Kuzgi ta’tilda O‘zbekistondan qayerga dam olishga borish mumkin – ota-onalar va shunchaki dam olishni xohlaganlar uchun TOP manzillar
O‘zbekiston maktablaridagi kuzgi ta’til 2024-yil 4-noyabrdan 10-noyabrgacha davom etadi. Bu haqida Ta’lim vazirligi xabar berdi. Bu esa butun oilani chet davlatlaridan biriga chiqish, baxmal mavsumidan bahramand bo‘lish va bolalar bilan ajoyib vaqt o‘tkazish uchun ajoyib sabab. Agar siz hali farzandli bo‘lmasangiz, oxirgi vagonga ulgurib qolib, o‘zingizga rejalashtirilmagan va kutilmagan hodisalarga boy sarguzashtli ta’tilni sovg‘a qiling.
Noyabr oyida O‘zbekistondan qayerga uchish mumkin? Eng yaxshi manzillar
O‘zbekistondan eng mashhur manzillar orasida Turkiya va BAA hali ham eng ko‘p sayohatga boriladigan lider davlatlardir. Kuz mavsumiga qaramay, u yerda havo juda qulay va sayr qilish, o‘yin-kulgi va hatto sohil bo‘yida dam olish uchun mos keladi. Kuz faslida borishingiz mumkin bo‘lgan har bir davlatni batafsil ko‘rib chiqdik va “bonus” mamlakatlarni ham qo‘shdik.
O‘zbekiston – Turkiya
Noyabr oyida O‘zbekistondan eng hamyonbop sayohat mamlakatlaridan biri Turkiya hisoblanadi. Aniqrog‘i, uning poytaxti. Toshkent-Istanbul chiptasi noyabrda taxminan $150 atrofida bo‘ladi. Bu pulga bir olam taassurotlarni aytmaysizmi! Ajoyib go‘zallikdagi Bosfor, shaharning evropalik va osiyolik qismlari, ko‘plab kafe va restoranlar, o‘ziga xos turk nonushtalari, paromlar, mushuklar va mashhur turk seriallaridan tanish bo‘lgan ko‘chalar. Kim biladi, belki siz o‘sha yerda “Eshigimni taqillat” serialidagi Serkan Bolatni uchratarsiz!
O‘zbekiston – BAA
Toshkentdan Dubayga samolyot chiptalari noyabr oyida $300 dan boshlanadi. Chiptalarni sotib olishda sana va qaytish parvozi muhim rol o‘ynaydi. BAA ning kuzgi fasli sayyohlarni nimasi bilan jalb qiladi? Albatta, eng yoqimli havosi bilan. Doimgi jazirama havolar ortda qolgan, tashqarida +25 daraja atrofida. Yozgi mavsumda isinishni kutganlar uchun bu D vitamini yetishmasligini to‘ldirish va hovuz bo‘yida dam olish uchun ajoyib imkoniyat. Shuningdek, noyabr – xarid qilish ishqibozlari uchun mukammal vaqt. Axir buu chegirmalar va sotuvlar davri. Eng asosiysi esa u yerda albatta: o‘sha juda mashhur “Dubai shokoladini” sinab ko‘rishni unutmang!
O‘zbekiston – Misr
Agar siz Misrga uchishga qaror qilsangiz, Sharm-el-Sheyh manzilini tanlang. Bu erda havo BAA dan issiqroq bo‘ladi (taxminan +28), ya’ni dengiz bo‘yida dam olish uchun ideal haroratda. Suzish kiyimlari, SPF kremi va bolalar uchun suzish anjomlarini o‘zingiz bilan olib kelishni unutmang. Har qanday sayohatga chamadonlarni to‘ldirish kerak – buni qanday to‘g‘ri amalga oshirishni esa shu yerda aytib o‘tdik. Shved stoli, “all-inclusive” mehmonxonalar, sohil bo‘yida dam olish va Piramidalarga ekskursiyalar kabi ko‘ngilochar tadbirlar. Shuningdek, siz u yerda mahalliy o‘ziga xos taom – tuya go‘shtini tatib ko‘rishingiz mumkin. Uning foydalari haqida esa biz bu yerda yozganmiz. Toshkent – Sharm-el-Sheykh parvozi noyabrda $320 dan boshlanadi.
O‘zbekiston – Iordaniya
Agar siz ekzotikaga qiziqsangiz, Toshkent – Amman sayohatiga e’tiboringizni qaratishni taklif qilamiz. Iordaniya poytaxtidan noyabrda nimalarni kutish mumkin? Hamma eng yaxshi narsalarni, chunki bu davrda iqlim u yerda juda yumshoq va iliq bo‘ladi: tashqarida +20..+22 daraja va yengil shamol. Iordaniya muqaddas manbalar, sog‘lomlashtirish va ziyorat turizmi, qadimgi rim arxitekturasi va albatta, “dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi” – Petra qoyatosh shahri bilan mashhur. Bu davlat xalqining mehmondo‘stligi ham tahsinga sazovor: masalan, mahalliy shirinliklar bilan cheksiz choy yoki qahva marosimlari soatlab davom etishi mumkin!
O‘zbekiston – Rossiya
Agar siz Rossiyaga uchmoqchi bo‘lsangiz, qulay va iliqroq ob-havo sharoitli joyni tanlang. Toshkent-Sochi yo‘nalishiga nima deysiz? Kunduzi havo harorati biznikiga o‘xshash, +18..+20 daraja, shuningdek, yomg‘irsiz. Noyabrda Sochiga borishning qanday afzalliklari mavjud? Ilhom va taassurot olish uchun! Shuningdek, “mavsumiy bo‘lmagan” qulayliklar uchun: hamyonbop narxlar, sayyohlar kamligi, sog‘lomlashtirish xizmatlari bilan ajoyib sanatoriyalarning keng tanlovi (loy vannalaridan tortib fizioterapiyagacha), Sochi milliy bog‘i, Qizil Poliana. Toshkentdan chiptalar chiptalar narxi esa atigi $85 dan boshlanadi – axir bu ajoyibku!