Ob-havo maʼlumoti: 13–15-fevral kunlari harorat iliy boshlaydi


Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati


Havo biroz bulutli boʻladi, 13-fevralda ayrim joylarda biroz qor yogʻishi mumkin, 14-15-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 14-fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 15-fevralda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Buxoro viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq; 14-15-fevralda kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 6-11° iliq boʻladi.
Navoiy viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, 13-fevralda ayrim joylarda qor yogʻishi mumkin, 14-15-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq; 14-15-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq; shimolda 13-fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 14-fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 15-fevralda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 13-fevralda ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 14-15-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Samarqand viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 14-fevralda Surxondaryo viloyatida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-fevralda 2° sovuq-3° iliq, 14-15-fevralda kechasi 1° sovuq-4° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 13-14-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin, 15-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-14-fevralda 3° sovuq-2° iliq, 15-fevralda 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.