O‘zbekistonda hafta oxirida: 5–8-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” 5–8-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 5 sentyabrda 30-35°, 6-8 sentyabrda 27-32° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 5-6 sentyabrda 32-37°, 7-8 sentyabrda 30-35° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 5-6 sentyabrda 32-37°, 7-8 sentyabrda 30-35° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esad. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 5-6 sentyabrda 32-37°, 7-8 sentyabrda 30-35° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 5 sentyabrda 25-30° bo‘ladi, 6-8 sentyabrda 20-25° gacha pasayadi.