Ob-havo maʼlumoti: 20-22-dekabr kunlari hafta oxirlarida Oʻzbekiston harorat biroz koʻtariladi


Joylarda havo biroz bulutli boʻladi, 20-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. 21-22-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, 20-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. 21-22-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 20-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 21-22-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-dekabrda baʼzi jylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 20-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 21-22-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 20-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 21-dekabrda kechasi baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. 22-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 21-22-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 20-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 21-22-dekabrda yogʻingarchilik kutilmayd. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-dekabrda baʼzi jylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 20-dekabrda 3° sovuq-2° iliq, 21-22-dekabrda 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 20-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 21-dekabrda kechasi baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. 22-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 21-22-dekabrdakechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 20-21-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi, kuchli boʻlishi mumkin. 22-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-dekabrda kechasi va kunduzi 2-7° sovuq, 21-22-dekabrda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq boʻladi.