/
/
Avval va hozir: “Charxpalak” seriali aktyorlari 27 yil ichida qanchalik oʻzgardi?
17.09.2024

Avval va hozir: “Charxpalak” seriali aktyorlari 27 yil ichida qanchalik oʻzgardi?

Dramaturg Sharof Boshbekovning ssenariysi asosida suratga olingan “Charxpalak” seriali oʻz davrining eng ommabop loyihalaridan biri hisoblanadi. Kartina saundtrekini Avazxon Rajabov ijro etgan.

Avval va hozir: “Charxpalak” seriali aktyorlari 27 yil ichida qanchalik oʻzgardi?

“Charxpalak” seriali 1997–2000-yillar oraligʻida rejissyor Shavkat Junaydullayev tomonidan suratga olingan. Kinoloyiha Sharof Boshbekovning ssenariysi asosida tasvirga olingan.

Unda taniqli ijodkorlar: Karim Mirhodiyev, Ilmira Rahimjonova, Mohira Nurmatova, Adiba Mirzayeva, Nargiza Abdullayeva, Gulchehra Ibragimbekova, Mashrab Kimsanov, Yoqub Ahmedovlar rol ijro etgan.

Toping.uz muharrirlari serial aktyorlarining 27 yil ichida qanchalik oʻzgarganiga qiziqdi va ularning avvalgi hamda hozirgi suratlarini bitta maqolaga jamladi. Kelgusi 10 daqiqa vaqtingizni maroqli oʻtkazasiz, degan umiddamiz.

Skrin: YouTube / Mediabay | 1997-yil
Foto: “Isʼhoqxon Ibrat” filmidan kadr | 2023-yil

Karim Mirhodiyev (Egamqul) 1954-yil 29-iyulda Buxoro shahrida tugʻilgan. 2001-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvonini olgan. Mirhodiyev filmlarda qanday rollarni ijro etsa, hayotda ham xuddi shunday inson ekanini taʼkidlaydi.

Skrin: YouTube / Mediabay | 1997-yil
Foto: Daryo | 2022-yil

Ilmira Rahimjonova (Maryam) kino va teatr aktrisasi, rejissor va teleboshlovchi hisoblanadi. U 1969-yil 27-sentyabrda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida tugʻilgan. Unga serialdagi loʻli Maryam obrazi katta mashhurlik olib kelgan.

Skrin: YouTube / Uzbek TV | 1999-yil
Foto: Shirchoy | 2019-yil

Mohira Nurmatova (Ikkinchi mavsumdan Maryam) 1970-yilda tugʻilgan mashhur aktrisa va dublyaj ustasi. U serialda yangi mavsumda Maryam obrazini gavdalantirgan. Bunga Rahimjonovaning “Chayonguli” kinosida rol oʻynagani sabab boʻlgan.

Skrin: YouTube / Mediabay | 1997-yil
Foto: Instagram / Nargiza Abdullayeva | 2023-yil

“Charxpalak”da Zulxumor rolini ijro qilgan Nargiza Abdullayeva 1997-yilda shu serial orqali kino sanʼatiga kirib kelgan. 2016-yilda “Shuhrat” medali sohibasi hisoblanadi. Aktrisa hozirda bir qancha kinoloyihalarda suratga tushmoqda va toʻy-shodiyonalarda boshlovchilik qilib kelmoqda.

Skrin: YouTube / Mediabay | 1997-yil
Foto: Instagram / Гулчехра Иброхимбекова | 2024-yil

Gulchehra Ibragimbekova (Oʻktamxon) oʻzbek teatr va kino aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Aktrisa rejissyor Ibrohim Rasulovning 2004-yilda suratga olingan “Begona bahor” filmidagi zolim qaynona roli bilan muxlislari yodida qolgan. Hozirgi kunda Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat koʻrsatadi.

Skrin: YouTube / Mediabay | 1997-yil
Kollaj: Daryo

Mashrab Kimsanov (Jabbor) oʻzbek aktyori, u Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist hisoblanadi. Umrining oxirgi yillarda aktyor ogʻir xastalikni boshidan kechirgan, 4-marta insult boʻlib, toʻrtinchi insultdan keyin toʻshakka mixlanib qolgan. Uzoq davom etgan xastalik tufayli aktyor 2024-yil 2-may kuni vafot etdi.

Skrin: YouTube / Mediabay | 1997-yil
Foto: Kinematografiya agentligi | 2023-yil

Yoqub Ahmedov (Fatxulla) 1974-yilda Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan. Toshkent sanʼat institutini tugatgan. 1958-yildan Hamza teatrida dastlabki yillar yaratgan Ali Qushchi (Maqsud Shayxzoda, “Mirzo Ulugʻbek”), Murod (Uygʻun, “Parvona”), Leyster (Fridrix Shiller, “Mariya Styuart”) kabi rollari bilan oʻz ijod yoʻlini belgilab olgan deyish mumkin.

Ushbu maqola yordamida sizga xotiralar olamiga shoʻngʻishga yordamlasha olgan boʻlsak, oʻz vazifamizni toʻliq bajargan boʻlamiz. Toʻplamni serialni sevib tomosha qilgan yaqinlaringizga ham ulashib, ularni hayratda qoldirishni unutmang. Keyingi maqolalarda koʻrishguncha, oʻzingizni ehtiyot qiling!