/
/
Hamster Kombat Binance’da rasmiy listing: HMSTR tokenlari bilan farm va savdo
12.09.2024

Hamster Kombat Binance’da rasmiy listing: HMSTR tokenlari bilan farm va savdo

Telegramʼdagi eng mashhur oʻyin — Hamster Kombat tangalari haqiqatan ham listing boʻladi. Chunki HMSTR tokenlari dunyodagi eng yirik Binance kriptobirjasiga ham joylanmoqda.

Hamster Kombat Binanceʼda ham listing boʻladi

Hamster Kombat tokenlari 26-sentyabr kuni Binance kriptobirjasida ham listing qilinadi. Bu haqda oʻyin yaratuvchilari xabar berdi.

Endi HMSTR tokenlari rostan ham listing boʻlishiga ishonish mumkin. Shu kuni koʻplab boshqa birjalar ham Hamster tangalarini joylashtiradi.

Bunda umumiy tokenlar oʻyinchilarga mos ravishda, yigʻgan tangalarini hisoblagan holda teng boʻlib beriladi va shundan soʻng bu tokenlarni birjada sotish mumkin.

HMSTR tokenlari 30-avgust kuni OKX kriptobirjasida roʻyxatdan oʻtgandi. U yerda savdo qilish va zanjirdan tashqari depozit uchun KYC jarayonini toʻliq yakunlash kerak.

19-avgust kuni foydalanuvchilarga metal karta berilishini maʼlum qilgandi. Qayd etilishicha, ushbu kartadan onlayn ham, oflayn ham foydalanish mumkin. U ballar sonini oshiradi.