/
/
Maktablarda oʻquv yili qachondan boshlanadi?
13.08.2024

Maktablarda oʻquv yili qachondan boshlanadi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2024−2025-oʻquv yili boshlanish sanasini eʼlon qildi.

Maktablarda oʻquv yili 4-sentyabrdan boshlanadi

Oʻzbekiston umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2024−2025-oʻquv yili joriy yilning 4-sentyabr kunidan boshlanadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga koʻra, bu Mustaqillik bayrami munosabati bilan qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanganiga asoslangan.

Maʼlumot oʻrnida, yangi oʻquv yilida maktablarda oʻquvchilar uchun majburiy forma joriy etilmaydi. Faqatgina oʻquvchilar taʼlim muassasasi ustavida man etilgan kiyimlarni kiymasligi kerak.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kunini nishonlash munosabati bilan mamlakat aholisi ish haftasi turidan qatʻi nazar, ketma-ket toʻrt kun — 31-avgust, 1, 2 va 3-sentyabr kunlari dam oladi.