РУ
O’Z
UZS
/
/
Eng g‘aroyib va ajoyib 30 makon: rostdan ular bizning sayyoradami?
09.06.2024

Eng g‘aroyib va ajoyib 30 makon: rostdan ular bizning sayyoradami?

Eng g‘aroyib va ajoyib 30 makon: rostdan ular bizning sayyoradami?

Qadimgi shaharlar, diqqatga sazovor mashxur joylar, ajoyib sohillar – bularning barchasi ko‘zni quvontiradi, ammo tajribali va hattoki oddiy sayohatchilarni ajablantirmaydi. Sayyoramizda odatiy bo‘lmagan, uning buyukligini ta‘kidlaydigan va har qanday tasavvurni hayratga soladigan ajoyib joylar ham bor. Biz dunyodagi eng g‘ayrioddiy joylarning to‘pladik, agar o‘zga sayyoraliklar chindan ham bor bo‘lsa, ular aniq ushbu yerlarni o‘z makoniga aylantirgan bo‘lishardi.

Yangi Zelandiyadagi «yulduzli» Waitomo g‘orlari

Uaikato mintaqasidagi murakkab, g‘alati va dahshatli qadimiy g‘orlar «Yulduzli yo‘l» filmi uchun zo‘r dekoratsiya bo‘lishi mumkin, buning sababi esa ichkarida to‘planib, yulduzli osmon effektini yaratadigan mahalliy yaltiroq hasharotlar ko‘rinishidagi o‘ziga xos xususiyati tufaylidir.

Senegaldagi Retba «Barbi ko‘li»

Sirli pushti ko‘l – yer yuzidagi eng go‘zal joylardan biri – yashil o‘rmonzor oldidagi oppoq sohil va yorqin pushti rangli suv. Ko‘lning g‘ayrioddiy rangiga unda yashaydigan qadimiy siyanobakteriyalar sababchi.

Sokotra orolidagi «qonayotgan» daraxtlar

Yamandagi Sokotra orolida ajdaho deb ataladigan g‘aroyib daraxtlar o‘sadi. Bu daraxtning po‘stlog‘i kesilsa, undan «qon», aniqrog‘i yorqin qizil sharbat chiqadi.

Hindistonning Cherapunji shahridagi «jonli» ko‘priklar

Ushbu tirik ko‘priklar hindlarning minimal ishtiroki bilan yaratilgan – ular faqat bu moslashuvchan o‘simliklarning o‘sish yo‘nalishi ustida ishlagan va shu yo‘l bilan jahonda 50 kishiga bardosh beradigan kuchli va ekologik xavfsiz ko‘priklar paydo bo‘lgan.

Shotlandiyadagi Fingal g‘ori

G‘alati shakldagi olti burchakli ustunlar to‘plami odam yashamaydigan Staffa oroli g‘orining devorlarini bezatib turadi. Aytgancha, aynan shu joy bastakor Mendelsonni o‘zining mashhur uvertyurasini yozishga ilhomlantirgan.

Yaponiyaning Toyama ko‘rfazidagi «yorqin suvlar»

Toyama ko‘rfazi sohilidagi neon rangli suvlar yaltiroq kalmarlar sabali paydo bo‘lgan. G‘ayrioddiy moluskalar yorqin porlaydigan xususiyatlarga ega organlar – fosfatlar bilan tug‘iladi.

Venesueladagi «chaqmoqli» osmon

Katatumbo daryosi Marakaybo ko‘liga quyiladigan joyda noyob ko‘rinish paydo bo‘ladi. And tog‘larining shamollari momaqaldiroqni keltirib chiqarganda atmosfera metan chaqmoqni quvvatlaydi (chaqmoqlar chastotasi soatiga 290-300 martagacha yetishi mumkin). Bu jarayonni maydan oktyabrgacha kuzatish yaxshiroq.

Boliviyadagi «qurigan» Salar De Uyuni ko‘li

«Sho‘rxok» deb nomlangan ushbu marvarid, ya’ni quritilgan sho‘r ko‘l, ayniqsa yomg‘irli mavsumda tabiatning haqiqiy mo‘jizasiga aylanadi. Ko‘l yengil suv qatlami bilan qoplanib, suvning ostidagi tuz esa oynaga «aylanadi». Shunda huddi «Windows XP» asosiy fon rasmi singari ochiq osmonni aks ettiradi.

Maldiv orollari okeanidagi yulduzli osmon

«Bounty» reklamasidagi Jannat oroli haqida hamma eshitgan, ammo uning suvda noyob «yulduzli osmoni» borligini ko‘pchilik bilmaydi. Bu hodisa Vaadxu oroli yaqinida yashovchi lyuminestsent fitoplankton sababli sodir bo‘ladi. Bu jonzot zaharli, shuning uchun bu yerda cho‘milishdan saqlangan ma‘qul.

Kaliforniyadagi Lassen bog‘ining rang-barangli qumtepalari

Yoki «Qumtepalar» olamining muqobil varianti. Ushbu ko‘p rangli, tabiiy shakllanish uzoq vaqtdan beri ilohiy deb hisoblanib, butun dunyodan sayohatchilarni o‘ziga jalb qiladi. Qumtepalarning g‘ayrioddiy rangi hozirda «uxlab yotgan» vulqon sabab paydo bo‘lgan – vulqon otilganda lava ustiga to‘kilgan kulning oksidlanishi sababli paydo bo‘lgan.

Shimoliy Irlandiyadagi gigantlar yo‘li

Ushbu diqqatga sazovor joy ham vulqon sabab kelib chiqqan. Uning bir otilishi (bir necha asr avval) tufayli bu yerda 40 000 bazalt ustunlari paydo bo‘lgan, ular dengizga kaskad yoki gigantlar uchun zinalar kabi tushgan. Aytishlaricha, u yerdagi manzara juda hayratlanarli bo‘lib, atrofni yaxshilab ko‘rish uchun yuqoriroq nuqtaga ko‘tarilish kerak.

Perudagi Kamalak tog‘i

Dengiz sathidan 5200 metr balandlikda joylashgan Vinikunka tog‘i «The Guardian» nashrining eng go‘zal tog‘lari qatoriga kiritilgan. Bularning barchasi ko‘zdan yashiringan va iqlim o‘zgarishi tufayli o‘zini namoyon qilgan g‘ayrioddiy, yorqin, rangli o‘zgarishlar sabablidir.

AQShning Oregon shtatidagi «Thor» qudug‘i

«Marvel» muxlislari buni super qahramon artefakti deb o‘ylashlari mumkin, ammo u kino super qahramoni Torga hech qanday aloqasi yo‘q. Oregon shtatidagi besh metrli toshli quduq «yer osti olamiga kirish eshigi» yoki «Tinch okeanining suv ta‘minoti» deb nomlanadi, ammo sayohatchilar «Thor» variantini yaxshi ko‘radi.

Nyu-Yorkdagi «Abadiy olov» sharsharasi

Ushbu kichik sharshara Shel Krik qo‘riqxonasida joylashgan bo‘lib, uning ostki qismidagi kichik sun’iy g‘ori bilan noyob. G‘ordan tabiiy gaz chiqadi, sayyohlar esa sharsharani mash‘aldek yoqa olishi sababli ushbu nuqta ko‘p odamni o‘ziga jalb qiladi. Umuman olganda, bu yerda hech qanday jodu yo‘q, lekin makon juda g‘ayrioddiy va bamisoli «abadiy olov» dek ko‘rinadi.

Kolumbiyadagi Kamalak daryosi

Eng go‘zal va g‘ayrioddiy joylardan biri Kolumbiyadagi Kanyo Kristales daryosi hisoblanadi. Uning «o‘ziga xosligi» suv rangini o‘zgartirishi. Ajablanarlisi shundaki, suv turli xil ranglarda «o‘z-o‘zidan bo‘yalib», ko‘z o‘ngingizda rangini sariq, qizil, yashil yoki ko‘k ranglarga o‘zgartiradi.

«Fotoshop» bog‘ Dansya, Xitoy

Ushbu geopark yuragidagi noyob rang-barang qoyalar «30 seconds to Mars» klipidagi hayoliy joy emas, balki butun bo‘r davrida hosil bo‘lgan qumtosh va boshqa tabiiy minerallarning haqiqiy koni. Manzara ajoyib!

Turkiyadagi Kleopatra yoki Pamukkale Makkasi

«Kleopatra vannalari» yoki paxtadek momiq qal‘a – travertin deb nomlanadigan ohaktosh devorli qaynoq buloqlar tizimi. Devorlarning moviy va oq ranglari tuzlarning «cho‘kishidan» kelib chiqqan. Aytishlaricha, ushbu vannalarda kalsiyning «yillik» dozasini olish mumkin.

Efiopiyadagi «Mars» vulqoni

Dallol vulqoni – dengiz sathidan pastda joylashib, atrofida tuzli terassalar mavjud bo‘lgan kraterga ega yagona vulqon turidir. U 1920-yillarda issiq magma muz bilan aralashganda kuchli freatik portlashdan so‘ng hosil bo‘lgan.

Meksikadagi Kristallar g‘ori

Nayka shaxtalari bilan bog‘langan ushbu g‘or 300 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, o‘z-o‘zidan kristallar bilan to‘ldiriladi. U yerdagi harorat Selsiy shkalasi bo‘yicha 58 daraja issiq bo‘lib, Toshkentdagi eng issiq kundan ham qaynoq harorat hukm suradi. Shuning uchun u yerda maxsus kiyimlarda bor-yo‘g‘i yarim soat bo‘lish mumkin.

Roraima olamlarining tutashgan joyidagi tog‘ (Venesuela, Gayana va Braziliya)

Uch mamlakat chegarasida joylashgan tog‘ning balandligi – 2723 metr. Uning tepasida esa diametri 30 kilometrlik plato joylashgan. Manzara juda chiroyli va hayratlantiradigan darajada.

Rossiyadagi boy Baykal

Yer yuzidagi eng yirik, toza chuchuk suv havzalaridan biri bo‘lgan toza suv xazinasidir (dunyo zaxirasining 20%). K‘olda 1700 ta noyob tirik mavjudotlar va o‘simliklar yashaydi, ularning aksariyati ko‘l bilan ajralmas bog‘liq. Qishda, Baykal deyarli butunlay muzlaydi.

Antarktidadagi quruq vodiylar

Odam yashamaydigan va unchalik ham mehmondo‘st bo‘lmagan ushbu materik sayyoramizdagi eng qurg‘oqchil joy – Quruq vodiylari bilan mashxur. Bu yerdagi havo oqimlari soatiga 300 kmga yetadi, ular kuchi yetgan hamma narsa: toshlar, muzlar va hatto suvni uchirib yuboradi. Bunday sharoitda faqat bakteriyalar omon qolgan.

Kanadadagi o‘zga sayyoralik ko‘l

Kliluk o‘zga sayyoraliklar yashaydigan joy yoki sirli mavjudotlar qo‘nim topgan makonga o‘xshaydi. Kliluk dunyodagi eng sho‘r ko‘l. Undagi tuz darajasi shunchalik balandki, u tuz orollari bilan ko‘lmaklar hosil qiladi. Manzilning g‘ayrioddiy ko‘rinishning sababi ham shunda.

AQShdagi Arizona qoyali to‘lqini

«To‘lqin» Yuta va Arizona chegarasida joylashgan bo‘lib, uning asosiy kirish joyi Arizonada joylashgan. Geologiya nuqtai nazaridan qaraganda, bu kuchli shamollar tufayli toshga aylangan qumtepalar. Ammo estetik nuqtai nazaridan, bu barcha fotosuratchilarning e‘tiborini tortadigan va dizaynerlarini ilhomlantiradigan ajoyib manzaradir.

Ispaniyadagi Yupiter daryosi

Tinto daryosi suvining qon kabi qizil rangi bu yerda qazib olinagan temir, mis, oltin, kumush va boshqa konchilarning qazilma qoldiqlari bilan oziqlanadigan va ularni qayta ishlaydigan maxsus bakteriyalar sabablidir. Olimlarning ta‘kidlashicha, bu yerdagi manzara Yupiter sayyorasi bilan deyarli bir xil.

Turkmanistondagi «Do‘zax eshiklari»

Qoraqum cho‘lining markazida mahalliy aholi yumshoq qilib «Darvoza» deb ataydigan – gaz krateri joylashgan. Ushbu manzara krater ichidagi yuqori haroratdan qo‘rqmay uning tubida yashashda davom etayotgan «bardoshli» bakteriyalarning doimiy yonishi sababli paydo bo‘lgan.

Mavritaniyadagi «Cho‘l ko‘zi»

Sahara sahrosi hududida (Mavritaniya qismida) ajoyib Cho‘l ko‘zi yoki Rishat deb nom olgan manzil bor. Kraterning cho‘l qismi odam ko‘zi va oy relyeflariga o‘xshashligi tufayli shunday nom olgan.

AQShdagi «Iblis minorasi»

«Bell Fourche» vodiysidagi ustun shaklidagi katta tosh – Heops piramidasidanda baland, qoyalar va vulqondan hosil bo‘lgan ushbu monolit uzoq muddat «Iblisning ishi» deb ta‘riflangan. Monolit yoshi hali hanuz aniqlanmagan. Taxminlarga ko‘ra uning yoshi 200 million yil, biroq ushbu ma’lumotni hech kim tekshirmagan, chunki tog‘ning nomi sabab nimagadir hech kimning aralashgisi yo‘q.

Xitoydagi Heichjuning «Bermud uchburchagi»

Yer yuzidagi yana bir g‘ayrioddiy va sirli joy – Qora bambuk jarligi bor. U sayyoradagi eng anomal joylar ro‘yxatiga kiritilgan. Gap shundaki, bu yerda odamlar ommaviy ravishda yo‘q bo‘lib qoladi va mutaxassislar bu yerlardan chiqish imkonsizligi haqida ko‘p gapirishadi. O‘zining «yomon» nomiga qaramay, uni tom ma’noda birrov ko‘rib ketish hamda vodiyga kirish joyida esdalik sovg‘asini sotib olish uchun keladigan sayyohlar bilan doim gavjum.