Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Gvardiola “Liverpul”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi
24.02.2025

Gvardiola “Liverpul”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

Gvardiola “Liverpul”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer Ligasining 26-turida “Liverpul”ga qarshi o‘yinda (0:2) yangi futbolchilarning o‘yinini baholadi va jarohat olgan hujumchi Erling Holandning yo‘qligi haqida fikr bildirdi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

“Holand chorshanba kuni qaytadimi? Bilmayman. Biz natijaga erisha olmaganimizni faqat uning yo‘qligi bilan bog‘lash noto‘g‘ri bo‘lardi. Bu boshqa futbolchilarga nisbatan adolatsizlik bo‘ladi. Biz ko‘proq gol ura olardik... Umuman olganda, hammasi yaxshi.

Husanov qanday o‘ynadi? U Madridda ham juda yaxshi o‘ynadi, u o‘ng qanot himoyachisi sifatida Viniusni nazorat qildi. Bugun ham xuddi shunday tezkor va intizomli o‘yin ko‘rsatdi. Albatta, u hali o‘sishi kerak, lekin juda katta salohiyatga ega. Niko va Marmush ham yaxshi, lekin jismonan kuchli jamoaga qarshi o‘ynash ularga oson bo‘lmadi”, deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi BBC nashri.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov, yarim himoyachi Niko Gonsales va hujumchi Marmush qishki transfer oynasida “Manchester Siti” tarkibiga qo‘shildi. “Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand jarohati sabab “Liverpul”ga qarshi bahsda ishtirok etmadi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.