РУ
O’Z
UZS
/
/
Olmadan nima tayyorlash mumkin: butun oila uchun 5 ta oson retsept
07.10.2024

Olmadan nima tayyorlash mumkin: butun oila uchun 5 ta oson retsept

Olmadan nima tayyorlash mumkin: butun oila uchun 5 ta oson retsept
Muallif
Leyla Li

Olma – nafaqat eng qulay va mashhur mevalardan biri, balki turli xil taomlar tayyorlash uchun ajralmas mahsulotdir. Ushbu maqolada uy sharoitida oson va tez tayyorlanadigan beshta oddiy olma retseptini to‘pladik. Har qanday faslda zavqlanish uchun mazali va foydali taomlarni kashf eting. 

Olmadan tayyorlanadigan asosiy taomlar va ularning retseptlari:

●       Olmali oladyalar

●       Olmali krambl

●       Tvorog va olmali zapekanka

●       Asal va yong‘oq qo‘shilgan olmali pechenye

●       Olmali kompot

Olmali oladyalar qanday tayyorlanadi?

lifehacker.ru

Masalliqlar:

●       Olma – 2 dona

●       Tuxum – 2 dona

●       Un – 150 g

●       Sut – 100 ml

●       Shakar – 2 osh qoshiq (ixtiyoriy)

●       Qabartma – 1 choy qoshiq

●       Dolchin – ta’bga ko‘ra

●       O‘simlik yog‘i – qovurish uchun

Tayyorlash:

●       Olmani po‘sti va urug‘laridan tozalab, katta qirg‘ichdan o‘tkazamiz.

● Katta idishda tuxumlarni shakar bilan aralashtirib, sut qo‘shib aralashtiramiz.

●       Sekinlik bilan un, qabartma va dolchin solib aralashtiramiz.

●       Xamirga maydalangan olma qo’shib, muloyimlik bilan aralashtiramiz.

●       Tovani o‘simlik yog‘i bilan o‘rtacha olovda qizdiramiz.

●    Tovaga qoshiq bilan xamirni qo‘yib, oladyalar tayyorlaymiz va ikkala tomoni qizarguncha qovuramiz.

●   Tayyor oladyalarda ortiqcha yog‘ qolmasligi uchun qog‘oz salfetkaga qo‘yib, issiq holda asal yoki smetana bilan dasturxonga uzatamiz.

Olmali kramblning tayyorlanishi

1000.menu

Masalliqlar:

●       Olma – 4 dona

●       Un – 150 g

●       Shakar – 100 g

●       Sariyog‘ – 100 g

●       Dolchin – ta’bga ko‘ra

●       Limon sharbati – 1 osh qoshiq

Tayyorlash:

●       Olmani po‘sti va urug‘laridan tozalab, tilimlarga kesamiz.

●       Idishda olmalarni limon sharbati va dolchin bilan aralashtiramiz.

●       Olmalarni pishirish qolipiga joylashtiramiz.

●   Alohida idishda un va shakarni aralashtirib, kubik shaklida kesilgan sovuq sariyog‘ni qo‘shamiz va qo‘llarimiz bilan mayda urvoq holatiga kelguncha aralashtiramiz.

●       Maydalangan urvoqlarni olma ustiga teng ravishda taqsimlaymiz.

●    Oltin rang bo‘lgunga qadar taxminan 30-35 daqiqa davomida 180°C gacha qizdirilgan pechda pishiramiz.

●   Ta’bga ko‘ra sharikli vanil muzqaymoq bilan iliq holda dasturxonga tortamiz.

Tvorog va olmali zapekanka tayyorlash

1000.menu

Masalliqlar:

●       Olma – 3 dona

●       Tvorog – 500 g

●       Tuxum – 2 dona

●       Shakar – 4 osh qoshiq

●       Bug‘doy yarmasi (manniy yorma) – 3 osh qoshiq

●       Vanil – 1 choy qoshiq

●       Sariyog‘ – qolipni moylash uchun

Tayyorlash:

●       Olmani po‘st va urug‘laridan tozalab, katta qirg‘ichdan o‘tkazamiz.

●       Idishda tvorog, tuxum, shakar, yorma va vanil shakarni aralashtiramiz.

●   Tayyorlangan tvorog aralashmasiga maydalangan olmalarni qo‘shib, yaxshilab aralashtiramiz.

●       Qolipni sariyog‘ bilan moylaymiz va ichiga aralashmani qo‘yamiz.

●  180°С qizdirilgan pechda taxminan 40 daqiqa oltin rangga qadar pishiramiz.

● Pishiriqni sovushga qoldirib, iliq yoki sovuq holda dasturxonga tortamiz.

Asal va yong’oqli olma pechenyesi qanday tayyorlanadi?

fort.crimea.com

Masalliqlar:

●       Olma – 4 dona

●       Asal – 4 osh qoshiq

●       Yong‘oq – 50 g

●       Dolchin – ta’bga ko‘ra

●       Sariyog‘ – 20 g

Tayyorlash:

●       Olmani butun holida qoldirib, ularni yadrosidan tozalaymiz.

●       Bir idishda asal, yong‘oq va dolchinni aralashtiramiz.

●       Har bir olmani olingan aralashma bilan to‘ldiramiz.

●       Har bir olma ustiga ozgina sariyog‘ qo‘yamiz.

●   Olmalarni qolipga joylashtirib, qolipning pastki qismiga ozgina suv quyamiz.

●  Olma yumshoq bo‘lgunga qadar taxminan 25-30 daqiqa davomida 180°C gacha qizdirilgan pechda pishiramiz.

●  Ta’bga ko‘ra, iliq olmalarni vanil muzqaymoq yoki smetana bilan dasturxonga uzatamiz.

Olmali kompotni qanday tayyorlash kerak?

1000.menu

Masalliqlar:

●       Olma – 1 kg

●       Shakar – 250 g (ta’bga ko‘ra)

●       Suv – 2,5 l

●       Limon – 1 dona

●       Dolchin – 1 tayoq (ixtiyoriy)

Tayyorlash:

●       Olmalarni tozalab, katta bo‘laklarga bo‘lamiz.

●       Katta kastryulkaga suv quyib, qaynatib olamiz.

●       Tug‘ralgan olma va shakarni qaynoq suvga qo‘shamiz.

●       Limon po‘stlog‘ini kesib, sharbatini va dolchin tayoqchasini olmalarga qo‘shamiz.

●       Kompotni o‘rtacha olovda taxminan 20 daqiqa davomida qaynatamiz.

●   Kompotni 15-20 daqiqaga damlab qo‘yamiz va sovutilgan yoki iliq holda dasturxonga uzatamiz.