/
/
“Jirkanch kamina” franshizasi 5 milliard dollar ishlab topdi
14.07.2024

“Jirkanch kamina” franshizasi 5 milliard dollar ishlab topdi

“Jirkanch kamina” multfilmlari global prokatda umumiy hisobda 5 milliard dollardan (5,025 milliard dollar) koʻproq daromad keltirdi. Bu tarixda bunday muvaffaqiyatga erishgan birinchi animatsion franshizadir.

“Jirkanch kamina” franshizasi 5 milliard dollar ishlab topdi

Natija ikki qismdan iborat “Minionlar”ni ham qoʻshib hisoblaganda kelib chiqqan. “Jirkanch kamina 4” filmining kassasi rekord darajaga erishishga yordam berdi.

Oʻtgan haftada uning kassasi 441 million dollarga koʻtarildi: shundan 210 million dollari AQSH tomoshabinlari va 230,7 million dollari xalqaro hududlardan tushgan.

“Jirkanch kamina 4” 2010-yilda debyut qilgan va yovuz odam Gryu hamda uning atrofidagilar haqida hikoya qilgan. Asosiy rolni Stiv Karell ijro etgan. “Minionlar” esa 2015-yilda boshlangan. Uchinchi qism 2027-yilning yoziga moʻljallangan.