Ob-havo maʼlumoti: 15-17-dekabr kunlari Oʻzbekistonda havo keskin soviydi
Oʻzgidrometning xabar berishicha, 15-17-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga sovuq havo oqimi kirib keladi.
Oʻzgidromet direktori Sherzodxoʻja Habibullaxoʻja oʻzining Facebook sahifasida 15-17-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishini maʼlum qildi.
15-dekabr kuni va 16-dekabrga oʻtar kechasi mamlakat boʻylab yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, ayrim hududlarda kuchli yogʻadi. Shamol baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim hududlarda esa 20-25 m/s gacha yetishi mumkin.
15-dekabrdan boshlab havo haroratining pasayishi kutilmoqda. 16-17-dekabr kunlari kechasi harorat -8...-13 darajagacha, ayrim joylarda -15 darajagacha, kunduzi esa 0...-5 darajagacha pasayadi.