РУ
O’Z
UZS
/
/
Gollivudda yong‘inlar davom etmoqda. Qaysi mashhurlar uylaridan ayrildi?
17.01.2025

Gollivudda yong‘inlar davom etmoqda. Qaysi mashhurlar uylaridan ayrildi?

Gollivudda yong‘inlar davom etmoqda. Qaysi mashhurlar uylaridan ayrildi?

Kaliforniya 2025-yildagi yong‘inlari hanuz davom etib, butun dunyo aholisini xavotirga solmoqda. Los-Anjeles hududida 10 kundan buyon alangalar yonib, evakuatsiya ishlari olib borilmoqda. Oddiy aholi va mashhur shaxslarning uy-joylari hamda ko‘p yillik mehnat bilan to‘plangan mulklari zarar ko‘rmoqda. Xo‘sh, qaysi mashhur yulduzlar o‘z uylarini yo‘qotdi?

Ben Afflek

Бен Аффлек сидит и смотрит как горит его любимый дом. Церемонию Оскар  отменили. Голливуд в огне. | Avia.pro - СМИ | Дзен

Jennifer Lopezning sobiq turmush o‘rtog‘i ijara asosida yashayotgan uyi yong‘indan zarar ko‘rganligi haqida yaqinda ma’lum bo‘ldi. Internetdagi suratlarda u Jennifer Garner bilan bo‘lgan nikohidan tug‘ilgan farzandlarini zudlik bilan evakuatsiya qilayotgani va voqea joyiga qaytib kelib, ko‘zlarida yosh bilan avtomobil ichidan voqeani kuzatayotgani aks etgan.

Peris Xilton

Пожар в Лос-Анджелесе уничтожил дом Пэрис Хилтон – ВИДЕО | 1news.az |  Новости

Hilton mehmonxonalari tarmog‘i merosxo‘ri va ikki minginchi yillarning eng mashhur malla sochli qizi o‘zining yozgi uyidan ajralganini yangiliklardan bilgan. Bu haqda Hilton so‘nggi intervyusida so‘zlab berdi. Endi u ta’til o‘tkazish uchun yangi joy qidirishga majbur bo‘ladi, bu joy esa Kaliforniya tepaliklaridan iloji boricha uzoqroq bo‘lsa yaxshi bo‘ladi.

Bredli Kuper

Фильмы с участием Брэдли Купера (Bradley Cooper) | Афиша

Tabiat talafoti eng mashhur aktyorlardan biri va Irina Sheykning sobiq erining uyini ham ayab o‘tirmadi. Qanchalik zarar yetgani va zararni qoplashga qancha million ketishi hozircha noma’lum. Shubhasiz, Bredlining sug‘urtasi bor va u mashhur sobiq rafiqasidan vaqtinchalik boshpana so‘rashi mumkin. Axir ularni umumiy farzand oz bo‘lsada bog‘lab turadi.

Anna Feris

Anna Faris's Home Has Burned Down in L.A. Fires, But She and Her Family Are  Safe' and 'Grateful'

“Qo‘rqinchli kino” filmi yulduzining uyi ham yonib ketdi, lekin aktrisa va uning oilasi evakuatsiya qilinishga ulgurdi, ular omon. Ushbu uy Feris uchun ayniqsa qadrli edi, chunki u uni o‘zining birinchi katta gonorari evaziga sotib olgan va u yerda ajrashishlaridan oldin “Galaktika qo‘riqchilari” aktyori Kris Pratt bilan turmush qurgan yillarida baxtli yashagan.

Entoni Xopkins

Anthony Hopkins' home burnt to the ground in LA wildfires - JOE.co.uk

Golivuddagi yong‘inda yana bir zarar ko‘rgan shaxs bu kinomotografiyadagi buyuk aktyor Entoni Xopkins bo‘ldi. Keksa “Gannibal Lekter” o‘z uyidan chiqib ketishga ulgurgan, lekin deyarli hamma narsasini, jumladan, TikTok uchun qiziqarli videolar suratga olgan oshxonasini ham yo‘qotgan.

Obri Plaza

Aubrey Plaza confessa di non aver visto White Lotus 2: "non ricordo la  password del mio account"

“Oq lotos” yulduzi hayotidagi eng fojiali yilni boshdan kechirmoqda: yil boshida Obri Plazaning eri, rejissyor Jeff Baen, 47 yoshida o‘z joniga qasd qilgan edi, endi esa u o‘z uyidan ayrildi. Serial yulduzi o‘zini o‘nglab, oilasi uchun yangi hayot boshlashiga umid qilish mumkin.

Adam Brodi va Leyton Mister

Adam Brody and Leighton Meester's $6.5 million LA home burns down in  out-of-control California wildfires | 7NEWS

Golivudning eng chiroyli juftliklaridan biri Leyton Mister va Adam Brodi “Oltin globus” mukofoti marosimidan quvnoq holda qaytib, o‘z uylarini kulga aylangan holda ko‘rishgan. Yaxshiyamki, “Gossip Girl” va “Nobody Wants This” seriallari yulduzlarining bolalari qarindoshlari bilan birga bo‘lgan.

Maylo Ventimilya

Майло Вентимилья задыхается после потери дома в результате пожара в Малибу  - nachedeucom

“Bu biz” seriali yulduzi ham oilasi bilan o‘z uyidan ayrildi. Muxlislar esa bu vaziyatni “taqdirning ishorasi” deb baholashdi. Serialda ham Ventimilya shunday vaziyatga tushib qolgandi. To‘g‘ri, serialdagi yakun ancha fojiali bo‘lgandi, lekin buni serialning o‘zidan bilib olishingiz mumkin.

Kendall Jenner

Kendall Jenner Gives AD a Tour of Her Nostalgic Christmas Wonderland in LA…  and It's a Timeless Treat | AD Middle East

Yangi yil arafasida Kendall Jenner “AD Magazine” jurnali uchun intervyu berib, o‘zining mukammal bezatilgan uyi bilan maqtangandi. Muxlislar hayratda, tanqidchilar esa hasadda edi – endi bu ajoyib uy yo‘q va Kim Kardashianning singlisi qayg‘udan o‘ziga joy topolmayapti.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.