/
/
Uill Smit oʻzbekistonlik modelning postiga izoh yozdi
17.07.2024

Uill Smit oʻzbekistonlik modelning postiga izoh yozdi

Kelin-kuyov Instagramʼdagi sahifalarida baxtli kunda tushilgan esdalik suratlarni joyladi. Ularning postiga esa amerikalik taniqli aktyor Uil Smit izoh yozib qoldirdi.

Uill Smit oʻzbekistonlik modelning postiga izoh yozdi

Oʻzbekistonlik top-model Vazira Jon 16-iyul kuni niderlandiyalik kinoprodyuser Orlando Jonga turmushga chiqdi. Kelin shu jarayonda familiyasini oʻzgartirgan.

Orlando uzoq yillardan beri yosh iqtidorlarni kashf qilish sohasida faoliyat yuritadi. Uning mijozlari orasida Robert Davi, 50 cent va Akon kabi dunyo yulduzlari bor.

Soʻnggi paytlarda Orlando va Vazira yirik tadbirlarda birga koʻrinish berayotgandi. Ularning nikohi Toshkentdagi FHDYda rasmiylashtirildi. Jarayonda kelinning bir qancha dugonalari ishtirok etgan.

Kelin-kuyov Instagramʼdagi sahifalarida baxtli kunda tushilgan esdalik suratlarni joyladi. Ularning postiga esa amerikalik taniqli aktyor Uil Smit izoh yozib qoldirdi. Aktyor katta ehtimol bilan kuyov Orlando bilan shaxsan tanishi boʻlishi mumkin.