12.06.2025
                                            
                    
                Ari Asterning “Eddington” filmi yangi treyleri taqdim etildi
 
                 
                            
                                                                Muallif
                        
                                                                                    Shohzamon Shuhratov
                                                                        A24 kompaniyasi “Eddington” neo-vesternining rasmiy treylerini e’lon qildi. Rejissyor Ari Asterning (“Quyosh turishi” filmi muallifi) ushbu loyihasi ilk bor 2025-yilgi Kann kinofestivali tanlovida namoyish etilgan edi.
Film voqealari COVID pandemiyasi avjiga chiqqan paytda Eddington shaharchasida kechadi. Shaharda hokimiyat uchun sherif va mer o‘rtasida kurash boshlanadi. Filmda Xoakin Feniks, Pedro Paskal, Emma Stoun, Ostin Batler va boshqalar rol ijro etishgan.
Tanqidchilar “Eddington”ga turlicha baho berishdi: Rotten Tomatoes saytida 65%, Metacritic’da 100 balldan 64 ball oldi. AQSh kinoteatrlarida film 18-iyulda namoyish etiladi. Rossiyada premyerasi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
 
             
         
         
         
     
         
         
         
         
         
         
         
         
         
         
        