РУ
O’Z
UZS
/
/
Interyerni buzadigan 10 ta xato. Dizayner Yekaterina Polyudova hikoya qiladi
23.10.2024 (yangilandi 18.11.2024)

Interyerni buzadigan 10 ta xato. Dizayner Yekaterina Polyudova hikoya qiladi

Interyerni buzadigan 10 ta xato. Dizayner Yekaterina Polyudova hikoya qiladi
Muallif
Leyla Li

Xonadonni jihozlash oson ish emas. Hatto kapital ta’mirlash ishlari yakunlangandan keyin ham dizaynga jiddiy e’tibor qaratish muhim hisoblanadi. Chunki turar joyning qanchalik qulay bo‘lishi ko‘p jihatdan unga bog‘liq-da. Interyer dizayneri, Toshkentdagi Eight studio asoschisi Yekaterina Polyudova bu borada eng ko‘p uchraydigan xatolarni Toping.uz bilan o‘rtoqlashdi. Bunday xatolarga yo‘l qo‘ymang, ana shunda uyingiz chiroyli va shinam bo‘ladi.

1. Ortiqcha jihozlarning mavjudligi

 — Hatto keng xonani ham vizual ravishda ortiqcha yuklaydi va beixtiyor uni tor ko‘rsatib qo‘yadi. Ba’zan xonada mebel jihozlari shunchalik ko‘pligidan hatto u yerda harakatlanish ham qiyin bo‘ladi. Buyumlar soniga emas, balki sifati va ko‘p funksiyaliligiga e’tibor qarating.

 2. Nomutanosib katta mebel

— Xonangizdagi mutanosiblikka rioya qiling. Kichkina xonada haddan tashqari katta divan yoki kichik oshxonadagi keng mebel katta bir joyni egallaydi, ko‘pgina mayda buyumlar (masalan, stolchalar yoki taburetkalar) esa ivirsigan holatni yaratadi. Shuning uchun ham shaxsiy qulaylik tamoyiliga rioya qilinadi. Xonada yengillik ruhi kezsa, bu juda yaxshi.

 3. Dekor buyumlarining ko‘pligi va devorlarga ortiqcha narsalarning o‘rnatilishi

— Dekor ba’zan interyerda “shovqin” hosil qilishini unutmang. Devorlar va har qanday yuzalarda ortiqcha bezaklar bo‘lmasligi juda muhim. Mebel kabi dekor elementlari o‘lchamlariga ham e’tibor bering: nomutanosib katta posterlar devorlar balandligini va umuman xonani vizual ravishda kichraytirishi mumkin.

Uchta guruh elementlarini bezatish bo‘yicha layfxak mavjud. Bu klassik dizaynerlik usuli bo‘lib, u muvozanat, simmetriya va tartib hissini hosil qiladi. Masalan, turli o‘lchamdagi uchta guldon yoki devordagi uchta san’at buyumi tasodifiy elementlar soniga qaraganda uyg‘unlashgandek taassurot uyg‘otadi. 

4. Noto‘g‘ri tanlangan gulqog‘ozlar

— Haddan tashqari rang-barang gulqog‘ozlarni tanlash ham yaramaydi: yirik naqshlar va to‘q rang bo‘shliqni toraytiradi. Mayda rasmlar va och ranglar esa, aksincha, xonani kengaytiradi.

5. Ko‘r-ko‘rona yoritish

— Muhitni yaratishda yoritish muhim rol o‘ynaydi.

Haddan tashqari yorug‘lik xonadagi shinamlikni yo‘q qiladi.

Neon, ayniqsa, ko‘p miqdorda bo‘lsa,  asabiylashtiradi va charchatadi.

Ortiqcha xira yorug‘lik joyni qayg‘uli va ayanchli qilishi, to‘q ranglarni bo‘rttirib ko‘rsatishi va xonani “havo”dan mahrum etishi, shu sababli u yanada kichikdek tuyulishi mumkin.

Tabiiy yorug‘likning yetishmasligi og‘ir vaziyatga olib keladi.

Shuning uchun “yorug‘likdan bilib foydalanish” zarur: bitta ship yoritgichi yetarli emas, yaxshisi, har xil: devorga osiladigan, stolga qo‘yiladigan, torsherli yoritgichlarni birlashtirgan ma’qul.

 6. Yagona konsepsiyaning yo‘qligi

— Ko‘pincha bir necha uslublarning uyg‘unligi hisobga olinmagan holda aralashtiriladi. Masalan, eklektik yondashuv, ya’ni minimalizm elementlarini klassik uslub yoki loft bilan birlashtirish puxta rejalashtirishni talab qiladi. Agar bu qadar xilma-xil uslublar shunchaki umumiy konseptual fikrsiz qo‘yib tashlangan bo‘lsa, interyer o‘zining yaxlitligini yo‘qotadi va buyumlarning tasodifiy to‘plamidek ko‘zga tashlanadi.

7. Hududlar o‘rtasidagi o‘tishlarda ravonlikning yo‘qligi

— Bir xonadan ikkinchisiga bir maromda o‘tayotganda “bog‘lovchi elementlar”ni unutmaslik zarur. Oshxona va mehmonxonada har xil pardozlash materiallari yoki bir-biridan keskin farq qiladigan rang sxemalari ishlatiladi, deb faraz qilaylik. Shunda makon tarqoq bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Hududlar orasidagi o‘tishlar ravon bo‘lishiga va butun interyer uyg‘unligi saqlanishiga harakat qiling.

 8.  Kuzgu joylashuvining noto‘g‘ri tanlanishi

— Kuzgular hududni vizual ravishda kattalashtirishi mumkin, lekin ular yana  yorug‘lik va buyumlarni aks ettirishini ham hisobga oling. Ko‘zguning, masalan, televizor yoki chiroyli bo‘lmagan deraza qarshisida noto‘g‘ri joylashuvi “vizual shovqin” miqdorini ikki baravar oshirishi mumkin. Buning o‘rniga ko‘zgularni yorug‘va yoqimli detallar: o‘simliklar, interyerning chiroyli elementlari yoki yorug‘lik manbalarini aks ettiradigan qilib joylashtirgan ma’quldir.

9.  Biron-bir narsaning alohida ta’kidiga e’tibor bermaslik

— Har bir xonaning o‘z jozibasi - nigohni jalb qiladigan elementi bo‘lishi lozim. Bu noodatiy kursi, rasm, katta ko‘zgu yoki aksentli devor bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bunday elementning yo‘qligi xatoga sabab bo‘ladi, shu tufayli interyer yo‘qdek (eskidek) qabul qilinadi. Xonaga rang beradigan bitta yorqin buyumni tanlang.

10. Interyerda dinamikaning yo‘qligi

— Ba’zan odamlar xarid qilgan yostiq va choyshablarini yillar davomida almashtirmaydilar. Ammo to‘qimachilik elementlari xonaga xilma-xillikni qo‘shishga qodir. Ularni mavsumga qarab o‘zgartirish lozim. Yozda yengil matolar (lyon, paxta), qishda esa – oppoq qalin va issik materiallar (baxmal, jo‘n)dan foydalangan afzal. Ularning almashtirib turilishi dinamika va yangilanish hissini beradi.