Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Relaksatsiya uchun 5 ta koreys kitobi – ular tinchlantiruvchi vositalar va psixoterapiya o‘rnini bosadi
06.02.2025

Relaksatsiya uchun 5 ta koreys kitobi – ular tinchlantiruvchi vositalar va psixoterapiya o‘rnini bosadi

Relaksatsiya uchun 5 ta koreys kitobi – ular tinchlantiruvchi vositalar va psixoterapiya o‘rnini bosadi

Healing-romanar – bu koreys adabiyotidagi yangi janr bo‘lib, butun dunyoda ommalashib bormoqda. Chunki bu kitoblar odamni tinchlantiradi, xavfsizlik va iliqlik hissini hadya etadi. Sizni uy sharoitidagi qulaylik bilan ta’minlaydigan eng yaxshi koreys relaksatsiya kitoblari bilan tanishing.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Kim Xe Nam – “Hayotni qayta yashash. O‘tmishdagi o‘zimga aytmoqchi bo‘lgan gaplarim”

Прожить жизнь заново (Ким Хэ Нам) Все, что я хотела бы сказать себе в  прошлом 📖 купить книгу по выгодной цене в «Читай-город»

Ushbu roman hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tishga o‘rgatadi. Koreys psixologi Kim Xe Nam bu kitobni 43 yoshida Parkinson kasalligi aniqlangandan so‘ng yozgan. U o‘z hayotini qayta ko‘rib chiqib, har bir ondan bahramand bo‘lishni, oila bilan muloqot va hayotdagi mayda baxtlarni qadrlashni o‘rgangan. Kitobda kasallikni qanday davolash kerakligi haqida tavsiyalar yo‘q, lekin har bir inson ichida ulkan kuch borligi va qanday qilib muvozanatni saqlash mumkinligi haqida psixologik maslahatlar berilgan.

Sotib olish

Li Sonen – “Botero oilasining qalb dardiga dorixonasi”

Аптека сердечных дел семьи Ботеро | Ли Сонен

Bu healing-roman o‘zida mo‘jiza va o‘z-o‘zini davolash sirlarini mujassam etgan. Botero oilasi oddiy dori-darmon bilan emas, balki qalb uchun maxsus eliksirlari bilan mashhur. Ularga sevgi armonidan azob chekayotgan, ruhiy tushkunlikka tushgan yoki yolg‘izlikdan qiynalayotgan odamlar keladi. Bu yerda tabletkalar o‘rniga hayotga yangicha nazar solish va baxt sari yo‘l topish bo‘yicha eksklyuziv retsept beriladi. Kitobdagi maslahatlar yillar davomida sinovdan o‘tgan va psixologlar tomonidan tasdiqlangan.

Sotib olish

Li Xien – “Haqiqiy men”

Ли Хиён «Настоящий я»: Живем ли мы так, как хотим? : Korea.net :  Официальный сайт Республики Корея

Bu kitob falsafiy qissa kabi yozilgan: avtohalokatdan keyin o‘smirlarning tanasi va ruhlari ajralib qoladi. Ularning jismlari hayotini davom ettiradi – o‘qiydi, do‘stlari bilan uchrashadi, lekin ruhlari bu bo‘sh dunyodan dahshatga tushadi. Endi ular o‘z tanalariga qaytish uchun 7 kun ichida Ruhlar yo‘lboshchisi bergan topshiriqlarni bajarishlari kerak. Bu roman shunchaki hordiq chiqarish uchun emas, balki o‘z istaklarini tushunish va anglash uchun o‘qiladigan kitob.

Sotib olish

Yun Chonin – “Marigold qalblarni tozalash xonasi”

Прачечная души Мэриголд

Ushbu ta’sirchan roman buddistlar falsafasiga asoslangan. Bosh qahramon qalblarni og‘riq va qayg‘udan tozalash qobiliyatiga ega. Ammo qizning o‘zi ham ruhiy beqarorlikdan aziyat chekadi – oilasini yo‘qotgan, shaxsiy hayotidan voz kechgan va ma’naviy tiklanish yo‘lini izlamoqda. Navbatdagi qayta tiklanishida u o‘z “superqobiliyatlari”ni boshqalarga yordam berish uchun ishlatishga qaror qiladi va “Marigold qalblarni tozalash xonasini” ochadi. Bu joy psixoterapiya kabineti printsipi asosida ishlaydi. Shu orqali u nafaqat boshqalarga, balki o‘ziga ham yordam berishga harakat qiladi.

Sotib olish

Pak Ji Xen – “Hayotga yaxshi munosabat. 15 yillik jurnalistlik tajribamda odamlardan o‘rgangan donolik”

Хорошее отношение к жизни (Пак Джи Хён) Мудрость, которую я узнала от людей  за 15 лет работы журналистом 📖 купить книгу по выгодной цене в  «Читай-город»

Mashhur telejurnalist tomonidan yozilgan bu kitob turli haqiqiy hayotiy hikoyalar to‘plamidir. Har xil insonlar, turli dunyoqarash va ijtimoiy maqomlar, ammo har bir hikoya o‘quvchini o‘ylashga majbur qiladi. Muallif hayotning quyidagi muhim savollariga javob izlaydi: Men yaxshi yashayapmanmi? Nega insonlardan foydalanish mumkin emas? Qo‘pol odamlar bilan qanday muomala qilish kerak? Hayotda nimalar qilishga ulgurish kerak? Bu kitobni shoshilmasdan, har bir sahifadan zavqlanib o‘qish tavsiya etiladi – o‘shanda hayot haqida ko‘plab qimmatli kashfiyotlar qilasiz.

Sotib olish

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.