May 2025 uchun munajjimlar bashorati: burjlar esteti, boylikka oshno va oilaparvar – Buqa oyi nimalar olib keladi


May – yer unsuriga mansub zodiak burji Buqa ostida o‘tadi. Bu burj vakillarida qat’iyat va mehnatkashlik, go‘zallikka va mazali taomlarga ishtiyoq, murakkab vaziyatlarda sokinlik hamda mayda noqulayliklar tufayli qahr-g‘azab uyg‘onishi kabi xislatlar mujassam. Agar sizda ham shunday fazilatlar bo‘lsa, demak siz Buqasiz va bu oy sizning tug‘ilgan kunlaringiz fasli. May 2025 da sizni va boshqa burj vakillarini nimalar kutmoqda – quyidagi munajjimlar bashoratida o‘qing!
Qo‘y
Sizda minbarlar, raqs maydonlari va ish yig‘ilishlarining yulduziga aylanish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. May oyining asosiy vazifasi – ilhomlantirish, zabt etish va e’tiborni o‘ziga qaratishdir. Tashqi ko‘rinishingizga e’tibor bering – u sizning muvaffaqiyatingiz va omad belgingiz bo‘lishi kerak. May – ommaviy chiqishlar, iste’dodlarni namoyish etish va faol ish uchun ideal oy. Yolg‘iz o‘tirib qolmang – olqishlar sizni tashqariga chiqishingiz bilan kutmoqda.
Buqa
Agar may oyi boshida xayollarda kezgan bo‘lsangiz, o‘rtalari va oxirida yerga qaytasiz. Sizni turli sarguzashtlarga tortishi mumkin: parashyutdan sakrashdan tortib, Indoneziyaga rejalashtirilmagan ta’tilgacha. Fantaziyalaringizga ehtiyot bo‘ling – illyuziyalar yo‘ldan ozdirishi mumkin. Bu oy sevgi bilan to‘la oy bo‘ladi. Ko‘ngil xafaligidan saqlanishni istasangiz, juft tanlashda faqat yurakka emas, aqlga ham quloq tuting.

Egizaklar
Oy davomida ko‘p bahslashasiz va hattoki ko‘rinmas raqiblar bilan tortishuvlarga kirishasiz. Siz haqsiz, ammo ifoda uslubingiz atrofdagilarni ranjitishi mumkin. Diplomatikroq bo‘lishga harakat qiling – aks holda, sizni mojaroli yoki zaharli odam deb hisoblashlari, hatto muhim narsalardan – ish yoki yaqin inson ishonchidan – ayrilishingiz mumkin.
Qisqichbaqa
May – faol harakatlar va boshlanishlar oyi: undan oqilona foydalaning! Ish suhbatlari, muzokaralar va uzoq safarlar uchun zo‘r vaqt. Oy oxiri unchalik sermahsul bo‘lmasligi mumkin, biroq ba’zi harakatlaringiz natija beradi. Intizomni qo‘ldan boy bermang, oqimga moslashing – haddan tashqari tashabbus salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Arslon
May oyining ikkinchi o‘n kunligi eng muhim davr bo‘ladi. Aynan shu vaqtda noodatiy fikrlash qobiliyatingiz intizom bilan uyg‘unlashadi. Natijada, siz jamoa bilan yangi loyihani amalga oshirishingiz mumkin. Oy oxiri yangi tanishuvlar, uchrashuvlar va yozishmalarni olib keladi. Sport bilan shug‘ullaning va tabiatda sayr qiling. Barchasi sog‘liq uchun!

Parizod (Sunbula)
May oyida Parizodlar ko‘tarilish davrini boshdan kechiradi. Kuch talab qiladigan ishlar muvaffaqiyatli bo‘ladi va hatto ko‘p daromad keltirishi mumkin. Moliya bilan bog‘liq muhim qarorlar qabul qilinadi. Dam olish kunlarini suv bo‘yida yoki dala hovlisida o‘tkazish tavsiya etiladi: daraxtlarni quchoqlang, yalangoyoq maysada yuring, basseyn yoki plyajda quyoshdan bahra oling – hammasi imkoniyatlaringizga bog‘liq.
Tarozi
Burjlarning bosh diplomatlari muloqotda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Ayniqsa, tushunarsiz ishbilarmonlik loyihalar yoki noaniq sevgi sarguzashtlariga sho‘ng‘ishda ehtiyot bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Oldindan hamma narsani puxta o‘ylab ko‘ring va shoshmang. Aks holda, yillar davomida shakllantirgan ideal obro‘ingizdan ayrilishingiz mumkin.
Chayon
Agar oy boshida ish bilan bog‘liq muammolar va taraddudlar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi yarmi sevgi bobida xotirjamlik olib keladi. Ta’til uchun ajoyib vaqt: sayohatga chiqing, sevimli mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullaning yoki shunchaki to‘yib uxlang. Oy oxirida yuqori lavozimdagi insonlardan yordam kutish mumkin – sergak bo‘ling.

O‘qotar
May oyining boshlanishi jo‘shqin, ammo oxiri charchoqli kelishi kutilmoqda. Oy boshida o‘rganish, muloqot va jamoaviy ishlar uchun qulay davr. Keyin esa, o‘zingizni bo‘shashgan va charchagan his qilishingiz mumkin. Muhim ishlarni boshlashga, yirik xarajatlar qilishga shoshilmang. Kuch, pul va resurslarni tejang – iyun oyida kerak bo‘ladi.
Echki
May – Echkilar uchun eng faol oy emas. Ruhiy rivojlanish: psixolog bilan suhbatlar, meditatsiya yoki ichki dunyoingiz va chinakam istaklaringizni tushunishga yordam beradigan boshqa amaliyotlar bilan shug‘ullaning. Begona odamlardan yordam so‘rash, qarz olish yoki hayot tarzida haddan oshishdan tiyiling. O‘zingizni ehtiyot qiling!
Qovg‘a (Dalv)
May oyining ikkinchi yarmidan boshlab, Qovg‘alar energiyasini eng foydali yo‘nalishga yo‘naltirishlari mumkin. Quyosh va Uran birikmasi sizga kuch va o‘ziga ishonch beradi, shuningdek, nufuzli insonlarning yordamini olib keladi. Ammo o‘ta ishonchli bo‘lmang – bu ish va munosabatlarda katta xavflarga olib kelishi mumkin.

Baliq
May o‘ta tez o‘tib ketadi, natijada o‘zingizni biroz bezovta his qilishingiz mumkin. Ammo siz uchun yaxshi yangilik ham bor: agar siz jamoada ishlashni boshlasangiz, oy omadli o‘tadi. Aynan hamfikrlar bilan hamkorlikda siz o‘z salohiyatingizni to‘liq ochishingiz mumkin. Guruhli mashg‘ulotlarga yoziling, hamkasblar bilan “brainstorm”lar uyushtiring va yaqin insonlaringiz bilan muammolarni birgalikda hal qiling. Shunda sizga baxt kulib boqadi!