верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Opta Klublar o‘rtasidagi JCHda jamoalarning g‘alaba ehtimolini aniqladi
03.07.2025

Opta Klublar o‘rtasidagi JCHda jamoalarning g‘alaba ehtimolini aniqladi

Opta Klublar o‘rtasidagi JCHda jamoalarning g‘alaba ehtimolini aniqladi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati chorak final bosqichiga yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Statistika va sport tahliliga ixtisoslashgan Opta portali chorak finalchilarning turnirda chempionlikka erishish ehtimolini baholadi. Eng katta imkoniyat esa Angliyaning “Chelsi” klubiga tegishli deb topildi — londonliklarning g‘alaba qozonish ehtimoli 26,8 foiz etib baholangan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Fransiyaning “PSJ” klubi 24,9 foizlik natija bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Kuchli uchlikni esa “Real Madrid” klubi yakunlab, 16,9 foizlik ehtimol bilan turnir favoriti sifatida ko‘rsatilgan.

Optaning hisob-kitoblariga ko‘ra, Klublar o‘rtasidagi JCHda g‘alaba qozonish imkoniyati quyidagicha taqsimlangan:

  • “Chelsi” — 26,8%
  • “PSJ” — 24,9%
  • “Real Madrid” — 16,9%
  • “Bavariya” — 14,8%
  • “Borussiya Dortmund” — 7,6%
  • “Al-Hilol” — 4,3%
  • “Palmeyras” — 3%
  • “Fluminense” — 1,5%

Eslatib o‘tamiz, turnirning chorak final bahslari 4-iyuldan 5-iyulga o‘tar kechasi start oladi.

Quyida chorak final juftliklari bilan tanishishingiz mumkin:

  • “Palmeyras” (Braziliya) — “Chelsi” (Angliya)
  • “Fluminense” (Braziliya) — “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)
  • “PSJ” (Fransiya) — “Bavariya” (Germaniya)
  • “Real Madrid” (Ispaniya) — “Borussiya Dortmund” (Germaniya)

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.