верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Sevgi iztirobi” 2015-yil: Turkiyaning eng dramatik seriali haqida to‘liq ma’lumot
25.02.2025 (yangilandi 27.04.2025)

“Sevgi iztirobi” 2015-yil: Turkiyaning eng dramatik seriali haqida to‘liq ma’lumot

“Sevgi iztirobi” 2015-yil: Turkiyaning eng dramatik seriali haqida to‘liq ma’lumot

“Sevgi iztirobi” – 2015-yilda suratga olingan turk seriali bo‘lib, bugungi kungacha ko‘plab mamlakatlarda mashhurligini yo‘qotmagan. Bu drama syujeti, kuchli hissiyotlari va ajoyib aktyorlari, ayniqsa Kamol, Emir va Nixon rollari bilan tomoshabinlarning yuragini zabt etgan. “Sevgi iztirobi” seriali nechta mavsumdan iborat? Syujeti qanday? Reytingi qanday? Ushbu dramatik serial haqidagi hamma savollarga javob beramiz.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

“Sevgi iztirobi” 2015-yil syujeti

“Sevgi iztirobi” 2015-yil syujeti

“Sevgi iztirobi” – ko‘plab qismlardan iborat iborat oddiy serial va hatto oddiy film emas, balki Istanbul shahrida yashovchi ikki sevishganlar haqidagi haqiqiy romanga o‘xshash hikoya. Syujet asosida ular butunlay boshqa ijtimoiy tabaqalardan chiqqan: Syujetdagi qiz – boy va obro‘li tadbirkorning qizi, Kamol esa oddiy sartaroshning o‘g‘li.

Kunlardan bir kun Nixon otasining bankrot bo‘lgani haqidagi achinarli yangilikni bilib, tushkunlikka tushadi. Uning va oilasining farovon hayoti xavf ostida qoladi. Shu bilan birga, Nixonning hayotiga Emir – otasining hamkorining xudbin o‘g‘li aralashadi. Emir Nixonni sevib qolgan, otasi esa o‘g‘lining baxti uchun hamma narsa qilishga tayyor – hattoki jinoyat qilishga ham!

Shunday qilib, avjli qismlarida u Nixonning otasini shantaj qilib, qizini Emirga turmushga berishga majburlaydi. Ammo taqdirning o‘z rejalari bor: Nixon qashshoq yigit Kamol bilan uchrashadi va unga oshiq bo‘ladi. Bu sevgi uchun qiz barcha to‘siqlarni yengishga tayyor. Ularni sinovlar, dushmanlarning hiylalari va moliyaviy inqiroz kutmoqda… Bularning barchasiga “Sevgi iztirobi” seriali davomida guvoh bo‘lamiz.

Filmlarni TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

“Sevgi iztirobi” nimasi bilan ajralib turadi?

Avvalo, “Sevgi iztirobi” aktyorlar tarkibi bilan mashhur, albatta. 74 qismdan iborat serialda Turkiyaning eng mashhur aktyorlari rol o‘ynagan: Burak Ozchivit (Kamol), Neslihan Atagul (Nixon), Kaan Urganchioglu (Emir) va boshqalar.

Ikkinchidan esa, uslub va dekoratsiyalar – “Sevgi iztirobi” serialining har bir qismidagi vizual ham stilistlar va dizaynerlar tomonidan mukammal ishlangan. “Sevgi iztirobi” aktyorlarining obrazlari (ayiniqsa Nixonning) – liboslari, interyerlar va dekoratsiyalar zamonaviy modaga mos keladi juda chiroyli ishlangan. Qismlardagi, ayniqsa Emirning, uyning ichki dizayni go‘yo jurnallardagi hashamatli suratlarni eslatadi. Ularning har biri orzudagi uy kabi ko‘rinishga ega!

Uchinchidan esa, “Sevgi iztirobi” serialida go‘zal manzaralar – Turkiyaning dengiz bo‘ylari, shaharning tor ko‘chalari, yashil parklar – bularning barchasi serialni yanada jozibador qiladi. Har bir qismda namoyish etilgan Istanbul har faslda go’zalligi buning yaqqol isbotidir. 

2015-yil serialining eng asosiy farqli tomoni albatta, uning noyob syujetidir. Uning syujeti shunchalik dinamikki, u hatto eng daromadli filmlar bilan raqobat qila oladi. Ko‘plab romantik dramalardan farqli ravishda, “Sevgi iztirobi” syujeti oldindan aytib bo‘lmaydigan tarzda rivojlanadi. Har bir qismda yangi voqealar sodir bo‘lib, qiziqish yanada ortib boradi. Har bir qism borgan sari yanada qiziqroq rivojlanadi.

“Sevgi iztirobi”  seriali: nechta mavsum va seriyadan iborat?

“Sevgi iztirobi” dramatik serial premyerasi 2015-yilda bo‘lib o‘tgan. Loyiha 2 mavsum, 244 qismdan iborat. Oxirgi qism 2017-yil iyun oyida efirga uzatilgan. Loyihaning reytinglari haqiqatan ham taasurotli. Kinopoiskdagi bahosi – 8.2. IMDbdagi film tanqidchilari esa turk seriali “Sevgi iztirobi”ga 7.4 baho berib, uni “yaxshi”, balki mukammallik darajasiga yetmagan deb atashdi.

Filmlarni TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

“Sevgi iztirobi” 2015-yil treyleri

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.