РУ
O’Z
UZS
/
/
Guli Asalxoʻjayeva oilaviy hayotiga oid katta sirni oshkor qildi
30.01.2025

Guli Asalxoʻjayeva oilaviy hayotiga oid katta sirni oshkor qildi

Guli Asalxoʻjayeva oilaviy hayotiga oid katta sirni oshkor qildi

Taniqli xonanda Guli Asalxoʻjayeva “Milliy” telekanalining “Ayol qalbi” koʻrsatuviga bergan intervyusida farzand dogʻini koʻrgani haqida soʻzlab berdi.

“Hecham qizim yoʻqligidan afsuslanmaganman. Demak, Alloh menga shu taqdirni ravo koʻribdi, deganman. Farzandlarimning boriga shukur qilaman. Lekin qiz bola boshqacha boʻlarkan. Chunki oʻgʻlim Jahongirning birinchi farzandi qiz boʻldi. Uni katta qilish jarayonida bilyapmanki, nevara baribir shirin boʻlarkan”, deydi xonanda.

Guli Asalxoʻjayeva farzandni oʻgʻil va qizga ajratmay qadriga yetishni oʻrgatgan hayotiy saboq haqida ham soʻzlab berdi.

“Ayol kishiga farzand berilmasa, bu hayot qiziqmas. Farzand bilan qiziq boʻladi hayotingiz ham. Bunga bitta misol, Jahongirdan katta oʻgʻlim bor edi. Alloh mendan uni 4 yoshida olib qoʻydi. Shunda juda yomon vaziyatga tushganman. Buni farzand dogʻini koʻrgan ayollar juda yaxshi tushunishadi. Hozir ham kimningdir farzandi shunday boʻlibdi, deb eshitsam, yaram yangilanadi. Bolamning issigʻi chiqavergan.

Olti oy mobaynida koʻrsatmagan shifokorimiz qolmagan. Hamma tahlillari yaxshi chiqadi, lekin isitmasi tushmasdi. Hatto uning qanday kasal ekanligini ham aniqlay olishmagan. Jahongir tugʻilib, bizga boshqa hayot bagʻishlagandek boʻlgan. Akasi xuddi Jahongirga oʻxshardi. Jahongirni qoʻlimga olsam xuddi oʻsha oʻgʻlimni koʻrgandek boʻlib, kechalari bilan yigʻlab chiqardim. Oʻshanda men farzandning qadriga yetganman”, deydi Guli Asalxoʻjayeva.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.