O‘qish sog‘liqqa qanday ta’sir qiladi: psixolog, murabbiy va turoperator o’rnid
Kitob o‘qish – nafaqat aqliy, balki jismoniy salomatlikka ham ijobiy ta’sir ko’rsatadigan juda foydali odatdir. Agar mehnat insonni chiniqtirsa, o‘qish aqlni rivojlantiradi, chiroyli va barkamol nutqni shakllantiradi va hatto har bir insonning dunyosini o‘zgartirishi mumkin. Ishonmaysizmi? Keling, unda o‘qish foydalari haqidagi dalillarni o‘rganishni taklif qilamiz. Ajablanishga tayyor bo‘ling.
O‘qish miyani «oziqlantiradi» va xotirani yaxshilaydi
Ko‘p sonli ilmiy tadqiqotlar o‘qish miyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va uni tom ma’noda o‘zgartirishi mumkinligini tasdiqlaydilar. Yangi texnologiyalar va MRT yordamida olimlar – o‘qish miyada murakkab signallar zanjirini qo‘zg‘atadi, shundan so‘ng u yanada bardoshli va «to‘yingan» bo‘lishini aniqladilar. O‘qigan har bir kitob esa nafaqat ko‘ngil ochishning bir usuli, balki xotirangiz va bilim qobiliyatingiz uchun fitnes murabbiyi hamdir.
O‘qish empatiyani rivojlantiradi
Badiiy romanlarni o‘qigan va qahramonlar bilan birga barcha qiyinchiliklar va og‘riqlarni boshdan kechirgan insonlar, odatda, boshqalarning his-tuyg‘ularini his qilish, tinglash va eshitish, shuningdek, turli nuqtai nazarlarni qabul qilish qobiliyati bilan boshqalardan farq qiladi. Bu esa sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish va saqlashning kalitidir.
O‘qish so‘z boyligini boyitadi
Har bir kitob biz tabiiy ravishda qabul qiladigan so‘zlar va tushunchalarning o‘ziga xos lug‘atidir. Bu boshqalar bilan yaxshi aloqa o‘rnatishga (salom, «soft skills»), o‘z fikrlarini yaxshiroq ifoda etishga va o‘ziga bo‘lgan ishonchga +100 ball qo‘shishga yordam beradi.
O‘qish stress darajasini pasaytiradi
Bunga ishonish qiyin, ammo o‘qish ham stress bilan yoga va hazil kabi samarali kurashadi. Kitob uchun sarflangan yarim soat qon bosimini pasaytirishi, yurak ritmini normallashtirishi va har qanday stressli vaziyatdan yengib chiqishi mumkin. Bundan tashqari, o‘qish vaqtida Lotus holatida o‘tirish yoki stend-uplarni tomosha qilish kabi yoqtirgan ishlarni bajarish ham mumkin.
O‘qish depressiyadan xalos qiladi
Depressiv kasalliklardan aziyat chekadigan insonlar ko‘pincha o‘zlarini boshqalardan farqli va «oq qarg‘a» kabi his qiladilar. Kitoblar esa bu tuyg‘udan sal chalg‘ib, taqdiri, qadriyatlari va dunyoqarashi o‘xshash (bizga shunday tuyuladi) qahramonlar yashaydigan olamda bo‘lib qolishga yordam beradi. Yoqtirgan qahramonlar qiyinchiliklarni boshdan kechirib, o‘zliklarini topishga va hayotni noldan boshlashga muvaffaq bo‘lishgan bo‘lsa, demak siz ham shunday muvaffaqiyatga erisha olasiz!
O‘qish hayotni uzaytiradi
O‘qish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlardan biri shuni isbotladiki, «o‘qiydigan insonlar» kitoblardan bosh tortgan yoki ijtimoiy media lentalarini afzal ko‘rganlarga qaraganda o‘rtacha ikki yil ko‘proq umr ko‘rishadi. Agar haftasiga uch soatdan ko‘proq o‘qisangiz, uzoq umr ko‘rish imkoniyatingizni 23 foizga oshirishingiz mumkin!
O‘qish ilhomlantiradi va rag‘batlantiradi
Agar siz tasavvuringizni rivojlantirishni, ilhomlanish va hech bo‘lmaganda hayolan odatiy hayotingizdan sal chiqishni xohlasangiz – kitob o‘qishni boshlang! Kitob o‘qiganimizda, biz beixtiyor qahramonlarning rasmlarini, ularning uylari manzaralarini, voqealar va hatto hidlar sodir bo‘ladigan shaharlarni hayolan tasavvur qilamiz. Ba’zi kitobsevarlar esa kitoblar ularni bir necha bor ma’lum joylarni sevib qolishga va ularni haqiqiy hayotda sayohat qilishga undashganini tan olishadi.
O‘qish qarishni sekinlashtiradi
Shuningdek, yoshingiz o‘tishi bilan ongingizni ravshan saqlashga yordam beradi. Olimlar hali ham o‘qish Altsgeymer xavfini kamaytiradimi yoki yo‘qmi deb bahslashsa-da, kitoblar, krossvordlar va matematik muammolar miyaning kognitiv qobiliyatini «tetiklashtiradi» va shuning uchun uning erta qarishini to‘xtatadi, deb ta’kidlash uchun barcha asoslar mavjud.