10.10.2025
Timur Bekmambetovning “Mehr” say-fayi treyleri paydo bo‘ldi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Bosh rollarni Kris Pratt va Rebekka Fergyuson ijro etgan loyihaga Timur Bekmambetov rejissyorlik qilgan.
Amazon MGM Studios ilmiy-fantastik skrinlayf-triller “Mehr” filminng birinchi treylerini taqdim etdi.
Yaqin kelajakda og‘ir jinoyatlar darajasi keskin oshdi. Xotinini o‘ldirganlikda ayblanayotgan detektiv Kris Reyven 90 daqiqa ichida o‘zi ilgari qo‘llab-quvvatlagan ilg‘or sun’iy intellekt sudya oldida o‘zining aybsizligini isbotlashi kerak.
Filmda bosh rollarni Kris Pratt va Rebekka Fergyuson ijro etgan. Timur Bekmambetov rejissyorlik qilmoqda.