Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” va “Borussiya” chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi


2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final bosqichining navbatdagi ikki bahsi yakunlandi. Madridning “Real” klubi “Yuventus” ustidan minimal hisobda g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Germaniyaning “Borussiya Dortmund” jamoasi esa Meksikaning “Monterrey” jamoasi ustidan ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.
Musobaqaning markaziy uchrashuvlaridan biri hisoblangan “Real Madrid” — “Yuventus” bahsi AQShning Mayami shahrida joylashgan “Hard Rock” stadionida o‘tkazildi. Bellashuvning 54-daqiqasida “Real” hujumchisi Gonsalo Garsiya hisobni ochdi va bu gol uchrashuvdagi yagona natijaga aylandi. Bahs davomida ikkala jamoa ham bir nechta xavfli vaziyatlar yaratdi, ammo hisob o‘zgarmadi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Ushbu natija “Real Madrid” klubiga chorak final bosqichiga chiqish imkonini berdi.
Shu kunning ikkinchi uchrashuvi Atlanta shahridagi “Mercedes-Benz” stadionida bo‘lib o‘tdi. Bu safar Dortmundning “Borussiya” jamoasi Meksikaning “Monterrey” klubi bilan to‘qnash keldi.
Nemis jamoasi o‘yinga faol kirishdi va 14-daqiqada Serju Grassi aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. 24-daqiqaga kelib Grassi dubl qayd etdi va hisob 2:0 ko‘rinishiga keldi.
Ikkinchi bo‘lim boshlarida “Monterrey” futbolchisi Xerman Berterame gol kiritdi va hisobni 2:1 ga qisqartirdi. Biroq bu gol meksikaliklar uchun yetarli bo‘lmadi.
Yakunda, “Borussiya Dortmund” 2:1 hisobida zafar quchib, chorak final bosqichiga yo‘l oldi.