РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
Dunyodagi eng boy odamlar qanday mashinalarda yuradi?
01.07.2024

Dunyodagi eng boy odamlar qanday mashinalarda yuradi?

Dunyodagi eng boy odamlar qanday mashinalarda yuradi?

Dunyodagi eng boy odamlarning xohishlari va didi o‘ziga xosligi bizni har kuni hayratda qoldiradi. Cho‘ntagidagi milliardlar va “Forbes” ro‘yxatida birinchi o‘rinlarni egallashlariga qaramay, ular yillar davomida bir xil jinsi shim kiyadi, McDonald’s’da ovqatlanadi va oddiy mashinada yuradi. Lekin hamma boylar ham emas. Milliarderlar qanday mashinalarda yurishi va nega aynan ularni tanlagani haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Ilon Mask 

Boyligi: 195 milliard dollar

SpaceX kompaniyasi asoschisi va dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan Ilon Mask – Tesla’ning eng byudjetli modeli – “Model S” haydaydi. Keyin u o‘z brendini reklama qilishdan charchagan va “McLaren F1” poyga mashinasiga o‘tgan. Bundan tashqari milliarder sovg‘a sifatida Jeyms Bondning “Meni sevgan josus” serialidagi “Lotus Esprit” submarina mashinasini 1 million dollarga sotib olgan. 

Bernard Arno 

Boyligi: 233 milliard dollar

Maskning “Forbes” ro‘yxatidagi asosiy raqobatchilaridan biri, “Louis Vuitton”, “Moët Hennessy” rahbari – 75 yoshli Arno har doim klassikani tanlaydi. Shuning uchun fransuz milliarderini doim kostyumda ko‘ramiz, supermodel kelini – Natalya Vodyanova (bu unvonni birinchilardan bo‘lib olgan) bilan faxrlanadi, shuningdek, sevimli “BMW M760Li” haydaydi. 

Jeff Bezos 

Изображение пина-истории

Boyligi: 194 milliard dollar 

Amazon va Blue Origin kosmik kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos kompaniya prezidenti sifatida birinchi maoshiga sotib olgan 1996-yilgi “Honda Accord” avtomobiliga egalik qiladi. Juda ta’sirli, eng asosiysi hamyonbop. Bundan tashqari, Bezos yaqinda Loren Sanches bilan unashtirilganini e’lon qildi va barcha “topganlar”ini yaqinlashib kelayotgan to‘yga tayyorgarlik ko‘rishga safrlashini ta’kidladi. Bu esa hazilakam pul emas. 

Mark Sukerberg 

Boyligi: 177 milliard dollar

Meta asoschisi va juda kamtarin milliarder Sukerberg, nisbatan arzon narxdagi mashinalarni tanlaydi. Uning garajida “Honda Fit”, “Volkswagen Golf” va “Acura TSX” kabi mashinalari bor. Milliarder “Acura TSX”ni qulaylik va xavfsizlik uchun tanlagan – bu esa uni oila a’zolarini qadrlaydigan inson ekani, mashinada doim bolalari va rafiqasini olib yurishi ma’lum bo‘ladi.

Bill Geyts 

Boyligi: $128 milliard

Изображение пина-истории

Microsoft yaratuvchisi Bill Geyts, hech qachon eski “Porsche 911”ni boshqa mashinaga almashmasligini bir necha bor tan olgan, lekin bunga majbur bo‘ldi. Mashina kim oshdi savdosida 80 ming dollarga sotildi. Geytsning o‘zi esa “Porsche 959”ga o‘tdi. Garchi milliarderning garaji ushbu brendning rasmiy do‘koniga o‘xshasa-da, o‘z kayfiyati va hafta kuniga mos keladigan kunda har xil mashinani haydash imkoniyati bo‘lsa-da, Bill aynan shu “Porsche 959” mashinasini tez-tez haydashni yaxshi ko‘radi.