РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
Internetda qanday pul ishlash mumkin: 10 ta ishonchli usul
25.09.2024

Internetda qanday pul ishlash mumkin: 10 ta ishonchli usul

Internetda qanday pul ishlash mumkin: 10 ta ishonchli usul
Muallif
Leyla Li

Ushbu maqolada internetda pul ishlashning 10 ta isbotlangan usulini ko‘rib chiqdik: frilanslik va blog yuritishdan tortib podkasting va fotosuratlarni sotishgacha.  

1. Frilans

Frilans – bu internetda pul ishlashning eng mashhur usullaridan biridir. Butunjahon tarmog‘i mijozlar bilan dunyo bo‘ylab hamkorlik qilish imkonini beradi. Bu mehnat shartnomasisiz loyiha asosida hamkorlik qilishdir. Frilanser bolishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar qatoriga dizayner, dasturchi, kopirayter, tarjimon va boshqa ko‘plab mutaxassislar kiradi. 

2. Blog yuritish

Yozish va o‘z fikrlari bilan bo‘lishishni yoqtiradiganlar uchun blog yuritish pul ishlashning ajoyib usuli bo‘lishi mumkin. Bu muntazamlik va kreativlikni talab qiladi, ammo reklama va hamkorlik dasturlari orqali sezilarli daromad keltirishi mumkin.

Blog orqali reklama banneri, kontekstual reklama, hamkorlik dasturlarida ishtirok etish, shuningdek, o‘z mahsulot yoki xizmatlaringizni sotish orqali daromad olishingiz mumkin. 

3. Videoblogging (YouTube)

YouTube kabi platformalarda videoblogging nafaqat hobbi, balki daromad manbaiga ham aylanishi mumkin. Mashhur videoblogerlar reklama va hamkorlik dasturlari orqali pul ishlashadi.

YouTube’da hamkorlik dasturi va reklama orqali daromad olish, homiylarni jalb qilish, shuningdek, strim va translyatsiyalar paytida superchatlardan daromad olish mumkin. 

4. Internet-do‘kon

killer-antiplagiat.ru

O‘z internet-do‘konini ochish butun dunyo bo‘ylab tovar va xizmatlarni sotishga imkon beradi. Bu boshlang‘ich investitsiyalarni talab qiladi, ammo sezilarli foyda keltirishi mumkin.

Internet-do‘kon ochish uchun nima sotishni aniqlash, platformani tanlash, saytni yaratish va tovarlarni yetkazib berishni tashkil qilishingiz kerak.

5. Kurslar va o‘qitish

Agar maxsus bilim yoki ko‘nikmalar bo‘lsa, o‘z kurs va o‘quv dasturlaringizni yaratib, ularni onlayn sotishingiz mumkin.

Kurs va o‘quv dasturlarini yaratish va sotish uchun Udemy, Coursera, Skillshare va Teachable kabi turli platformalar mavjud. Kurs va o‘quv dasturlaringizni yaratish va sotish uchun ushbu platformalardan foydalanishingiz mumkin.

6. So‘rovlar o‘tkarish va mahsulot sinovlari

So‘rovlar o‘tkarish va mahsulotlarni sinovdan o‘tkazishda ishtirok etish kichik, ammo barqaror daromad keltirishi mumkin. 

Bu minimal harakatlarni talab qilib, ko‘p vaqt olmaydi. So‘rov va sinovlarda ishtirok etish uchun Survey Junkie, Swagbucks yoki UserTesting kabi platformalarda ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.  

7. Fotosurat va rasmlarni sotish

kp.ru

Agar fotosurat yoki rasmlarni sotish bilan shug‘ullansangiz, ishingizni Internet platformalari orqali sotish va buning uchun munosib mukofot olishingiz mumkin.

Shutterstock, Adobe Stock, iStock va boshqalar kabi fotosurat va rasmlarni sotish uchun ko‘plab platformalar mavjud. 

8. Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarning mashhurligi pul ishlash imkoniyatlarini ochadi. Muvaffaqiyatli hisobni yuritish brendlar bilan hamkorlik qilish va reklama daromadlariga olib kelishi mumkin.

Reklama joylashtirish, hamkor lik dasturlari, shuningdek brendlar bilan hamkorlik qilish orqali pul ishlashingiz mumkin. 

9. Kopirayter va rerayterlar

Sayt va bloglar har doim sifatli kontentga muhtoj, shuning uchun kopirayter va rerayterlar xizmatlari talabga ega.

Kopirayting – bu noldan noyob kontent yaratish, rerayting esa mavjud kontentni yangilash yoki yaxshilash maqsadida qayta yozishdir. 

10. Podkasting

Podkast yozish internetda pul ishlashning yana bir usulidir. Ahamiyatni asta-sekin oshirib borish orqali, reklama beruvchi va homiylarni jalb qilishingiz mumkin.     

Podkast orqali reklama joylashtirish, homiylar bilan hamkorlik qilish va pullik obunalar tashkil etish orqali daromad olishingiz mumkin. 

Ushbu 10 ta usul nafaqat qo‘shimcha daromad keltirishi, balki asosiy pul topish manbai bo‘lishi ham mumkin. O‘zingizga eng mos keladigan usulni tanlang va internet orqali moliyaviy mustaqillikka erishish uchun birinchi qadamlarni qo‘ying.