РУ
O’Z
UZS
/
/
Ko‘pchilik zararli deb hisoblaydigan foydali uglevodlar
01.07.2024

Ko‘pchilik zararli deb hisoblaydigan foydali uglevodlar

Ko‘pchilik zararli deb hisoblaydigan foydali uglevodlar

Sog'lom turmush tarzi ovqatlanish trendiga, to‘g‘ri ovqatlanish esa o‘n yillikning tendensiyasiga aylanishi bilanoq, ko'pchilik iste‘mol mahsuloti tanlashda ongli qaror qabul qiladigan bo‘ldi. Ratsionimizdan psevdo-dietologlar, qo‘shnilar va ijtimoiy tarmoqlardagi "fitneschilar" ma’qullamagan “zararli” uglevodlarni chiqarib tashladik. Chunki ular ortiqcha vazn orttirishimzga hissa qo‘shishi mumkin. Lekin aslida ham shundaymi?

Biz hamma zararli deb hisoblaydigan foydali uglevodlarni jamladik va ular hatto parhezda ham iste’mol qilinishi mumkin bo‘lgan mahsulot ekanini isbotlaymiz.

Foydali va zararli uglevodlar: 

Ehtimol, siz uglevodlarning ikki – tez va sekin turi borligini eshitgansiz. 

  • Tez yoki “yomon” uglevodlarga oq non, guruch, shokoladlar, turli xil pishiriq va shirinliklar kiradi. Ular darhol ingichka ichakda so‘riladi, bu esa qondagi qand miqdorini tezlikda ko‘tarib, quvonchni his qilishimizga va bir soatdan keyinoq ochlik hissi paydo bo‘lishiga olib keladi. 
  • Sekin yoki “yaxshi” uglevodlarga bug‘doy undan bo‘lgan makaron, boshoqlar, batat va kartoshka, loviya, donli non va ba’zi meva turlari kiradi. Ular sekinroq hazm bo‘ladi, bir necha soat davomida to‘q tutadi va qomatingizga zarar yetkazmaydi. 

Kartoshka 

O‘zining yuqori uglevodli tarkibiga qaramay, kartoshka organizm uchun juda foydali. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, qaynatilgan kartoshka (sariyog‘ qo‘shmasa) qon bosimini kamaytiradi, yallig‘lanish va hatto diabetga qarshi kurashadi. 100 gramm yangi kartoshka esa har bir kishi uchun zarur bo‘lgan katta miqdordagi kaliyni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, kartoshkani batat – “shirin kartoshka” bilan ham almashtirish mumkin. Unda teri qarishni sekinlashtiradigan antioksidantlar mavjud, shuningdek gormonal tizimga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Batatni pyure, sho‘rva yoki tamaddi sifatida oddiy bo‘laklarga kesib, pechda pishirish mumkin – kartoshka frining o‘rniga yaxshi tanlov bo‘ladi. 

Makaronlar 

Makarondan voz kechib, uni qomat va sog‘liqning “dushman”iga aylantirish shart emas (ayniqsa, sizda glyutenga yuqori sezuvchanlik bo‘lmasa). Makaronlarning qattiq turlarini — donli, guruch, no‘xat, grechka, yasmiq tarkibli turlarini tanlash kifoya. Ular deyarli barcha oziq-ovqat do‘konlarida mavjud. Tarkibini diqqat bilan o‘qing: unda bug‘doy, glyuten va GMO’larning (genetik modifikatsiyalangan organizm) birorta turlari bo‘lmasligi kerak. Makaronlarni haftada kamida bir marta maza qilib iste’mol qiling. 

Banan 

Bananning glikemik indeksi juda yuqori bo‘lib, yana biroz ko‘p bo‘lganda shokoladlarga teng bo‘lardi, ammo bu hech narsani anglatmaydi. Bu mahsulotlarning glikemik yuklamasi turlicha, banandagi kletchatka miqdori rekord darajada ko‘p, shuning uchun ham u tezda ochlik hissini kamaytiradi va to‘q tutadi. Trans-yog‘lar bilan to‘ldirilgan konfetlar esa bunday xususiyatlarga ega emas.

Bundan tashqari, banan B6 vitamini manbai bo‘lib, u asab tizimini yaxshilaydi, metabolizmni ishga tushiradi, oshqozon-ichak kasalliklarini davolaydi va energiya beradi. Bananda yana “qimmatbaho” C vitamini ham mavjud (100 grammida kunlik qiymatining 10 foizi). 

Guruch 

Ko‘pchilik guruchni kraxmalli va “foydasiz” mahsulot ekaniga, shu sababdan u uglevodli va zararli deb ishonishga odatlangan. To‘g‘ri, guruchni silliqlashtirish jarayonida uning ozuqa moddalarining yarmi yo‘qoladi – bu faqat oq guruchga tegishli. Biroq, jigarrang, qizil va qora rangli guruchdan qo‘rqishning hojati yo‘q – bu turdagi guruchlar foydali elementlar bilan boyitilgan, shuningdek, taomlarga o‘zgacha ta’m beradi. Uni odatda bayram taomlarga garnir sifatida va parhez davrida tovuq go‘shti bilan birga foydalanishingiz mumkin. 

Makkajo‘xori 

Yoz mavsumini qaynatilgan makkajo‘xorisiz tasavvur qilish mumkin emas. Ammo ko‘plab dietologlar undan ham qo‘rqadi. Yangi makkajo‘xori so‘tasi vitaminlar, minerallar, antioksidantlarga boy va glyutensiz. Shu tariqa makkajo‘xorining uglevodlari va shakarlari zararli emas, foydalidir.

Barcha uglevodlar xoh sog‘lom bo‘lsin, xoh yo‘q, slomatlikni va qomatni saqlashning asosiy retsepti – iste’mol qilinadigan mahsulotlarning me’yoridadir. Ozingizni hamma narsadan cheklayvermang va tushlik paytida somsa yeganingizda o‘zingizni ayblamang. Hamma narsada me’yorni bilsangiz bo‘ldi.