Maryam Tillayeva vanihoyat “xalqning puli qayerda?” degan savolga javob berdi


Bloger Maryam Tillayeva Uznews’ga bergan intervyusida bolalik xotiralari, bugungi kundagi faoliyati, ota-onasi bilan murakkab aloqalari haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekistonga buvimni ziyorat qilish uchun bir oyga kelganimda Rossiyada trend bo‘lgan “er izlayapman” mavzusidagi kontentni takrorlab ko‘rdim. Bu trendni nega odamlar bunchalik og‘ir qabul qilishdi, hanuz tushunmayman.
Ehtimol, ular chin dildan mening baxtli bo‘lishimni istagandir, ammo mening videoroligim ostiga “Tavba, ajabo, qanday qilib bunday ish qilish mumkin, sharmanda!”, degan izohlar yog‘ildi. Shundan so‘ng menga reklama takliflari kela boshladi va blog orqali daromad topish mumkinligini o‘ylab ko‘rdim, deydi bloger.
Men o‘z pulimni o‘zim topaman, ota-onamning pullaridan foydalanmayman. Faqatgina do‘stlarim bilan hordiq chiqarganim va sayohat qilganim haqidagi suratlarni ijtimoiy sahifamga joylayman xolos. Xalqdan o‘g‘irlangan pullarga yashayotganimiz haqidagi gap-so‘zlar men va oilamga yopishtirilgan bir tamg‘a, deya qo‘shimcha qiladi u.