Ob-havo maʼlumoti: 17-19-dekabr kunlari hafta boshida Oʻzbekistonda harorat biroz koʻtariladi
17-dekabr kuni joylarda quruq ob-havo kuzatiladi. Yoʻllarda yaxmalak hosil boʻladi. Hafta oʻrtalariga kelib harorat asta-sekin koʻtariladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Havo biroz bulutli boʻladi, 17-18-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 19-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qor). Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-dekabrda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 18-19-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, 17-18-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 19-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qor).Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 18-19-dekabrda kechasi
3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 17-18-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 19-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qor). Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-dekabrda kechasi 8-13° sovuq, baʼzi joylarda 15° sovuqqacha, kunduzi 0-5° iliq; 18-19-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 17-dekabrda yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-dekabrda kechasi 8-13° sovuq, baʼzi joylarda 15° sovuqqacha, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 18-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 19-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 17-dekabrda yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, baʼzi joylarda 10° sovuqqacha, kunduzi 2-7° iliq, 18-19-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 17-dekabrda yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 18-19-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi.. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-dekabrda kechasi 15-20° sovuq boʻladi, kunduzi 7-12° sovuq; 18-dekabrda kechasi
10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 19-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.