O‘zbekistonda keyingi hafta boshida: 20–23-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” 20–23-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20-21 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23 sentyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20 va 23 sentyabrda 23-28°, 21-22 sentyabrda 20-25° bo‘ladi.
Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20 va 23 sentyabrda 23-28°, 21-22 sentyabrda 20-25° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 23 sentyabrda Navoiy viloyati shimolida kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20 va 23 sentyabrda 10-15°, 21-22 sentyabrda 12-17°, kunduzi 20-21 sentyabrda 27-32°, 22 sentyabrda 21-26°, 23 sentyabrda 23-28° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-23 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20 va 23 sentyabrda 10-15°, 21-22 sentyabrda 12-17°, kunduzi 20 sentyabrda 25-30°, 21 sentyabrda 27-32°, 22-23 sentyabrda 20-25° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-23 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 20-21 sentyabrda 30-35°, 22-23 sentyabrda 27-32° bo‘ladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 20-21 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-23 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20 sentyabrda 10-15°, 21-23 sentyabrda 12-17°, kunduzi 20 sentyabrda 25-30°, 21 sentyabrda 27-32°, 22 sentyabrda 22-27°, 23 sentyabrda 20-25° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-23 sentyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° dan 9-14° gacha o‘zgarib turadi, 21-22 sentyabrda 7-12°, kunduzi 20-21 sentyabrda 18-23° bo‘ladi, 22-23 sentyabrda asta-sekin 10-15° gacha pasayadi