Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Toping.uz’da afisha: Ruxsora dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi
27.12.2024 (yangilandi 27.12.2024)

Toping.uz’da afisha: Ruxsora dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi

Toping.uz’da afisha: Ruxsora dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi

Qishning birinchi oyi bo‘lgan dekabrning so‘nggi haftasi ham yakuniga yetmoqda. Poytaxt ko‘chalari qishga xos bo‘lgan tund rangga kirgan, havo esa sovib, yog‘ingarchilik boshlandi. Bloger Ruxsora Masharipova bilan kumush qishdagi Toshkent haqida suhbat olib bordik.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Hordiq

Bobur nomidagi eko bog‘ni va Mirzo Ulug‘bekdagi markaziy bog‘ni juda yaxshi ko‘raman. Bu parklar o‘zining sokinligi va xotirjamligi bilan doim meni o‘ziga jalb qiladi, deya ayta olaman.

Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda ko‘proq Tashkent City Mall savdo markazida vaqt o‘tkazyapman. Bu yerda zamonaviy hayotning jo‘shqin ruhini his etish mumkin. Mashhur brendlar ham anchagina.

Kino

Kino va uning janrlari haqida gaplashadigan bo‘lsak, men birinchi navbatda melodrama (shu janrdagi istalgan filmlar) janrini xush ko‘raman. Bundan tashqari, fantastika va detektiv kabi janrlarni ham ma’qul ko‘raman.

Kinoteatrlardan esa Magic City va Riviyera’dagi zallarni tanlayman. Magic’dagi kinoteatrning vip-zali juda ham qulay va hamyonbop. Zallar toza, shinam va o‘rindiqlar ham ancha yumshoq. Bu kino ko‘rishdagi eng asosiy talab hisoblanadi.

Taom

O‘zim xorazmlik bo‘lganim uchun viloyatimiz ovqatlarini sevib tanovul qilaman. Ayni kunlarda ko‘proq Khanate restoranidan ovqatlanyapman.

Shuningdek, steyklarni yaxshi ko‘raman, bu uchun Go‘sht filiallariga borib turaman. Kechki yengil ovqat uchun Ogni Tashkenta restoranini ma’qul ko‘raman.

Xarid

Shoppingni turli do‘konlardan amalga oshiraman. So‘nggi vaqtlarda asosan Tashkent City Mall savdo markazidan kiyimlar xarid qilyapman. U yerda ko‘plab mashhur brendlar o‘z do‘konlarini ochdi.

Xarid vaqtida albatta kiyim sifatiga e’tibor berish kerak, deb hisoblayman. Narx sifatga muqobil bo‘lishi lozim. Shuningdek, hamyonbop narxlarga ham sifatli kiyimlar topish mumkin.

Ko‘rgazma

Ayni kunlarda “Compass” savdo markazida “ArtWeekend” nomli noyob mahsulotlar yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazmaning ish vaqti: 10:00 dan 20:00 gacha belgilangan ekan. Mehmonlarni bezaklar, mato va bejirim aksessuarlar tomoshasi kutmoqda.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.