Ob-havo maʼlumoti: 10–12-fevral kunlari harorat pasayadi


Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati


Havo biroz bulutli boʻladi, 10-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 11-12-fevralda baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-fevralda 5-10° sovuq, 11-12-fevralda 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari


Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 10-11-fevralda 0-5° iliq, 12-fevralda 2-7° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10-fevralda 5-10° sovuq, 11-12-fevralda 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 11-12-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-fevralda 2° sovuq-3° iliq, 11-12-fevralda 0-5° sovuq kunduzi 10-11-fevralda 0-5° iliq; 12-fevral 2-7° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 10-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 11-12-fevralda baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 10-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq, kunduzi 10-fevralda 2-7° iliq; 11-12-fevralda 0-5° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 11-12-fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.