O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi futbol bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi


O‘zbekiston amputant futbolchilari Osiyo chempionati g‘olibi bo‘ldi. Ular finalda Indoneziya terma jamoasini 6:0 hisobida mag‘lub qildi. Jamoa musobaqa davomida mag‘lubiyatga uchramadi, 5 ta o‘yinda 33 ta gol urib, atigi 1 ta gol o‘tkazib yubordi.
Bangladesh poytaxti Dakka shahrida o‘tkazilayotgan amputantlar futboli bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi chempion bo‘ldi. Ular finalda Indoneziya terma jamoasi ustidan 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Musobaqaning dastlabki bosqichi liga tarzida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va yana 4 ta — Bangladesh, Indoneziya, Iroq va Nepal terma jamoalari kuch sinashdi. O‘zbekiston liga bosqichida 100 foizlik natija ko‘satib 1-o‘rinni oldi.
Jamoa ilk turda Indoneziyani 8:1, ikkinchi turda Nepalni 13:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchinchi turda futbolchilar mezbon Bangladeshga qarshi maydonga chiqdi va javobsiz uch to‘p kiritdi — 3:0. 11-fevral kuni O‘zbekiston guruh bosqichining so‘nggi turida Iroqni ham 3:0 hisobida yutdi.
Terma jamoa turnir davomida mag‘lubiyatga uchramadi, 5 ta o‘yinda 33 ta gol urib, atigi 1 ta gol o‘tkazib yubordi. Turnirning 3-o‘rni Iroqqa nasib qildi.