РУ
O’Z
UZS
/
/
Neyron tarmoq tomonidan ixtiro qilingan kelajak taomlari
02.07.2024

Neyron tarmoq tomonidan ixtiro qilingan kelajak taomlari

Neyron tarmoq tomonidan ixtiro qilingan kelajak taomlari

Sun’iy intellekt nafaqat texnologiya olamini qurshab olmoqda, balki yana boshqa ufqlarni ham zabt etmoqda: moda, dizayn, endi esa oziq-ovqatga ham navbat yetdi. Dunyodagi eng mashhur restoranlarning oshpazlari SI (sun’iy intellekt) yordamida menyularni ishlab chiqish ustida ishlayotgan bir paytda, mashhur oziq-ovqat va ichimliklar brendlari ham vaqtni behuda sarflamay, o‘zlarining SI yangiliklarini taqdim etmoqda. Neyron tarmoq tomonidan ixtiro qilingan eng mashhur mahsulotlar ro‘yxatini to‘pladik. Ulardan ba’zilari hatto do‘konlargacha yetib kelgan.

Sun’iy intellekt muzqaymoqlari 

Yaponiyaning “Zhong Xue Gao” kompaniyasi muzqaymoqning yangi – shu bilan birga hamyonbop turlarini yaratish uchun sun’iy intellektdan foydalanishni o‘ylab topdi. Muzlatilgan shirinlik “Sa’saa” deb nomlanadi. Yapon tilida bu “har qanday lazzat uchun ajoyib sarguzasht” degan ma’noni anglatadi. Haqiqatdan ham siz loviyali xushbo‘y muzqaymoqni tatib ko‘rmaganingiz aniq. 

Sun’iy intellektdan kola 

Ushbu afsonaviy gazli ichimlik idishi barcha Instagram va YouTube bloggerlari tomonidan reklama qilindi va bu bejizga emas. G’ayrioddiy lazzat va nol kaloriyali (shakarsiz kola) ichimlik xaridorlarni uzoq kelajakka, ya’ni, 3000-yilga olib borishni va’da qiladi!

Afsuski, Coca-Cola Y3000 juda kam miqdorda chiqarilgan, shuning uchun uning “fantastik” ta’mini faqat omadlilar tatib ko‘rishga muvaffaq boʻldi. Ularning so‘zlariga qaraganda, uning ta’mi “kola va lolipop aralashmasi”ga o‘xshaydi.

Sun’iy intellekt pishlog‘i 

Pishloqning bu o‘zgartirilgan varianti Chilining “Notco” kompaniyasi va Amerikaning “Kraft Hainz Not Company” kompaniyasi bilan hamkorlikda chiqarilgan. Ijodkorlar mahsulotlarning molekulyar tarkibiga kirib, ovqat shinavandalarining e’tiboriga sun’iy intellektning “Juzeppe” retsepti bo‘yicha tayyorlangan vegan pishlog‘ini taqdim etgan. U pishloq bo‘lakchalari shaklida bo‘lib, “Kraft NotCheese” deb nomlanadi. Aytishlaricha, hatto go‘sht iste’mol qiluvchilar va laktozani xazm qilolmaydigan ovqat shinavandalariga ham ushbu pishloq manzur kelgan. 

SI energetik

Vengriyaning energetiklarni ishlab chiqaruvchi “Hell” kompaniyasi ham sun’iy intellekt xizmatlariga murojaat qilishga qaror qildi. Ular savdo ma’lumotlari, iste’molchilarning afzalliklari va fikr-mulohazalari, hatto, ilmiy tadqiqotlar asosida ichimlikning yangi ta’mini yaratdi. Natijada “tutti-frutti” ta’miga ega “SI-Hell” paydo bo‘ldi, uni dunyoning 60 ta mamlakatidagi do‘kon tokchalaridan topish mumkin.