Ijtimoiy tarmoqlarda minglab layklar yig‘gan retseptlar: “Doshirak”dan pitssa, ikrasiz ikra va 59 kaloriyali pirojniylar
Kechagina uyda o‘tirib, turkada qahva tayyorlardik, quymoq pishirardik, palov damlar edik, bugun esa – ko‘zimizni bir ochib yumguncha ijtimoiy tarmoqlarda turli xil ovqat trendlari “viruslanib” ketdi. Mashhur blogerlar “Doshirak”dan pitssa tayyorlamoqda, zaytun moyi ta’mli muzqaymoq va kartoshka po‘stlog‘idan chipslar tayyorlab iste’mol qilmoqda. Bularning bari g‘alati tuyilishi mumkin, ammo ularni amalda sinab ko‘rdik va ijtimoiy tarmoqlardagi mashhur retseplarni siz bilan ham ulashishga qaror qildik.
Dam olish kunlarida do‘stlaringizni chaqirib, birgalikda yangicha pishiriqlarni tayyorlab vaqtingizni samarali o‘tkazishni tavsiya qilamiz.
Doshirakdan pitssa (plastik qadoqda)
Cho‘ntaklaringiz bo‘shab, maoshgacha hali vaqt bo‘lgan damlarda bu taomni tayyorlab ko‘rish kerak. Ta’mi oddiy pitssaga o‘xshaydi va ichidagi masallig‘i Doshirak’ning o‘ziga xos ta’mini beradi. Bunday pitssa uchun sizga ikkita ramyon va ziravorlar kerak bo‘ladi. Ichidagi masalliqlar esa xohishingizga va sovutgichingizda qolgan narsalarga bog‘liq.
Po‘stloqdan tayyorlangan chipslar
Kartoshka va sabzi po‘stloqlaridan tayyorlangan chipslar – tejamkor odamlar uchun yana bir fud-trenddir. Umuman olganda, ularni yeyish mumkin va hatto tabiiy chipslarga ham o‘xshaydi. Shuning uchundir balki, blogerlar ushbu yengil tamaddini “foydali” deb tasniflagani.
59 kaloriyali pirojniy
Uning ta’mi Braunining (shokoladli pirojniy) qovoq qo‘shilgan variantiga o‘xshaydi, lekin u tarkibidagi kaloriyalar, oqsillar, yog‘lar va uglevodlari bilan farq qiladi. Bitta pirojniy atigi 49 kaloriyadan iborat va bonusiga ichida yoqimli “Marshmallow” ham bor.
Zaytun yog‘i qo‘shilgan muzqaymoq
O‘zining g‘alati kombinatsiyasi tufayli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan retsept. Umuman olganda, bu o‘ziga xos muzqaymoq turi, garchi oxirida g‘ayrioddiy ta’m bo‘lsa ham. Ammo izohlov yozuvchilar muzqaymoqning yangicha ta’mini “bomba” deb atagan.
Bir masalliqdan tayyorlanadigan shokoladli muss
Ishonish qiyin, ammo bu retsept uchun sizga haqiqatdan ham bitta masalliq — shokolad va ko‘pirtirishda yordamchi sifatida blender kerak bo‘ladi. Shuningdek, oddiy suv, albatta krandan emas (videodagi kabi muz ham ishlatsa bo‘ladi).
Ikrasiz qora ikra
Blogerlar bir vaqtning o‘zida ham qora ikra, ham pulga ega bo‘lish yo‘lini topdi. Ammo bu taomdan ko‘p narsani, aniqrog‘i mahsulotning asl ikra kabi ta’mini kutmang. Tayyorlashdan oldin oziq-ovqat do‘konidan Chiya urug‘i va nori varaqlarini sotib oling.
Karamellangan kornishonlar (sho‘r bodringlar)
Eng “g‘alati” ta’mli retseptimiz – karamelga “o‘ralgan” tuzlangan bodringni desertga qoldirdik. Aytishlaricha, bu taom homilador ayollar va shirinlik yoki sho‘r narsalar iste’mol qilishga ikkilanayotgan uchun ayni muddaodir.