamirni yoyib, dumaloq shaklga solamiz. Qirralarini shakllantiramiz va pishirish uchun duxovkaga (180 daraja haroratda) 20-25 daqiqaga, oltin rangga kirguncha qo‘yamiz.
- Ichini tayyorlaymiz. Avval jelatinni ivitamiz. So‘ngra barcha masalliqlarni aralashtirib, unga jelatinni qo‘shamiz. Mikser yordamida ko‘pirtiramiz va kremni tayyor pishgan korjga yoyamiz. Chizkeyk ustiga maydalangan pista sepamiz. Qotishi uchun 2 soatga muzlatkichga joylashtiramiz.
Uyda foydali non retsepti
Masalliqlar:
To‘liq donli un - 550 gr
Shakar - 15 gr
Tuz - 12 gr
Xamirturush - 7 gr
Iliq suv - 330 ml
Urug‘lar - 80 gr
- Quruq masalliqlarni aralashtirib, unga istalgan urug‘larni qo‘shamiz. Iliq suv quyib, yaxshilab qoramiz. Tayyor xamirni sharsimon qilib o‘rab, ustiga nam sochiq yopamiz va iliq joyga qo‘yamiz - non achishi kerak.
- Xamir tayyor bo‘lgach, nonga shakl beramiz, ustidan yengil kesiklar qilib, qizg‘ish po‘stloq hosil bo‘lguncha pishiramiz.
Maktab uchun foydali batonchalar retsepti
Masalliqlar:
Sariyog‘ - 20 gr
Kunjut - 500 gr
Qovoq urug‘i - 100 gr
Bodom - 100 gr
Asal - 250 ml
- Urug‘larni yog‘da qovuramiz. So‘ngra asal qo‘shib, past olovda 5 daqiqa davomida qaynatamiz.
- Aralashmani nam qo‘llar bilan shakllantirb, katta kvadrat shaklga keltiramiz. Xona haroratida sovitamiz. Kichik batonchalarga bo‘lib kesamiz.
Shirinliksevarlar uchun 5 daqiqali sufle retsepti
Masalliqlar:
Jelatin - 2 osh qoshiq
Sut - 200 ml
Tvorog - 400 g
Mevalar (istalgan) - 350 g
Shirinlashtiruvchi
- Jelatinni sutga solib, bo‘kishga qo‘yamiz. Shu vaqtda tvorog bilan mevalarni blenderda aralashtiramiz.
- Tayyor jelatinni aralashmaga qo‘shib, istalgan shirinlashtiruvchini solib, yaxshilab aralashtiramiz.
- Sufleni silikon qoliplarga solib, 2 soatga muzlatgichga joylashtiramiz. Qomatga zarar yetkazmaydigan g‘oyat mazali desert tayyor bo‘ladi.