Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Mufasa: taqrizlar va fikrlar. Yangi “Qirol sher” multfilmini ko‘rishga arziydimi?
20.02.2025

Mufasa: taqrizlar va fikrlar. Yangi “Qirol sher” multfilmini ko‘rishga arziydimi?

Mufasa: taqrizlar va fikrlar. Yangi “Qirol sher” multfilmini ko‘rishga arziydimi?

Hammamiz “Qirol sher” – barcha zamonlarning eng yaxshi multfilmlari qatoridan joy olganligini bilamiz. Disney’ning klassik hikoyasi millionlab bolalarni do‘stlik, qadr-qimmat, jasorat va muhabbat kabi hayotiy qadriyatlarga o‘rgatgan. Xo‘sh, 2024-yilgi “Mufasa: Qirol sher” qanday yangiliklarni taqdim etdi hamda tomoshabinlar va tanqidchilar uni qanday qabul qilishdi? Buni tahririyatimiz taqrizida o‘qing.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Mufasa: syujeti

Kichik Mufasa sel qurboni bo‘lib, oilasidan ajralib qoladi. Shu bilan birga, tabiiy ofat unga “akasi” – qirollik naslidan bo‘lgan Taka bilan uchrashish imkonini beradi. Taka uni yovuz timsohlardan qutqaradi. Shundan so‘ng, Mufasani dangasa Obasi rahbarlik qiladigan podaga qabul qilishadi, biroq uni qirollik oilasi a’zolari bilan teng ko‘rishmaydi.

Yillar o‘tadi, sher bolalari ulg‘ayadi. Bir kuni ularning yerlariga adolatsizlikka qarshi kurashayotgan sherlar guruhi hujum qiladi. Jang vaqtida Mufasa ularning qirollik vorisi Kirosni o‘ldirib qo‘yadi. Bu esa Obasi podasining halokatiga va Mufasa hamda uning do‘sti Takaning qasos olish maqsadida quvg‘inga uchrashiga sabab bo‘ladi.

Mufasa bu vaziyatdan chiqish yo‘li – ota-onasidan eshitgan afsonaviy joy Milel sari yo‘l olishi kerakligini tushunadi. U va do‘sti safar davomida erksevar sher qiz Sarabi, uning razvedkachisi burunli qush, shuningdek, Rafiki ismli mandril bilan tanishadi. Ularning barchasi yolg‘iz va o‘zlariga o‘xshash do‘stlarni uchratganidan xursand. Ammo bu ularga asosiy maqsadga yetishga yordam bera oladimi?

Mufasa 2024: reytinglari

“Mufasa” Kinopoisk platformasida 7,7 ballga ega bo‘lib, animatsion loyiha uchun bu yomon natija emas. Ammo IMDb reytingida xalqaro tanqidchilarining talabchanligi sababli 6,7 ball berilgan.

Mufasa: Qirol sher – taqriz

Loyiha rejissyori, “Haqiqiy detektiv” seriali muallifi Barri Jenkins tomoshabinlarni oldindan ogohlantirgan edi: “Mufasa” yangi talqin bo‘lib, “Injil” (Bibliya) syujetlaridan – sel, xiyonat va boshqalardan ilhomlangan bo‘ladi. Ammo, aslida, film oldingi qismidan unchalik farq qilmaydi. Yagona ajralib turadigan jihati – saundtrek bo‘lib, u ham Elton Jonning original qo‘shiqlari darajasiga yetib bora olmaydi.

Loyiha ssenariyga emas, balki vizual ko‘rinishga urg‘u bergani seziladi. Katta planlar, uch o‘lchovli fazo, takomillashtirilgan animatsiya – bularning barchasi ustida ishlangan. Ammo personajlarning hissiyotlari va sun’iy intellekt yordamida yaratilgan nutqi grafikaga hali ham to‘g‘ri mos tushmaydi.

Фильм «Муфаса: Король Лев» смотреть в кинотеатрах mooon | Расписание  сеансов, трейлер, купить билет в кино онлайн

Vaziyatni noodatiy rakurslar, rang-barang vizual tasvirlar va aktyorlar tarkibi qutqaradi. “Mufasa” filmida ovoz bergan aktyorlar orasida Aaron Pyer, Donald Glover, Mads Mikkelsen, Set Rogen, Tiffani Bun va hatto Beyoncé hamda Jay-Z’ning qizi Blu Iyvi Karter ham bor. U ota-onasi (hatto otasi Jay-Z’ning P. Diddy atrofidagi janjalga aralashganiga ham qaramay) bilan promo-tur tadbirlarida chiqishlar qilgan.

Mufasa: Qirol sher – tomoshabinlar fikrlari

Ijobiy fikrlar:

“Mufasa – bu vizual triumf. Filmni tomosha qilgandan so‘ng, nafaqat yoqimli taassurot qoldi, balki go‘yo ko‘z va qalb uchun qirollik ziyofatiga tashrif buyurgandek bo‘ldim. Bu to‘laqonli hikoya bo‘lib, u “Qirol sher” olamida o‘z taxtiga haqli ravishda joylashgan. Mufasaning shunchaki Simbaning otasi emas, balki o‘ziga xos tarixga ega shaxs ekanligini ko‘rish hayratga soldi. U oddiy sher bolasi bo‘lishdan qirolgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi, va buni kuzatish o‘zgacha bir zavq.”

“Hikoya juda ta’sirli bo‘lgan, shu bilan birga sarguzashtlar, dramatik sahnalar va hazillar bilan boyitilgan. Bu jasorat va shijoat, sevgi va xiyonat, hayotda o‘z o‘rnini topish haqida kino.”

“Filmning tasvir sifati ajoyib ishlangan. Barcha manzaralar va joylar, ayniqsa 3D formatda tomosha qilinsa juda atmosferik ko‘rinadi. Agar bir zumga bu ertak ekanligini unutib qo‘ysangiz, ushbu film yovvoyi tabiat haqidagi mukammal hujjatli film sifatida ham ko‘rinishi mumkin.”

Муфаса: Король Лев» 2024. Рецензия на мультфильм

Salbiy fikrlar:

“Filmda yaxshi g‘oya bor edi, lekin sust ssenariy tufayli u amalga oshmadi.”

“Tomosha qilishdan keyin tuyg‘ular aralash bo‘lib qoldi. Hikoya ichida bir nechta qiziqarli g‘oyalar bor edi (masalan, sevgi yo‘nalishi), ba’zi joylarda kulgili va yoqimli epizodlar ham uchradi. Ammo baribir bu hikoya klassik 2D animatsiyada yanada aniqroq va sifatliroq chiqishi mumkin edi degan fikr meni tark etmaydi.”

“Bu film bosh qahramon doimo jasur bo‘lgan, Shram esa qo‘rqoq bo‘lganini ko‘rsatadi. Go‘yo oldin biz buni tushunmagandek. Shunday ekan, shunchaki go‘zal tasvirlarga qarashdan boshqa narsa qolmaydi va xayolga kelgan yagona fikr: “Shunday bo‘lsa-da, National Geographic yaxshiroq suratga oladi.”

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.