РУ
O’Z
UZS
/
/
Ovqatlanish ruhiyatga qanday ta’sir qiladi. Shirinliklar depressiyani keltirib chiqarishi rostmi?
06.07.2024

Ovqatlanish ruhiyatga qanday ta’sir qiladi. Shirinliklar depressiyani keltirib chiqarishi rostmi?

Ovqatlanish ruhiyatga qanday ta’sir qiladi. Shirinliklar depressiyani keltirib chiqarishi rostmi?

Hayron qolishingiz mumkin, ammo ruhiy salomatlik va ovqatlanish o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Oddiy qilib aytganda: har kuni iste’mol qiladigan ovqatlar, bizning ruhiyatimizga ta’sir qiladi.  

Olimlar yirik shaharlar aholisining ovqatlanish tartiblarini tahlil qilib, ko‘p kaloriyali, yog’li taomlar va shoshilinch ovqatlanish, stress, charchash va ruhiyat bilan bog‘liq kasalliklarga olib kelishi mumkinligini aniqladi. 

Bu masalani ilmiy tadqiqotlar va oziq-ovqat mutaxassislarining fikrlariga asoslanib tushunishga qaror qildik. Ovqatlanish ruhiyatga qanday ta‘sir qilishi va qanday oziq-ovqatlar depressiyani keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz. 

Ovqatlanish ruhiyatga qanday ta’sir qiladi va bog‘liqlik nimada? 

Ovqatlanishning ruhiy salomatlikka ta’siri eng muhim organlardan biri – ichak, aniqrog‘i uning bakteriyalar va kimyoviy birikmalari inson miyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligidadir. Ma’lum bo‘lishicha, “baxt gormoni” – serotoninning 90% dan ortigʻi bizning oshqozon-ichak traktimizda ishlab chiqariladi. Agar u yerda “yaxshi” bakteriyalar yetishmasa, serotonin kamaya boshlaydi va biz tushkunlikka tushamiz, kayfiyatdagi oʻzgarishlar haqida shikoyat qilamiz. 

Qanday mahsulotlar ruhiyat va miya uchun foydali? 

  • Qizil baliq va dengiz mahsulotlari
  •  Zaytun va o‘simlik moylari
  • Donli yormalar
  • Yong‘oq va urug‘lar
  • Sabzavot va mevalar 

G‘arbning dietolog va nutrologlarining ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlarni kundalik ovqatlanish tartibiga kiritsa, bir oy ichida yaxshi natijaga olib kelishi mumkin. Siz xotirjam boʻlasiz, nevrologik va ruhiy kasalliklarni rivojlanish xavfi esa pasayadi.

 Ammo chipslar va bir bo‘lak tortdan voz kechishni unutmang – bizga foydali ovqat kerak. Keling, “yolg‘onsiz” adolatli boʻlaylik: fasfud va boshqa zararli ovqatlarni isteʼmol qilish sogʻliqqa yomon ta’sir qilib, ruhiy kasalliklar alomatlarini qo‘zg‘atadi. Keng tarqalganlari esa quyidagilardir: 

  • Doimiy charchoq
  • Uyqusizlik
  • Stress 
  • Xotira susayishi
  • Diqqatni jamlay olmaslik 

Charchoq va uyqusizlik – bu yomon ekologiya, ortiqcha vazifalarnii bajarish va uyqusizlik kabi tashqi omillarning taʼsiri. Agar allaqachon “ilk alomatlarni” his qilsangiz, o‘zingizga yordam berishingiz mumkin. Shunchaki ovqatlanish tartibingizni o‘zgartiring: tarkibida magniy, rux, B vitaminlari va Omega-3 yog‘lari bo‘lgan ovqatlarni qoʻshing. Bularga rezavorlar, ayniqsa qulupnay va gilos, zaytun moyi, qizil baliq va sabzavotlar kiradi. 

Shirinlik haqiqatan ham depressiyani keltirib chiqaradimi? 

Amerika nevrologiya akademiyasi olimlari shirinlik sevuvchilar va depressiyadan aziyat chekadigan odamlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni isbotladi. 

Ma’lum bo’lishicha, shakarli ichimliklarni har kuni iste’mol qilish depressiya va stress xavfini oshiradi. Tajribada 3-4 bankadan ortiq gazli suv iste’mol qilganlar, depressiyaga tushishi ehtimoli 30% ko‘proq bo‘lgan.

Tushlik paytida bir stakan koladan voz kechish, sizni darhol depressiyadan himoya qiladi degani emas: mutaxassilari shirinlikka qaramlik (har qanday ko‘rinishdagi) ham ruhiy muammolarga olib kelashini ta’kidlaydi. 

Depressiya xavfini qanday kamaytirish mumkin? 

Ovqatlanish tartibini nazorat qilishni boshlang, agar ortiqcha vazndan aziyat cheksangiz kaloriya miqdoriga cheklov qo‘ying. Ilmiy tadqiqotlardan biri shuni isbotladiki: shirin va hamirli ovqatlardan voz kechish, shuningdek, glyutensiz dietaga o‘tish DEGB (diqqat yetishmasligi va giperaktivlik buzilishi) alomatlarini kamaytirishi mumkin. 

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda hech kim ruhiy salomatlik muammolaridan xoli emas. Ammo tanamiz uchun javobgarmiz, ya’ni depressiya xavfini kamaytirish uchun hamma narsa o‘z qo‘limizda. Ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash uchun ovqatlanish tartibingizni kuzatib borish va balansni saqlab qolish muhimdir: oqsillar, sogʻlom yogʻlar va kletchatkani ko‘proq, oddiy shakar va uglevodlarni kamroq iste’mol qilishni unutmang. Bu tananing normal ishlashi uchun “asos”dir.

Shuningdek, faol hayot tarzini olib borishni unutmang (ayniqsa, ishingiz “harakatsiz” bo‘lsa). Ko‘proq sayr qiling, badan tarbiya qiling, yuguring, uyda yoki sport zalda mashq qiling. O‘zingiz va ruhiyatingizga g‘amxo‘rlik qiling!