верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentning baʼzi hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi
11.11.2024

Toshkentning baʼzi hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Toshkentning baʼzi hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining baʼzi hududlariga taʼmirlash ishlari tufayli 12-noyabr kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Maʼlumot uchun, quyidagi hududlarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi:

Sergeli tumani (10:00 dan 14:00 gacha):

  • “Xonobod” MFY Beruniy, Sohil va Kichik soy koʻchalaridagi xonadonlar;
  • “Eshonbuloq” MFY Muanna, Xonobod koʻchalaridagi xonadonlar;
  • “Sadoqat” MFY Tabarruk va Tavallo koʻchalaridagi xonadonlar.

Bektemir tumani (10:00 dan 14:00 gacha):

  • Koʻp qavatli uylardagi baʼzi xonadonlar.

Mirobod tumani (10:00 dan 17:00 gacha):

  • “Birodarlik” MFY Oq uy koʻchasidagi baʼzi xonadonlar.

Yakkasaroy tumanidagi (10:00 dan 17:00 gacha) 1 ta ulgurji isteʼmolchi.

Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.