верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Sharm al-Shayx yoki Xurgada: qayerda yaxshiroq, kurortlar nimasi bilan farq qiladi va qaysi biri arzonroq. Eng to‘liq taqqoslash
28.01.2025 (yangilandi 10.03.2025)

Sharm al-Shayx yoki Xurgada: qayerda yaxshiroq, kurortlar nimasi bilan farq qiladi va qaysi biri arzonroq. Eng to‘liq taqqoslash

Xurgada va Sharm-al-Shayx: qaysi biri yaxshiroq?

Ba’zi bir sayyohlar Xurgada va Sharm-al-Shayx o‘rtasida katta farq yo‘q deb o‘ylashadi, ammo bu mutlaqo unday emas. Ushbu dam olish maskanlarining har biri o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega. Hozir siz ushbu ikki shahar nimalari bilan farq qilishini bilib olasiz va aynan qayerga borishni tanlash imkoniga ega bo‘lasiz.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Qishda qayerda yaxshiroq 

Misr bir vaqtning o‘zida ikki qit’ada, Xurgada Afrikada, Sharm-al-Shayx esa Osiyoda joylashgan, shuning uchun shaharlardagi iqlim biroz farq qiladi.

Sayyohlar uchun eng muhim farq - bu shamol hisoblanadi.

Qishda va bahorning boshlarida Xurgadada shamol soniyasiga 15-20 metrgacha tezlashishi, bu esa sizga oddiy tuyulishi mumkin.

Sharm-al-Shayx tog‘lar orasida joylashgan, shu sababli bu yerda odatda qishda ham haddan tashqari kuchli shamollar bo‘lmaydi.

Turagentning bepul maslahatini olish uchun quyidagi tugmani bosing.

Xurgada issiqroqmi yoki Sharm al-Shayx?

Sharm-al-Shayx odatda Xurgadaga qaraganda ayniqsa qishda issiqroq (havo kunduzi ham, kechasi ham bir necha daraja yuqoriroq). Bu uning joylashuvi bilan bog‘liq - u janubda joylashgan va Sinay yarim orolining tog‘lari uni sovuq shamollardan himoya qiladi.

Sharm al-Shayx va Xurgada xaritada

Mehmonxonalar qayerda, Xurgadada yoki Sharm al-Shayxda yaxshiroqmi          

Siz ushbu shaharlardagi mehmonxonalar o‘rtasida katta farqni sezmaysiz: ular taxminan bir xil ko‘rinishda, taomlari unchalik farq qilmaydi, xizmat ko‘rsatish darajasi taxminan bir xil (agar biz bir xil yulduzli mehmonxonalarni ko‘rib chiqsak).

Biroq Xurgadada birinchi qirg‘oq chizig‘ida sohillarga ega mehmonxonalar ancha ko‘p - bu shaharning dengiz bo‘yida joylashganligi bilan bog‘liq.

Sharm-al-Shayxda birinchi qirg‘oq hududida ham mehmonxonalar mavjud, lekin bu yerda ikkinchi va uchinchi qirg‘oq chegarasida sohilga ega mehmonxonalar ko‘proq. Ha, ulargacha transfer bor, lekin bu unchalik ham qulay emas. Bundan tashqari, sohilgacha va orqagaqaytish uchun bepul olib kelish holatlari ham mavjud, dengiz bo‘yidagagi yog‘och karavotlar uchun esa pul to‘lashga to‘g‘ri keladi. Sohillar haqida keyinroq batafsil to‘xtalamiz.

Shuningdek, Xurgadda kamroq yulduzli mehmonxonalar tanlovi ko‘p - demak, siz uchun yanada arzonroq turni topish osonroq kechadi.

Qayerda plyaj va dengiz yaxshiroq: Xurgadda yoki Sharm al-Shayxda?

Xurgadada qumli plyajlar, Sharm al-Shayxda marjonlar ko‘proq. Shu sababli Xurgada yosh farzandlari bilan dam olishga boradiganlarga ayniqsa mos keladi. Sharm al-Shayx marjon riflarini tomosha qilmoqchi bo‘lganlar uchun misli jannatdir.

Dayving qayerda yaxshiroq

Bir tomondan, javob aniq: eng yaxshi dayving - Sharm al-Shayxda, chunki qirg‘oq bo‘ylab ko‘plab chiroyli riflar mavjud. Boshqa tomondan, Xurgadada ham yetarlicha chiroyli riflar bo‘lib, kichik sayyohlik kompaniyalari Xurgadadagi riflarga kichik yaxtalarda yetib olishni taklif qilishadi. Bu qimmat emas, yaxtada sayohat qilishning o‘zi yoqimli va qiziqarli.

Sohillar va dengiz bo‘yida quyosh botishi

Xurgadada qumli sohillar, Sharm-al-Shayxda esa marjonli sohillar ko‘p. Shuning uchun Xurgada yosh bolali dam oluvchilarga ko‘proq to‘g‘ri keladi.

Sharm-al-Shayx - marjon riflarini tomosha qilishni xohlovchilar uchun jannatiy makon.

Kerak bo‘lsa, riflarni tomosha qilish uchun siz professional dayver bo‘lishingiz shart emas va umuman ballon bilan sho‘ng‘ishga ham hojat yo‘q: suzishning snorklink degan turi mavjud: siz niqob taqasiz, lastalar kiyasiz, dengizga sho‘ng‘iysiz va u yer saltanatidan zavq olasiz.

Xurgada:

  • plyajlarning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli dengizga eng ko‘p qiya qumli kirish joyi mavjud.

Sharm-al-Shayx:

  • odatda, dengizga kirish uchun ponton ustiga chiqish kerak.

Sharm-al-Shayxning ba’zi mehmonxonalariga plastik ponton o‘rnatilgan, odatda sayyohlarga u yog‘och pontonchalik yoqmaydi. Ba’zi pontonlar shu qadar uzunki, odamlar: “Biz suzish uchun u yoqdan-bu yog‘ga yurishdan charchadik!” -, deb hazillashadi.

Sharm-al-Shayx - suvga sho‘ng‘ish va riflarni tomosha qilish uchun ajoyib maskan. Xurgada bolalar bilan dam olish uchun yaxshi joy.

Aytgancha, bolalarning dengizda suzishi shart emas - Xurgada mehmonxonalarida qishda isitiladigan tepalikli basseynlar bor. E’tibor bering, Xurgadada rifli sphillar mavjud, Sharm-al-Shayxda esa qumli sohillarga ega.

Akulalar ko‘proq qayerda paydo bo‘lishadi: Xurgadadami yoki Sharm-al-Shayxda

Ular Xurgadaga qaraganda Sharm al-Shayxda ko‘proq uchraydi va buning bir qancha sabablari bor. Sharm al-Shayx qirg‘oqlari Xurgada bilan solishtirganda chuqurroq, riflar esa akulalar oziqlanadigan ko‘plab baliqlarni o‘ziga jalb etadi. Sharm al-Shayx Sinay yarim orolida, Qizil dengizning chuqur qismiga yaqinroq joylashgan bo‘lib, u yerdan akulalar qirg‘oqqa kirishi mumkin. Xurgadda akulalarni uchratish ehtimoli kamroq, chunki suv sayozroq va iliqroq, riflar esa unchalik chuqur emas. Biroq ba’zan xavfli baliqlar El-Guna, Safaga va Mars-Alam (Xurgadadan janubda) hududlarida uchraydi

Ekskursiyalar va ko‘ngilochar tadbirlar

Sharm-al-Shayxda marjonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qirg‘oqlarda joylashganini hisobga oladigan bo‘lsak, demak, siz bevosita mehmonxona hududida dayving bilan shug‘ullanishingiz mumkin bo‘ladi. Xurgadada ham riflar bo‘yida dayving bilan shug‘ullanish mumkin, lekin ulargacha yetib borishga to‘g‘ri keladi.

Aksincha, agar siz Xurgadada dam olayotgan bo‘lsangiz, Luqsorga tashrif buyurish va ehromlarni tomosha qilish osonroq bo‘ladi. Qohiraga ham Xurgadadan tezroq yetib olish mumkin. Boshqa tomondan, Sharm-al-Shayxdan chiqib, siz Iordaniya va Isroilga osongina yetib olishingiz va u yerdagi ekskursiyalarga tashrif buyurishingiz: bitta ta’tilda bir vaqtning o‘zida uchta mamlakatda bo‘lishingiz mumkin.

Sayohat va kvadrotsiklda sayr qilishga keladigan bo‘lsak, Sharm-al-Shayxda bu tog‘lar va qumtepaliklar tufayli yanada yorqin taassurotlar beradi.

Sharm al-Shayxga sayohatlarda 15% chegirma olish uchun quyidagi tugmani bosing.

Mehmonxonadan tashqarida qaysi joy qiziqarliroq

Bu sizning maqsadingizga bog‘liq. Agar mahalliy aholining turmush tarzi bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, to‘liq ichonch bilan Xurgadani tanlashingiz bo‘laveradi. Shuningdek, bu shaharni Misrga uzoq vaqt yashash uchun kelganlarga tanlash tavsiya etiladi. Ammo top-toza ko‘chalarni topa olmasligingizga tayyor turing.

Sharm-al-Shayx turistik shahar sifatida tashkil etilgan. Bu yerda mehmonxonalar mahalliy aholi uylariga qaraganda ko‘p. Mehmonxonalardan tashqarida  sayyohlar uchun hamma narsa: barlar, kafelar, klublar tashkil etilgan. Bularning hammasi Xurgadada ham bor, lekin ancha olis joylarda. Bundan tashqari, Xurgadada taksi qimmatroq.

Qayerda arzonroq   

Mavsum davomida turlar narxi taxminan bir xil bo‘ladi. Mavsumdan tashqari vaqtda Xurgadaga parvoz qilish arzonroq: shamol tufayli u yerga talab kamayadi. Shuningdek, Xurgadadagi do‘konlarda narxlar baland.

Sharm al-Shayxga mavsumdan tashqari vaqtda sayohatlar yumshoq iqlim va yoqimli ob-havo tufayli qimmatroq. Ammo butun yil davomiga solishtirganda arzonroq (xizmat ko‘rsatuvchilarning kuchli raqobati tufayli), shu jumladan ekskursiyalar ham sizga arzonga tushadi.

Sharm al-Shayx va Xurgadaga qanday qilib boriladi

O‘zbekistondan Misr shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qo‘shma reyslar orqali borish mumkin. Bir vaqtning o‘zida bir nechta aviakompaniyalar Toshkentdan Sharm al-Shayxga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, Istanbul, Dubay va Astana orqali o‘tish reyslari ham taklif etilmoqda.  Garchi Dubay orqali parvozlar mavjud bo‘lsa-da, O‘zbekistondan Xurgadaga borish qiyinroq.

Xurgadani tanlash kerakmi yoki Sharm al-Shayxni   

Har bir oromgohning boshqalariga nisbatan o‘ziga xos afzalliklari bor. E’tibor bering, agar harakat qilsangiz, ikkala shaharda ham taxminan bir xil narsani topishingiz mumkin. Xurgadada dayving bilan shug‘ullanib, riflarni tomosha qilish mumkin, Sharm-al-Shayxda esa shamol ko‘rfazlarida mehmonxonalar bor. Shu sababli dam olish joyini tanlashda sizni nima kutayotganini aniq bilish uchun turagentga aniqlashtiruvchi savollar bering.

 XurgadaSharm-al-Shayx
Tur narxlariSharm-al-Shayxga qaraganda mavsumdan tashqari pastroqXurgadadagiga qaraganda mavsumdan tashqarida balandroq
Ob-havoHarorat biroz pastroq; qishda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadiYumshoqroq; qishda kuchli shamol bo‘lmaydi
DengizQiya nishabli qumli sohillari tufayli bolalar bilan dam olish uchun ko‘proq mos keladiRiflari sabab bolalar bilan dam olishga unchalik ham mos kelavermaydi
EkskursiyalarLuksor, ehromlarDayving, Iordaniya va Isroilga safarlar
Mehmonxonadan tashqaridaMahalliy aholi uchun barpo etilgan shaharSayyohlar uchun barpo etilgan shahar

Odatda sayyohlar Misrga agentliklardan tur sotib olib parvoz qilishadi - ushbu “yovvoyilar” mamlakatiga juda kam odam boradi (masalan, Yevropa mamlakatlaridagi dam olishdan farqli o‘laroq). Sayyohlik agentligi mahalliy mehmonxonalarni, ularning haqiqiy afzalliklari va kamchiliklarini yaxshi biladi, aynan sizning shaxsiy so‘rovlaringizga muvofiq turni tanlashga yordam beradi. Shuningdek, ularda sizga mehmonxona taklif qiladigan narxlarga qaraganda ancha arzon narxlarda xonalarni band qilish imkoniyati bo‘ladi.

FUN&SUN Travel kompaniyasi turagentining bepul maslahatiga buyurtma berish uchun "Ariza qoldirish" tugmasini bosing. 

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.