Pulni o‘g‘rilar, namlik va inflyatsiyadan uy sharoitida qanday saqlash mumkin?
Ko‘pchilik texnologiya va kredit kartalar davrida ham qog‘oz pul bilan to‘lovni amalga oshirishni ma’qul ko‘rmoqda. Bu jamg‘armalaga ham tegishli. Maoshingizni saqlash uchun maxsus hisob raqam ochtirib pul yig‘ishingiz mumkin, lekin uni eskicha uslubda – “mashinaga”, “ta’mirlash ishlariga”, “ta’tilga” va shunga o‘xshash rejalaringiz uchun naqd pulda saqlab qo‘yish o‘zgacha yoqimli, shunday emasmi?
Pulni naqd holda saqlash odati devalvatsiya (pul qiymatini tushishi), depozitlarni muzlatish va boshqa ko‘plab bank xatarlari bilan bog‘liq cheksiz qo‘rquvlar bilan izohlanadi. Shuning uchun pullarni uyda saqlash bo‘yicha bir nechta usullar bilan tanishtirib o‘tamiz.
Uy sharoitida pulni saqlash usullari:
Pulni turli valyutalarda saqlang
Banklardagi valyuta kurslari barqaror emas. Shuning uchun pulingizning bir qismini, masalan, kommunal to‘lovlar, oziq-ovqat va yo‘lkira kabi kundalik xarajatlar uchun naqd holda saqlashingizni maslahat beramiz.
Uzoq kelajakdagi katta xarid-istaklaringiz uchun yig‘ib qo‘ygan pullaringizni esa dollar yoki yevroda saqlaganingiz ma’qul. Ha, ular ham inflyatsiyadan himoyalanmagan, ammo bu valyutalar ancha barqaror hisoblanadi.
Pulingizni yoningizda saqlang
Pulingizni hech kimga ishonmang, hatto ishonchli va sinalgan do‘stlaringiz yoki oilangiz a’zosi bo‘lsa ham. Birovning uyida ularga kimning qo‘li yetib borishini hech kim bilmaydi. Qiziqqon bolalar o‘ynab, tasodifan pulni yirtib yuborishi yoki yorilgan trubadan oqayotgan suvning tagida qolib ketishi mumkin.
Shuningdek, ishxonangizdagi seyfda ham pul qo‘ymaslikni tavsiya qilamiz. Sababi, kutilmaganda, uni “sizniki emas” deb aytishlari mumkin. Undan tashqari, yig‘ilgan pullar sizga to‘satdan kerak bo‘lib qolishini va ishxonaga yetib borishga vaqtingiz bo‘lmasligi ham mumkin.
Pullarni ajrating
Ba’zi yig‘ilgan pullar bugungi kunda kerak bo‘lib qolishi mumkin (ehtimol mikroto‘lqinli pech sotib olishni xohlab qolasiz), ba’zilarini esa 10 yildan so‘ng, bolangiz universitetga borganida o‘qish pulini to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Shuning uchun pulni har biriga maqsadlaringiz yozilgan konvertlar (yoki hamyonlar) bo‘yicha taqsimlang, so‘ngra ularni alohida qilib joylashtiring. Siz bu usul bilan, bir vaqtning o‘zida ikkita quyonni bir o‘q bilan o‘ldirasiz: birinchidan pulingiz tejaladi, ikkinchidan esa moliyaviy savodxonligingizni oshirgan bo‘lasiz.
Jismoniy xavfsizlik haqida o‘ylang
Qog‘oz pullar jismoniy jihatdan ishonchsiz ekanini eslatib o‘tmoqchimiz. Naqd pul yonib ketishi, mog‘orlanishi, chirishi va hatto sichqonlar yoki hasharotlarning “ozuqasi”ga aylanishi mumkin.
Shuning uchun ham pulni qorong‘i shiyponlar, nam omborxonalar va garajlarda saqlash mumkin emas. Aynan shu joylarda mog‘orlardan tortib yuqorida aytib o‘tgan tirik mavjudotlar to‘planadigan joylardir.
Hammomdagi tualet bachogi ham variant emas. Hattoki plastik paket ham boyligingizni suvdan qutqarolmaydi. Balkonda plastik idishda yashirilganda esa, plastik ichi bug‘lanib, pulga zarar yetkazishi mumkin.
Pulingizni xavfsiz saqlang
O‘g‘irlik xavfi doim mavjud va jinoyatchilar matras, kitoblar, choyshablar va tualet bachoklari kabi taniqli yashiriladigan joylarni biladi. Yanada murakkab va puxta o‘ylangan variantlar esa kamdan-kam uchraydi.
Ammo siz mebelni qismlarga ajratib, pulni oralariga yashirishingiz mumkin.