Dunyodagi eng qimmatbaho mashinalar: ular qanday ko‘rinishga ega?
2021–2023-yillarda O‘zbekiston aholisi “Chevrolet” uchun o‘rtacha 9000 dollar sarflagan. Ammo narxi o‘n millionlab dollarga yetadigan mashinalar ham bor. E’tiboringizga 2024-yilning eng qimmat kichik seriyali hashamatli avtomobillarining TOP to‘qqiztaligini taqdim etamiz.
Brendlarning narxi haqida gapiradigan bo‘lsak, “Mercedes-Benz” yetakchilik qilmoqda, u hatto elektromobil ishlab chiqaruvchi “Tesla”ni ham ortda qoldirdi. Ehtimol, bu mashinalarning o‘zi emas, balki g‘oyaviy ilhomchisi va zamonning yorqin innovatori Ilon Maskning shaxsiyati bilan bog‘liq, uning atrofida ko‘plab qarama-qarshiliklar mavjud va ular o‘z navbatida brend qiymatiga ta’sir qiladi. Ammo mashinalarga qaytaylik (“Mercedes” ham ushbu ro‘yxatda bor).
1. “Lamborghini Veneno”. Italiya superkarining narxi 4 milliondan boshlanadi
Ushbu mashina faqat 4 nusxada bo‘lib, ulardan biri “Lamborghini” muzeyi uchun chiqarilgan, qolgan uchtasi esa avtomobilning rasmiy premyerasidan oldin sotilgan. Dizayn poyga mashinalarining prototiplarini eslatadi.
“Veneno” ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan maksimal tezlik soatiga 356 km.
2. 8 million dollarlik “Maybach Exelero”ga nima deysiz?
Shinalari 690 ot kuchi va 752 Nm aylanish tezligiga bardosh bera oladigan noyob avtomobildir. Bunday raqamlar faqat ikki “Turbo” quvvatli V12 dvigatel ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchining barcha umidi maksimal yuklarga bardosh beradigan shinalarni yaratishga qaratilgandi. Murakkab zamonaviy va ixcham dizaynning uyg‘unligidan shunday go‘zallik yaraladi.
“Maybach” kontsepsiyasi yuz yildan ko‘proq vaqtni tashkil etadi. XX asrning boshlaridayoq “Mercedes” samolyot dvigatellarini ishlab chiqarishni boshlagan. 1920-yillarda kompaniya avtomobil ishlab chiqarishga o‘tganida, brend hashamati avtomobil sinonimiga aylandi. Bunday qarash bugungi kungacha o‘zgarmagandir.
3. 9 million dollarga “Bugatti Centodieci” xarid qilish mumkin
Fransuz avtomobil ishlab chiqaruvchisi ushbu hashamatli avtomobillarning atigi 10 tasini taklif qilishiga qaramasdan, ularning har biri o‘z egasini topdi. Ulardan biri — Krishtianu Ronalduga tegishli.
Dvigatel 100 km/soatiga tezlikka atigi 2,4 soniyada chiqish imkoniyatini beradi, maksimal tezlik esa soatiga 379 km ga yetadi. “Bugatti Centodieci” qulaylik va hashamatni ifodalaydi.
4. “Bugatti” yana bir hashamatli “Chiron Profile” modeliga ega, uning narxi 10,8 million dollarni tashkil qiladi
100 km/soat tezlikka atigi 2,3 soniyada tezlanishi sababli, u poyga avtomobili qatoriga ham kirishi mumkin.
Model kuzovning ravonligi, “Argent Atlantique” deb nomlangan rangi kabi eksklyuziv xususiyatlarga egadir. Faqat “Chiron Profile” uchun avtomobilning pastki qismi shaffof ko‘k rangli uglerod tolasi bilan bezatilgan, g‘ildirak dizayni esa orqa qanot kabi ushbu model uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari, yanada moslashuvchan bo‘lishi uchun boshqaruv mexanizmi takomillashtirilgan.
5. Endi inglizlarga o‘tamiz. 13 million dollarlik tengsiz “Rolls-Royce Sweptail”
5 yil oldin uning narxi deyarli 19 million dollarga yetgandi. Avtomobil o‘zida eski va yangi versiyasining eng yaxshi tomonlari: bizning davrimizning barcha talablariga javob beradigan texnik parametrlar va o‘tgan asr 20-30 yillaridagi glamurlikni aks ettiruvchi rangni birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Avtomobilni nachinkasi uchun ishlatiladigan eksteryer, ilg‘or xususiyatlar va texnologiyalarga mos keladigan doim dolzarb bo‘lgan zamonaviy klassik jihatlarga diqqat qaratilgan.
Uning siluetiga bir nazar tashlab, bu retro ihlosmandlarining orzusi ekanini tushunasiz.
6. Endi navbat 14,4 million dollarlik “SP Automotive Chaos” yunon ultrakariga
Juda past posadkaga ega aerodinamik agressiv dizayn sizga yoqadimi?
Salon ichi esa minimalist va futuristik kombinatsiyalar bilan to‘ldirilgan.
Ishlab chiqaruvchi uni 4 litrli ikki Turbo dvigatel, ikki quvvat darajasi va 1,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishish qobiliyati haqida e’lon qildi. Modelning flagman versiyasi atigi 1,55 soniyada bunday tezlanishga qodir. Asosiy model 6,4 million dollardan, eng yuqori model esa 14,4 million dollardan boshlanadi.
7. Italiyaning texnologiya mo’jizasi 15 million dollarlik “Pagani Zonda HP Barchetta” modeli ham ushbu ro‘yxatdan joy olgan
Uning narxi hatto 17,6 million dollarga yetgan. “Zonda” 10 yildan ko‘proq vaqt oldin “Pagani” kompaniyasiga butun dunyo bo‘ylab shuhrat keltirib, “iste’foga chiqishi” kerak edi. Ammo potensial mijozlarning yuqori talabi ishlab chiqaruvchini ushbu mashhur modelning birliklarini u yoki bu modifikatsiyada qayta-qayta ishlab chiqarishga undadi.
“Zonda HP Barchetta” aerodinamik komponentlarning to‘liq to‘plami va 355 km/soat tezlikka erishish qobiliyati bilan eng ko‘p “mashhurlikka erishdi”.
Ushbu model kompaniya asoschisi Goratsio Pagani uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ammo shunga qaramay, u ham seriyali mashina hisoblanadi, chunki ular yana kamida ikkita mashina ishlab chiqargan.
8. 28 million dollarlik “Rolls Royce Boat Tail”
2021-yilda paydo bo‘lgan. Ishlab chiqaruvchi faqat uchta namunani qo‘lda yasagan.
Modelda J-klassli yaxta va 1932-yilgi original “Boat Tail” elementlarini topish mumkin. Buni bir tomosha qiling-a!
Uzunligi taxminan olti metr bo‘lib, xuddi “orqa paluba”da yashiringan olinadigan osma hashamatli tomga ega.
Model dengiz va yo‘llarning haqiqiy ishqibozlariga bag‘ishlangan yaxta va avtomobilning sevimli miksiga aylangani bejizga emas.
9. “Rolls-Royce”ning yana bir vakili — 30 million dollarlik “La Rose Noire Droptail”
Juda yangi 2023-yil avgustning modeli. So‘zma-so‘z “Qora atirgul”deb tarjima qilinadi. Tashqi otdelkasi gulbarglarning rangiga o‘xshash maxsus “True Love” rangida amalga oshirilgan. Turli xil yorug‘likda u o‘z rangini o‘zgartiradi.
Uning 4 ta ekzemplyari mavjud bo‘lib, ularning har biri o'ziga xos rang, interyer va nomga ega. “Rolls Royce Boat Tail”da bo‘lgani kabi, u ham dengiz mavzusida ishlangan.
Ushbu ikki o‘rindiqli rodsterning yaratilishi 4 yil davom etgan. Istalgan rangga erishish uchun 150 ta integratsiya yaratilgan.
Maxsus ushbu loyiha uchun yaratilgan hashamatli elementlaridan biri bu olinadigan “Audemars Piguet” soati hisoblanadi. Ushbu detal “Amethyst” deb nomlangan komplektasiyada mavjud.