Eng qimmat filmlar: ularning byudjeti $300 milliondan boshlanadi!
Mashhur rejissyorlar tomonidan mualliflik qilingan va Leonardo DiKaprio darajasidagi aktyorlar bilan Gollivud blokbasterlarining byudjeti uzoq vaqtdan beri 150 mln dollar va undan ko‘proqni tashkil qilib kelmoqda. Ammo ba’zi filmlar sezilarli darajada yanada qimmatga tushadi. Bu har doim ham yuqori gonorarlar yoki qimmat texnik yechimlar uchun emas. Harajatlarning ko‘p qismi marketingga sarflanadi – reklama kampaniyasining narxi film o‘zining ishlab chiqarish byudjeti bilan bir xil. Shuning uchun, film xarajatlarini qoplashida prokatda ishlab chiqarish byudjetidan kamida ikki baravar ko‘p pul to‘plashi kerak. Yirik agregatlar va ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlari asosida eng qimmat 7 ta filmlarni to‘pladik.
YULDUZLAR JANGI VII: Kuch uyg‘onishi
Original nomi: Star Wars: Episode VII – The Force Awakens
Janr: fantastika, sarguzasht
Bosh rolda: Deizi Ridli, Jon Boyega, Oskar Ayzek
Rejissyor: J.J. Abrams
Byudjeti: qariyb $447 million
Kassa yig‘imi: $2,1 milliard
Chiqqan yili: 2015
Afsonaviy saganing yettinchi epizodi muxlislarning tanqidlari va moliyaviy muvaffaqiyatga uchradi. “Disney” 2012-yilda Jorj Lukasning “Lucasfilm” studiyasini “Yulduzlar jangi” filmini suratga olish sharti bilan $4 milliardga sotib oldi va deyarli darhol yangi trilogiyani (bir nechta kichkina seriyalari bilan birga) ishlab chiqishini e’lon qildi. Birinchi qism – yettinchi epizod bo‘lgan “Kuch uyg‘onishi” bo‘ldi.
Manbalarda 447 million dollarga yaqin mablag‘ ko‘rsatilib, shundan 245 millionga yaqini ishlab chiqarishga (gonorar, suratga olish, musiqa, post-ishlov berish, tahrirlash, vizual effektlar va boshqalar) sarflangan, yana 200 millioni keng marketing kampaniyasiga ketgan. Ammo hatto 245 million ham film uchun eng katta byudjetlardan biri hisoblanadi.
Garchi filmda Xarrison Ford kabi super yulduzlar paydo bo‘lsa-da, ammo asosiy qahramonlar o‘sha paytda kam taniqli yosh aktyorlar – Deyzi Ridli, Adam Drayver va Jo Boyega edi. Hozirda faqat Adam Drayver mashhur bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi – u Riddli Skott (muvaffaqiyatsizlikka uchragan “So‘nggi duel” filmida, shunday bo‘lsa ham), Maykl Mann (“Ferrari”) va Frensis Ford Koppola (“Megalopolis”) kabi rejissyorlar bilan ishlashga ulgurdi.
“Yulduzlar jangi”ning sakkizinchi va to‘qqizinchi epizodlarini ham tarixdagi eng qimmat filmlardan biri deb hisoblash mumkin. Byudjetlar 300-400 million dollar atrofida.
Forsaj 10
Original nomi: Fast X
Janr: jangovar
Bosh rolda: Vin Dizel, Mishel Rodriges, Jeyson Momoa
Rejissor: Lui Leterye
Byudjeti: $340 million
Kassa yig‘imi: $700 million
Chiqqan yili: 2023
“Forsaj” seriyasi ko‘cha poygachilari haqidagi byudjetli filmdan Gollivuddagi asosiy ekshen franshizalaridan biriga aylandi: aqldan ozdiradigan byudjetlar, ba’zi qismlarning kassa yig‘imi milliard dollardan oshadi, suratga olish paytida urilgan avtomobillarning narxi o‘nlab millionlarga baholanmoqda. Aynan “Forsaj” Vin Dizelni oddiy xarizmatik aktyoridan haqiqiy super yulduzga aylantirdi.
Har bir qismda rejissyorlar tomoshabinlarni tobora ko‘proq hayratda qoldirishga harakat qiladi – bu har doim ham sodir bo‘lmaydi, chunki ba’zi tryuklar hech qanday fizikaga to‘g‘ri kelmaydi. Shunga qaramay bu seriyasi ham doimgidek manfaatli. Shuning uchun ham “Forsaj 10” faqat ishlab chiqarishning o‘ziga $ 340 million sarfladi. Byudjet taniqli aktyorlarning ko‘pligi, shuningdek, suratga olishning miqyosi va murakkabligi – ko‘plab uskunalar, ta’qiblar, portlashlar, joylarning tez-tez o‘zgarishi bilan izohlanadi.
Ehtimol, “Forsaj”ning keyingi qismida studiya o‘ylab pul sarflaydi: garchi “Forsaj 10” 700 million daromad olgan bo‘lsa-da, ammo ulkan byudjet va muhim marketing xarajatlari tufayli filmni muvaffaqiyatli deb atab bo‘lmaydi. Bir necha o‘n millionlab sof foyda olish uchun esa bunday miqdorni xavf ostiga qo‘yish ham juda xavfli. Shunday qilib, “Forsaj 11” albatta chiqariladi (2026 yilda kutilmoqda), ammo bu seriyada Dizel yana 340 millionni ishlay oladimi yoki yo‘qmi, bu katta savol.
Avatar: Suv yo‘li
Original nomi: Avatar: The Way of Water
Janr: fantastika, sarguzasht
Bosh rolda: Sem Vortington, Zoi Saldana, Sigurni Uiver
Rejissyor: Jeyms Kemeron
Byudjeti: ~ $350 million
Kassa yig‘imi: $2,3 milliard
Chiqqan yili: 2022
Bu filmda aniq miqdor noma’lum, ammo manbalar bu raqamni kamida 350 million dollar deb aytadi. Rejissyor Jeyms Kemeron, jurnalistdan film narxi haqida so‘ralganda aniq javob berdi: “Judayam qimmat”. Filmga “Avatar”ning birinchi qismi chiqarilganidan (2009) 13 yillik bo‘shliq ham to‘sqinlik qilmadi. “Suv yo‘li” birinchi suratning muvaffaqiyatini takrorladi va kassa yig‘imida 2,3 milliard dollar daromad oldi. Ha, bu “Avatar”dan (2,9 milliard dollar!) kamroq, ammo bu film ham nihoyatda foydali bo‘lib chiqdi.
Film suratining o‘ziga kelsak, u juda ta’sirli – ayniqs uni IMAX va, albatta, 3D ko‘zoynaklarda tomosha qilsangiz o‘zgacha ko‘rinish beradi. “Suv yo‘li”ni uch soatdan ko‘proq davom etishiga qaramay, juda oddiy syujetga ega bo‘lgani uchun tanqid qilish mumkin. Ammo, umuman olganda, “Avatar”ning ikkinchi qismi, ayniqsa, oilaviy tomosha qilish uchun ajoyib film. Kelgusi yil uchinchi film kutilmoqda – ehtimol, “Avatar”larning kassa yig‘imining miqdori to‘qqiztalik raqam bo‘lib turguncha, chiqarilishda davom etadi.
Karib dengizi qaroqchilari: Noma’lum sohillarda
Original nomi: Pirates of the Caribbean: On Stranger Tides
Janr: sarguzasht
Bosh rolda: Jonni Depp, Penelopa Kruz, Geffri Rash
Rejissyor: Rob Marshall
Byudjeti: ~ $380 million
Kassa yig‘imi: $1 milliard
Chiqqan yili: 2011
Chiqarilgan vaqtda bu eng qimmat film edi – taxminan 380 million dollar. Xarajatlarning ko‘p qismi aktyorlarning gonorarlariga sarflandi: birgina Jonni Deppning o‘zi 55 million dollar oldi va filmda birinchi marta Jeyk Vorobyaning hayot hamrohi rolini o‘ynagan Penelopa Kruz paydo bo‘lib, u ham yaxshigina gonorar olgan bo‘lishi kerak. Ammo Disney’ni tushunish mumkin: birinchi uchta filmning ajoyib muvaffaqiyatidan so‘ng, Jeyk Vorobya sarguzashtlarining keyingi qismi ham foydali loyiha bo‘lishi kutilgan edi, shuning uchun ular filmga pulni ayamadi.
Biroq ekranda to‘rt yuz million uncha ko‘zga tashlanmaydi. Film miqyosi, xususan dengiz sahnalari kamaygan. Aynan shu qismidan boshlab butun franshiza so‘na boshladi, keyinchalik esa, yanada yomonlashdi. Ammo “Noma’lum sohillarda” hali ham global kassa yig‘imida yaxshi natija berdi – lenta bir milliard dollar daromad oldi.
Qasoskorlar: Altron davri
Original nomi: Avengers: Age of Ultron
Janr: superqahramonlar ishtirokidagi jangovar
Bosh rolda: Robert Dauni Kch., Skarlett Yoxansson, Kris Xemsvort
Rejissyor: Joss Uidon
Byudjeti: ~ $365 million
Kassa yig‘imi: $1,4 milliard
Chiqqan yili: 2015
Qasoskorlar koinoti – Disney uchun oltin kondir. Marvel koinotiga asoslangan filmlar doim qimmat bo‘ladi: ham ishlab chiqarish (turli mamlakatlarda suratga olish, ko‘p maxsus effektlar, grafika) va aktyorlar gonorari yuqori xarajatlarni talab qiladi – qahramonlar esa ko‘p va ularning deyarli barchasi birinchi darajali yulduzlar sanaladi.
“Altron davri”da byudjet ayniqsa yuqori: turli hisob-kitoblarga ko‘ra, surat 365 million dollarga baholangan. Bunday xarajatlarni qaytarish qiyin, ammo superqahramonlar to‘plami bilan bu muammo emas. Film global kassa yig‘imida 1,4 milliard dollar oldi, bu esa franshiza muvaffaqiyatini mustahkamladi va bundan kam ta’sirchan byudjetli seriyalarga yo‘l ochdi.
Yura davri dunyosi 2
Original nomi: Jurassic World: Fallen Kingdom
Janr: sarguzasht, jangari, fantastika
Bosh rolda: Kris Pratt, Brays Dallas Hovard, Reyf Spoll
Rejissyor: Xuan Antonio Bayona
Byudjeti: ~ $400 million
Kassa yig‘imi: $1,3 milliard
Chiqqan yili: 2018
“Yura davri dunyosi” trilogiyasidagi ikkinchi film uchun “Universal” $400 milliondan oshiq mablag‘ sarfladi – bu marketing xarajatlari bilan birga bo‘lsa kerak. Hatto shunday holatda ham bu juda katta byudjet.
Suratning syujeti, albatta, dinozavrlar atrofida aylanadi. Bir vaqtlar tarixdan oldingi mavjudotlari bor park bo‘lgan orolda vulqon uyg‘onadi. Barcha dinozavrlar yana yo‘q bo‘lib ketishi mumkin va ularni qutqarishga bir guruh olimlar va ishqibozlar boradi. Manzilga yetib kelgandan so‘ng, dinozavrlarga nisbatan hammaning niyati yaxshi emasligi ma’lum bo‘ladi.
Yuqori byudjet bilan “Yura davri dunyosi 2” kassa yig‘imida 1,3 milliard dollar daromad oldi va uning davomining chiqishiga shubha yo‘q edi. 2022 yilda “Yura davri dunyosi: Hukmronlik” deb nomlangan davomi chiqarildi, u ham kassa yig‘imida bir milliard dollarlik yuqori darajali foydaga erishdi.
Indiana Jons va taqdir g‘ildiragi
Original nomi: Indiana Jones and the Dial of Destiny
Janr: sarguzasht
Bosh rolda: Harrison Ford, Mads Mikkelsen, Fibi Uoller-Brij
Rejissyor: Jeyms Mengold
Byudjeti: $294 million
Kassa yig‘imi: $383 million
Chiqqan yili: 2023 yil
Yuqorida aytib o‘tilgan filmlar eng qimmat filmlar bo‘lsa-da, ular hech bo‘lmaganda o‘z byudjetlarini oqlashga va yaratuvchilarga foyda keltirishga muvaffaq bo‘lishdi. “Indiana Jons”ning beshinchi qismi bu borada omadsizlikka uchradi.
294 million dollarlik byudjet ishlab chiqarishdan oldingi uzoq vaqtga sarflandi: bir necha yil davomida ular filmni ishlab chiqarishga boshlashga harakat qilishdi, ssenariy doimiy ravishda qayta yozildi, prodyuserlar va rejissyorlar o‘zgardi. Keyin koronavirus pandemiyasi aralashdi, suratga olish to‘xtatildi, keyin Harrison Ford ham yetmagandek, jarohat oldi.
Film faqat 2023-yilda kinoteatrlarga yetib bordi va juda sovuqqon kutib olindi. Tanqidchilar suratni ko‘p maqtamadilar, tomoshabinlar IMDb reytingida 10 dan 6,5 ball berishdi. Natijada “Indiana Jons va Taqdir g‘ildiragi” global kassa yig‘imida 380 million dollarga yaqin daromad oldi, bu esa ishlab chiqarish byudjeti va marketing xarajatlarini qoplash uchun yetarli emasligi aniq. Natijada esa – millionlab dollarlik yo‘qotishlar va, ehtimol, “Indiana Jons” haqidagi butun seriyaning oxiri bo‘lishi mumkin.