РУ
O’Z
UZS
/
/
‘‘Mahsulotlar uchun taxminan 1000 dollar beraman, daromad - 4000-5000 dollar”. Toshkentlik qiz dekretga chiqdi va shokolad biznesi ochdi
12.08.2024

‘‘Mahsulotlar uchun taxminan 1000 dollar beraman, daromad - 4000-5000 dollar”. Toshkentlik qiz dekretga chiqdi va shokolad biznesi ochdi

‘‘Mahsulotlar uchun taxminan 1000 dollar beraman, daromad - 4000-5000 dollar”. Toshkentlik qiz dekretga chiqdi va shokolad biznesi ochdi

Toshkentlik bu qiz shokoladning noodatiy dizaynini o‘ylab topib, uni haqiqiy san’at asariga aylantirdi, foydali shirinliklar do‘konini ochdi va hatto Duty Free’da korner darajasigacha o‘sdi. Tadbirkor va EcoVkuz loyihasi yaratuvchisi Anastasiya Samoxvalova bilan uning yo‘li, biznes-layfxaklari va ishni onalik bilan uyg‘unlashtirish qobiliyati haqida suhbatlashdik.

Shokoladchi - kasbmi yoki shunchaki urfdagi so‘z? Bu bilan qanday qilib Villi Vonkaga aylanish mumkin?

Aytishim mumkinki, bunday kasb haqiqatan ham mavjud. Bu borada mahalliy yoki xorijiy mutaxassislardan kurslar o‘tish mumkin. Yaqinda O‘zbekistonga yuqori darajadagi shokolad tayyorlovchi mutaxassis keldi, uning mahorat darsida mamnuniyat bilan qatnashdim.

Hammasi qanday boshlangan? Shokolad tayyorlamoqchi ekanligingizni darhol tushundingizmi?

Bari shakarsiz foydali shirinliklar: pastillar, mevali chipslardan boshlandi. Men tug‘ruq ta’tilida edim va farzandim uchun uyda mazkur shirinliklarni tayyorladim. Shunga qaramay, do‘konlarda bunday tanlov bundan tashqari shirinliklarim tarkibi va foydasiga amin edim.

Mevalar uchun quritgich sotib oldim va tajriba qila boshladim, hammaga shunchalar yoqdiki, ‘‘nega bundan biznes qilmaslik kerak?” deb o'yladim va Instagramda sahifa ochdim.

Keyin mahsulotlarni bezatishni boshladim: qadoqlash paketlarini sotib oldim, logotip ishlab chiqdim, stikerlarga buyurtma berdim va uyda sotishni boshladim. Mening onlayn-do‘konim shunday paydo bo‘ldi.

Bundan oldin tadbirkorlik tajribangiz bormi?

Bu sohada aniq tajriba yo‘q edi. Lekin har doim boshqa sohalarda bo‘lsa-da, o‘zimdan nimadir qilishga harakat qildim.

Ilk xaridorlarni qanday topgansiz? Reklama orqalimi yoki og‘izdan-og‘izga tarqalgan axborot orqalimi?

Dastlab ozgina reklama bergandim. Ish sekin rivojlandi, xaridorlar kam edi va hatto bir payt hammасini tashlab ketmoqchi bo‘ldim.

Nima to‘xtatdi?

Ishonmaysiz, lekin shokolad (kuladi). Uni tayyorlashni boshlaganimdan so‘ng, zararlar kamaydi. Keyin esa daromad ham keldi. 

Meva va rezavorli shokoladingiz - haqiqiy san’at asari. Bu g‘oya qanday paydo bo‘ldi?

G‘oya yangi emas, lekin men unga o‘zimning xususiyatlarimni, xususan rezavor meva va yong‘oq aralashmasini hamda faqat Belgiya shokoladini qo‘shdim. Dastlab Pinterestda namunalarni ko‘rdim, so‘ngra shokolad plitkalarini juda chiroyli bezaydigan turk shokoladchisining kursini o‘tdim va shunday qilib, hamma narsa o‘z o‘rniga tushdi.

Bunday shokoladni tayyorlash mashaqqatli jarayon hisoblanadimi? Bitta shokolad plitkasini yasash uchun qancha vaqt ketadi?

Avvaliga biroz urinishga to‘g‘ri keladi. Shokoladni eritish, to‘g‘ri temperaturaga keltirish (uy sharoitida va qo‘lda) va shundagina plitkani bezashga kirishish lozim. Bu kamida 30 daqiqa vaqt oladi. Hozir esa ancha osonlashdi: bizda maxsus temperaturaga keltiruvchi mashina bor va ishning katta qismi o‘z-o‘zidan hal bo‘ldi. Endi xuddi shu yarim soat ichida men va yordamchim 20 ta plitka tayyorlaymiz.

Xaridorlar haqida gaplashaylik – bugun sizning maqsadli auditoriyangiz kimlar? Siz allaqachon korporativ mijozlar bilan ham ishlayapsiz. Bir yoki ikkita plitka uchun kelishadimi?

Kelishadi, lekin buni kamroq qabul qilaman, sababi ijara va xodimlarning ish haqini qoplamaydi. Shu sababli hozirda ko'proq korporativ buyurtmalarga e'tibor qarataman. Bu mening har qanday mahsulotimga tegishli - shokoladdan pastillargacha.

Agar eko-shirinliklar uchun maqsadli auditoriya haqida gapiradigan bo'lsak: bular o'z farzandlari uchun sog'lom shirinliklar sotib olmoqchi bo'lgan ota-onalar, ularning qomatini kuzatadigan yosh onalar va vazn yo'qotmoqchi bo'lgan, shirinliklarsiz yashay olmaydigan odamlardir.

Shokoladga kelsak, maqsadli auditoriya o'z xonimlarini xursand qilishni xohlaydigan erkaklardir. Qolaversa, bayramlar yaqinlashayotganida xaridorlar kengayadi: odamlar shokoladni Navro‘z, Yangi yil, 8-martga sovg‘a sifatida sotib olishadi yoki tug'ilgan kun uchun.

Eksklyuziv buyurtmalarni qabul qilasizmi? Misol uchun bir kishi keladi va aytadi - men ma'lum bir dizayndagi plitkalarni xohlayman yoki faqat o'z uslubingizga sodiqmisiz?

Agar bo‘sh vaqt bo‘lsa, buyurtmalar ko‘p bo‘lmasa, mavsum bo‘lmasa, nima uchun yo‘q. Masalan, biz konfet va shokoladning eksklyuziv to‘plamlarini yaratamiz. Portretlar bilan buyurtmalar mavjud va buning uchun odamga fotosuratni yuborishning o‘zi kifoya. Biz uni oziq-ovqat bo‘yoqlari yordamida shok-transfer qog‘oziga bosib chiqaramiz va shokoladga o‘tkazamiz. Rezavorlar va yong‘oqlar bilan ramkaga joylashtiriladi. Ko‘rinishi juda ko‘rkam.

Mazkur shirinlikning amal qilish muddati qanday?

3 oy. Men har doim saqlash muddatini iloji boricha uzoqroq saqlash tarafdoriman. Shuning uchun tegishli mahsulotlar bilan ishlayman. Misol uchun, mening pastillam 1 yil davomida saqlanishi mumkin va bu hayotni ancha osonlashtiradi.

Keling, yutuqlaringizga qaytaylik. Toshkent aeroportida Duty Freeda EcoVkuz ochilganini ko‘rdim. Qanday qilib joy olishga muvaffaq bo‘ldingiz?

Xaridorlardan biri bizning mahsulotlarimizni shunchalik sevib qoldiki, u meni Duty Free vakillari bilan bog‘lashga qaror qildi. Ular assortimentni o‘rganishdi - hamma narsa yoqdi, keyin esa stendlar o‘rnatishni taklif qilishdi.

Ter to‘kishga to‘g‘ri keldi: masalan, barcha sifat sertifikatlarini yangilash. Lekin bu arziydi. Endilikda aeroportda chipslar, pastillalar va, albatta, shokolad bor. Bu pul ishlash topish nuqtai nazaridan juda foydali, chunki biz onlayn ishlaymiz va faqat Toshkentdagi ba’zi do‘konlar va qahvaxonalarga mahsulotlarni tanlab yetkazib beramiz.

Endilikda nokamtarona savol. Hozirda qancha xodimingiz bor, daromad va xarajatlar qanday?

Uy oshxonasida o‘sganimdan va o‘z seximni ijaraga olganimdan beri (avval 56 kv.m, keyin esa 250) ishchilar shtatlari kengaydi. Mening 4 nafar doimiy yordamchim bor va hozirda yana ikki nafarini qidiryapman.

Agar daromad va xarajatlar haqida gapiradigan bo‘lsak, hammasi mavsumga bog‘liq, o‘zingiz tushunasiz. Men shokoladli ingredientlar uchun oyiga taxminan 1000 dollar to‘layman va daromadim taxminan 4000-5000 dollarni tashkil qiladi. 

Bu yerdan siz maoshni, sex ijarasini olib tashlashingiz kerak. Shuning uchun, endilikda daromad topish uchun yangi g‘oya paydo bo‘ldi va shunchaki qalbdan master-klasslar tashkil etish.

Qiziqarli eshitilmoqda, batafsil aytib bera olasizmi?

Albatta, avgust oyining oxirigacha bir qator o‘quv mahorat darslarini boshlaymiz. Dastlab, uchta paket rejalashtirilgan: bolalar, qizlar va professional shokoladchi bo‘lishni xohlaydiganlar uchun.

Dasturda nima bo‘ladi?

Kattalar shokoladni kerakli temperaturaga yetkazish jarayonini o‘rganadilar, maxsus plitkalar yaratadilar va kasb sirlarini o‘rganadilar. Biz bolalarga tayyor shokoladlarni tarqatamiz va ularni o‘z didiga qarab bezashga taklif qilamiz. Allaqachon har xil shakllarni, iste'molga yaroqli to‘pponchalar va gullarni sotib oldik. Qisqa qilib aytganda, men har qanday zamonaviy ona kabi har qanday ijodkorlik va tasavvurni rag‘batlantiraman.

Onalik masalasiga kelsak, oilaviy hayotni biznes bilan qanday uyg‘unlashtira olasiz?

Bu oson, chunki bolalarim mening ilhom manbaim, erim esa mening tayanchim va suyanchim. Boshida men uni hatto chips uchun banan to‘g‘rashga ham jalb qilgandim. U hozir ham yangi mevalar xarid qilishga o‘zi boradi, yetkazib beruvchilarga ishonmayman va eng sifatlisini o‘zim tanlashni ma’qul ko‘raman.

Umuman olganda, ishni oila bilan qo‘shib olib borish masalasi har kimga har xil. Men ko‘p vazifani bir vaqtda bajarishni yoqtiraman, doimo o‘zimni rivojlantirishga intilib kelganman. Shunchaki uyda o‘tirib qolish menga to‘g‘ri kelmaydi, agar er-xotin ikkalasi ham ishlasa, maqsad va orzularga tezroq erishish mumkin. Albatta, erimning yordamisiz men bunday muvaffaqiyatga erisha olmasdim, u boshlang‘ich sarmoyani ta’minlagan va doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan.

Biznesingizni boshlaganingizda qancha pulingiz bor edi?

Faqat 500 dollar. Bu erimning tug‘ilgan kunimga bergan sovg‘asi edi. Men meva quritgichni sotib olishni so‘radim va bu buyurtmalarning birinchi partiyalari uchun yetarli edi. 

Aytgancha, shokolad tayyorlashni boshlash uchun shuncha kerak bo‘ladi. Agar harakat qilinsa, bu pullar bir oydan keyin o‘zini oqlaydi. Shunchaki sezon va bayramlar taqvimini kuzatib boring.

Va nihoyat, eng boshidanoq so‘ramoqchi bo‘lgan savol. Virusga aylangan Dubay shokoladi haqida nima deysiz va nima uchun hamma undan aqldan ozadi?

Bu qiziq. Biz hatto retseptni ishlab chiqishga va uni takrorlashga ham ulgurdik. Yagona muammo - bu qadoqlash, biz dizaynni aniqlay olmaymiz. Men uni chiroyli va o'ziga xos tarzda taqdim etmoqchiman. Lekin kun kelib uni ishlab chiqarib, nihoyat sotuvga chiqaramiz. U topish qiyin bo‘lgan asl nusxasiga juda o‘xshaydi. Agar Dubayga bormoqchi bo‘lmasangiz, albatta.

O'ylaymanki, u o'zining fotogenik tabiati va g‘ayrioddiy qirsillashi bilan barchani hayratda qoldirdi - ASMR videosini tinglang. Bu pistali pastasi va kataifi xamirini o‘z ichiga olgan nachinka bilan bog‘liq bo‘lib, undan paxlava tayyorlanadi. Shuningdek, tarkibi tahini va boshqa bir nechta ingredientlardan iborat.

Biznes-ledidan layfxaklar yoki iste’dodni muvaffaqiyatli biznesga qanday aylantirish mumkin?

  • Qo‘rqmang. Qo‘rquv - bu yalqovlik niqobi, o‘zimiz esa aslida nimadan qo‘rqayotganimizni bilmaymiz. Hammasini o‘ylab ko‘rish kerak, keyin o‘rnidan turib, hech bo‘lmaganda kichik-kichik qadam tashlab ish tutish lozim.
  • G‘oya paydo bo‘lishi bilanoq boshlash kerak. Uni qo‘lga oling va keyinga qoldirmang. Nima bilan tavakkal qilasiz? Xohishingizdagi tortni pishirsangiz yoki mashhur qandolatchidan retsept sotib olib, uni ishlatsangiz - har holda hech narsa yo‘qotmaysiz.
  • Tezkor natijani kutmaslik kerak. Vau-effekt bir yoki ikki kunda sodir bo‘lmaydi, sabr-toqatli bo‘ling va qat’iyatli bo‘ling.
  • Dastlabki qiyinchiliklarda ishni tashlab qo‘ymang. Tahlil o‘tkazing, qachon va nima noto‘g‘ri bo‘lganini o‘ylab ko‘ring. Xatolar ustida ish olib boring.
  • Ta’lim va malaka oshirish uchun pulni ayamang: kurslar, mahorat darslari - hamma narsa foydali bo‘ladi va sizni professional qiladi.
  • Raqobatdan qochmang va hamkasblaringiz bilan do‘st bo‘ling. Bu rivojlanish, o'zingizni biznesmen va ijodkor sifatida o'zgartirish yo‘lidir. Fikr almashish ham foydali, bir-biringiz bilan qandaydir tajriba almashasiz.
  • Ijtimoiy tarmoqlarni faol yuritib boring. ASMR videolar suratga oling, mahsulotlaringizni rasmga tushiring, obunachilarga e’tibor bering. Doimo ogoh bo‘lib turing, bu sohada beparvolikka o‘rin yo‘q. Bundan tashqari, bu juda qiziqarli va tez orada sizni o‘ziga rom etadi.